Berdieva Xonimoy Evodullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hisor va jaydari zotlari bo‘yicha ikkinchi bo‘g‘inga ega duragay qo‘ylarni “o‘z ichida” urchitish samaradorligi”, 06.02.01–Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx1042
Ilmiy rahbar: Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Gaziev Adxam, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor; Kuchchiev Oxunjon Razzoqovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning tog‘ va tog‘oldi hududlarida hisor va jaydari zotlari bo‘yicha ikkinchi bo‘g‘inga ega duragay qo‘ylarni “o‘z ichida” urchitish samaradorligini aniqlash asosida qo‘ylarning mahsuldorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
ilk bor seleksion-genetik parametrlardan foydalanib, hisor va jaydari zotlari bo‘yicha ikkinchi bo‘g‘inga ega duragay sovliqlarni “o‘z ichida” urchitish samaradorligi isbotlangan;
“o‘z ichida” urchitishdan tug‘ilgan duragay qo‘zilarning o‘sish ko‘rsatkichlaridan tirik vazni bo‘yicha, sof jaydari zotli tengqurlarnikidan tug‘ilganda 0,41 kg, 3 oylik yoshida tegishli ravishda 2,34 kg; 8 oyda 2,81 kg; 12 oyda 3,39 kg yuqori bo‘lishi asoslangan;
qo‘zilarning o‘sish ko‘rsatkchlar va tana indekslari go‘sht-yog‘ xiliga mansub ekanligi isbotlandi hamda klinik va gemotologik ko‘rsatkichlari fiziologik me’yor darajada ekanligi aniqlangan;
“o‘z ichida” urchitishdan tug‘ilgan duragay qo‘zilarning tug‘ilgandan, 18 oylik yoshigacha mutlaq o‘sishi, sof jaydari zotli tengqurlarnikiga nisbatan qo‘chqorlarda 5,17 kg (8,7%), urg‘ochilarda 4,15 kg (7,9%) yuqori bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor F2 duragay qo‘ylarni “o‘z ichida” urchitishdan tug‘ilgan avlodlarning seleksiya samaradorligini oshirishda, ularning irsiyatga aniq baho beruvchi seleksion-genetik ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hisor va jaydari zotlari bo‘yicha ikkinchi bo‘g‘inga ega duragay qo‘ylarni “o‘z ichida” urchitish samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
“go‘sht-yog‘ mahsuldorlik yo‘nalishidagi dumbali qo‘y zotlarida seleksiya samaradorligi bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan va Ohangaron tumanidagi “Qizil Bour” naslchilik fermer xo‘jaligida 120 bosh duragay qo‘zilarda joriy etilgan (Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 04 martdagi 02/23-146-son ma’lumotnomasi). Natijada 8 oylik yoshida qo‘zilarning tirik vazni 47,11 kg tashkil etib, sof jaydari zotli tengqurlarnikiga nisbatan 2,81 kg yoki 6,3%, jami daromad 1719515 (bir million bir etti yuz o‘n to‘qqiz ming besh yuz o‘n besh) so‘mni, sof foyda 489515 (to‘rt yuz sakson to‘qqiz ming  besh yuz o‘n besh) so‘mga teng bo‘lib, rentabellik darajasi 39,8% foizni tashkil etgan;
tadqiqot guruhidagi qo‘zilarning tirik vaznning mutloq o‘sishi qo‘ychilikka ixtisoslashgan “Ohang Abdullaev Abdurauf” naslchilik fermer xo‘jaligida “o‘z ichida” urchitishdan tug‘ilgan 130 bosh duragay qo‘zilarda joriy etilgan (Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 4 martdagi 02/23-146-son ma’lumotnomasi). Natijada duragay qo‘zilar  12 oylik bir bosh duragay qo‘zining tirik vazni 52,78 kg ga etkazilib, sof jaydari zotli qo‘zining tirik vazniga nisbatan 3,39 kg  yoki 6,8%  yuqori qo‘shimcha tirik vazn olingan jami daromad 1926470 (bir million to‘qqiz yuz yigirma olti ming to‘rt yuz etmish) so‘mni, sof foyda 541470 (besh yuz qirq bir ming to‘rt yuz etmish) so‘mga teng bo‘lib, rentabellik darajasi  39,1% ni tashkil etgan;
hisor va jaydari zotlari  bo‘yicha ikkinchi bo‘g‘inga ega qo‘ylarni “o‘z ichida”  urchitish  usuli  Ohangaron tumanidagi  “Xolto‘raev Oybek XM” naslchilik fermer xo‘jaligida 250 bosh duragay qo‘zilarda joriy etilgan (Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 4 martdagi 02/23-146-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaligida qo‘ylarning har xil belgilarining nasldan-naslga o‘tishi darajasi seleksion-genetik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 18 oylik bir bosh  duragay qo‘zining tirik vazni 66,37 kg ga etkazilib, sof jaydari zotli qo‘zining tirik vazniga nisbatan 5,15 kg yuqori qo‘shimcha tirik vazn olingan, jami daromad  2323300 (ikki million uch yuz yigirma uch ming uch yuz ) so‘mni,  sof foyda 696700 (olti yuz to‘qson olti ming etti yuz) so‘mga teng bo‘lib, rentabellik darajasi  42,8% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish