Ortiqov Nurbek Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metanni bug‘-karbonatli konversiyalab sintez gaz olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T3595.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Normurot Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Axmedov Voxid Nizomovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metanni karbonat angidrid ishtirokida karbonatli konversiyalash va suv bug‘i hamda karbonatli konversiyalab sintez gaz olish jarayonlarining unumdorligini oshirish va sintez-gaz olishning energiya hamda resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metanni uglerod (IV) oksidi ta’sirida karbonatli va suv bug‘lari hamda uglerod (IV) oksidi ishtirokida bug‘-karbonatli konversiyalash uchun mo‘ljallangan membranali reaktorda Metanni karbonatli va suv bug‘i hamda karbonatli konversiyalab sintez gaz olish jarayonlari uchun yangi tarkibdagi yuqori unumdorlik va tanlab ta’sir etuvchanlikka ega bo‘lgan, kokslanish darajasini kamaytirishi bilan xarakterlanadigan (Ni2O3)x*(Co2O3)y*(ZrO2)z*(MoO3)k/ SiO2 tarkibli katalizator yaratilgan;
differensial reaktor sharoitida jarayonning kinetik qonuniyatlari o‘rganilib jarayon borishining maqbul sharoiti aniqlangan hamda jarayonning borish mexanizmi aniqlangan;
metanni uglerod (IV) oksidi ta’sirida karbonatli va suv bug‘lari hamda uglerod (IV) oksidi ishtirokida bug‘-karbonatli konversiyalash uchun mo‘ljallangan membranali reaktorning ishchi parametrlarini maqbullashtirish asosida metanni karbonat angidrid ishtirokida karbonatli konversiyalash va suv bug‘i hamda karbonatli konversiyalab sintez gaz olish jarayonlari uchun samarali texnologiya va qurilmalar bilan jihozlashning fizik-kimyoviy asoslari yaratilgan;
metanni karbonatli va suv bug‘i hamda karbonatli konversiyalab sintez gaz olish jarayonlarining borish mexanizmlarini aniqlash asosida jarayonlarni ifodalaydigan kinetik tenglamalar tanlangan va jarayonni membranali reaktorda o‘tkazish samarali ekanligi isbotlangan;
metanni uglerod (IV) oksidi ta’sirida karbonatli va suv bug‘lari hamda uglerod (IV) oksidi ishtirokida bug‘-karbonatli konversiyalab sintez gaz olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metanni uglerod (IV) oksidi ta’sirida karbonatli va suv bug‘lari hamda uglerod (IV) oksidi ishtirokida bug‘-karbonatli konversiyalab sintez gaz olish va uning texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metanni suv bug‘i hamda karbonatli konversiyalash usuli bilan metanol olish jarayoni «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda amaliyotga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2022 yil 14 oktyabrdagi 928/G‘K-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, metanni suv bug‘i hamda karbonatli konversiyalab metanol olishning takomillashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
metanni suv bug‘i hamda karbonatli konversiyalash usuli bilan katalizatorlarni ishlab chiqish texnologiyasi «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda amaliyotga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2022 yil 14 oktyabrdagi 928/G‘K-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, (Ni2O3)x*(Co2O3)y*(ZrO2)z*(MoO3)k/SiO2 tarkibli katalizatoridan import o‘rnini bosuvchi maxalliy katalizator sifatida qo‘llash imkonini bergan.