Jo‘raeva Dilorom G‘aybullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “O‘zbek adabiyotida gender tenglik talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.4.PhD.Fil/4058.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon O‘ralovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Hojieva Shahlo Hazratovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek adabiyotida gender tenglik muammosining badiiy-estetik va ijtimoiy ideal prinsiplari asosida talqin etilishiga xos tarixiy, nazariy, dinamik, poetik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq va G‘arb adabiy-poetik tajribalarida ayollarni ideallashtirishning afsonaviy-irfoniy, falsafiy-tarixiy, badiiy-estetik asoslari, ayollar muammolari bilan bog‘liq gender fenomeni, ikki jins (ayol/erkak) ijtimoiy tiplari munosabatlarining adabiyotdagi o‘rni, poetik talqin xususiyatlari, davriy bosqichlari asoslangan;
qadimgi davrdan to hozirgacha o‘zbek adabiyoti namunalarida ayol shaxsiga munosabatning tarixiy-axloqiy ifodasidagi o‘ziga xosliklar gender va feminizm tushunchalarining umumiy va farqli belgilari, og‘zaki va yozma adabiyotda ayollarni ulug‘lash, maqtash, ta’riflash motivlarining ma’rifiy ahamiyati, jadid adabiyotida ayollar masalasiga ijtimoiy munosabatning badiiy ifoda xususiyatlari, ularda kundoshlik, savodsizlik tufayli xo‘rlangan va haqoratlangan xotin-qizlarning obrazi aniqlangan;
XX asr ijodkorlari asarlarida gender tenglik talqini ham realistik, ham sun’iy ravishda yoritilgani, hukmron tuzum mafkurasining ideallik, yuksak g‘oyaviylikka chorlovi, tarixiy davrga xos ustuvor ijtimoiy, axloqiy xususiyatlarning qahramon (personaj) xarakteri va taqdiriga ta’siri dalillangan;
o‘zbek adabiyoti taraqqiyotining barcha davrlarida ijodkorlarning ayol va erkak ideali yoki ulardan birining kamsitilishi, gender fenomenini tasvirlashdagi poetik mahorati, indikatori, milliy dunyoqarashi, voqelikka estetik munosabati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek adabiyotida gender tenglik talqinini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qadimgi davrdan to hozirgacha o‘zbek adabiyoti namunalarida ayol shaxsiga munosabatning tarixiy-axloqiy ifodasidagi o‘ziga xosliklar gender va feminizm tushunchalarining umumiy va farqli belgilari dalillangan, og‘zaki va yozma adabiyotda ayollarni ulug‘lash, maqtash, ta’riflash motivlarining ma’rifiy ahamiyati ochilgan ushbu dissertatsiya ilmiy natijalari, undagi nazariy qarashlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan “OT-FI-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7-jild) chop etish” nomli davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 15-yanvardagi 04/1-105-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotida ayollar gender tengligi talqini xususiyatlarini aniqlash orqali badiiy matnda ayol obrazi tasvirini yaratishning an’anaviy va zamonaviy tamoyillari ochilgan;
Sharq va G‘arb adabiy-poetik tajribalarida ayollarni ideallashtirishning afsonaviy-irfoniy, falsafiy-tarixiy, badiiy-estetik asoslari, ayollar muammolari bilan bog‘liq gender fenomeni, ikki jins (ayol/erkak) ijtimoiy tiplari munosabatlarining adabiyotdagi o‘rni, poetik talqin xususiyatlari, davriy bosqichlari, jadid adabiyotida ayollar masalasiga ijtimoiy munosabatning badiiy ifoda xususiyatlari, ularda kundoshlik, savodsizlik tufayli xo‘rlangan va haqoratlangan xotin-qizlarning obrazi dalillangan xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi huzuridagi yosh ijodkorlarning “Nilufar” adabiy to‘garagi mashg‘ulotlarini tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 10-yanvardagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada ular o‘zbek adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari, obrazlar tarkibi, unda zamon va inson, shaxs va jamiyat masalalarining uyg‘un holda berilishi dalillangan;
o‘zbek adabiyoti taraqqiyotining barcha davrlarida ijodkorlarning ayol va erkak ideali yoki ulardan birining kamsitilishi, gender fenomenini tasvirlashdagi poetik mahorati, indikatori, milliy dunyoqarashi, voqelikka estetik munosabati haqidagi fikr-mulohazalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Adabiy muhit”, “Asrlarning asraganlari” kabi turkum ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 18-yanvardagi 01-09-17-son ma’lumotnomasi). Natijada ayollar qismatiga bag‘ishlangan asarlar tahlili misolida ayollar taqdiri yurt va millat, kelajak avlod taqdiri bilan bog‘liqligi aholi o‘rtasida targ‘ib va tashviq qilindi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish