Abduraxmanov Kaxramon Abdumajitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish va mablag‘larni maqsadli sarflanishi nazorati samaradorligini oshirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2425.
Ilmiy rahbar: Isaev Faxriddin Ikromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish va mablag‘larni maqsadli sarflanishi nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasida rejalashtirilgan maqsadli mablag‘larning ishlatilmay qolgan qismini moliya yili oxirida belgilangan tartibda Davlat byudjetiga qaytarish orqali byudjet taqchilligining oldini olish va muvozanatli byudjetni saqlash, resurslarni taqsimlashni optimallashtirish, byudjetni boshqarish shaffofligini oshirish, fiskal mas’uliyatga sodiqlikni ta’minlash asoslangan;
oliy ta’lim muassasalariga ajratiladigan byudjet mablag‘lari hajmini hisoblash metodikasi har bir talaba uchun turli xarajatlarni hisobga olgan holda resurslarni samarali taqsimlashni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
byudjet tashkilotlari tomonidan ortiqcha rejalashtirilgan yoki ishlatilmagan deb belgilangan mablag‘larni chegirib tashlash va ularni ish haqi, nafaqalar va ayrim xizmatlarni moliyalashtirish uchun qayta taqsimlash taklifi asoslangan;
byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazorat samaradorligini muntazam tekshiruv tadbirlari ustuvorligi ta’minlash imkonini beruvchi masofaviy (kameral) nazorat asosida takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Byudjet tashkilοtlarini mοliyalashtirish va mablag‘larni maqsadli sarflanishi nazοrati samaradοrligini οshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asοsida:
byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasida rejalashtirilgan maqsadli mablag‘larning ishlatilmay qolgan qismini moliya yili oxirida belgilangan tartibda Davlat byudjetiga qaytarish orqali byudjet taqchilligining oldini olish va muvozanatli byudjetni saqlash, resurslarni taqsimlashni optimallashtirish, byudjetni boshqarish shaffofligini oshirish, fiskal mas’uliyatga sodiqlikni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 avgustdagi “Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida kadrlar tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan moliyalashtirish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida” 419-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 20 oktyabrdagi 06/33-2-4379-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat mablag‘larining bo‘sh qolmasligi yoki maqsadsiz foydalanilmasligini ta’minlash orqali byudjet jarayonining yanada samarali va hisobdorligiga hissa qo‘shish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalariga ajratiladigan byudjet mablag‘lari hajmini hisoblash metodikasi har bir talaba uchun turli xarajatlarni hisobga olgan holda resurslarni samarali taqsimlashni ta’minlash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 avgustdagi “Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida kadrlar tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan moliyalashtirish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida” 419-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 20 oktyabrdagi 06/33-2-4379-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida byudjet qarorlari qanday qabul qilinishini tushuntirishning tizimli usulini taqdim etish, bu manfaatdor tomonlarga xarajatlarni oqlashni osonlashtirish imkoni yaratilgan;
byudjet tashkilotlari tomonidan ortiqcha rejalashtirilgan yoki ishlatilmagan deb belgilangan mablag‘larni chegirib tashlash va ularni ish haqi, nafaqalar va ayrim xizmatlarni moliyalashtirish uchun qayta taqsimlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 martdagi “Moliya vazirligi huzurida davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 129-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 20 oktyabrdagi 06/33-2-4379-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida foydalanilmagan yoki ortiqcha rejalashtirilgan mablag‘larni qayta taqsimlash resurslardan foydalanishni optimallashtirish imkoni yaratilgan;
byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazorat samaradorligini muntazam tekshiruv tadbirlari ustuvorligi ta’minlash imkonini beruvchi masofaviy (kameral) nazorat asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi PQ-471-son qaroriga ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 20 oktyabrdagi 06/33-2-4379-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida byudjet mablag‘larining noqonuniy talon-taroj qilinishi va moliyaviy huquqbuzarliklarning oldi olish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish