Toshboev Bahrom Saidkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “X-XIII asrlarda fors-tojik tilida yaratilgan tarixiy asarlarda leksik birliklar etimologiyasi”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2910.
Ilmiy rahbar: Abdujamol Ashraf Hasanzoda, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Shokirov Tug‘ral Sirojovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi etimologiya bo‘limining tarixiy ildizlarini aniqlash hamda X-XIII asrlar fors-tojik tarixiy asarlaridagi etimologik qarashlarning etimologik va izohli lug‘atlari uchun tayanch manbalik darajasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Tarixi Tabariy”, “Zayn-ul-axbor”, “Tarixi Buxoro”, “Tarixi Siston”, “Forsnoma” asarlarining boshqa manbalarda uchramaydigan muhammadiy, musayyabiy, buzurgfarmoy, mardigiron, idi vard, komgoriy, Hamukat  kabi arxaik so‘zlarni saqlovchi yagona manbalar ekanligi ochib berilgan;
tarixiy asar mualliflarining  kohin, hijriy, melod (milod), moida, nofila, ramim so‘zlaridagi fonetik, leksikologik, leksikografik kabi  lingvistik sharhlari etimologik, izohli, ensiklopedik, tarjima lug‘atlari xususiyatlarini birlashtirgani ochib berilgan;
arablarda kishilarning ism, laqab, kunya, faxriy unvon, taxallus kabi bir qancha qo‘shimcha ismlar mavjudligi aniqlanib, Nizor, Hoshim, Quraysh qabilalarning nomlanishi kishilarning laqablaridan boshlanishi isbotlangan;
Qurʼondagi arablashgan forscha sijjil soʻzi Ibn Balxiy tomonidan aniqlangani hamda bugungi kunda ibriq (ko‘za, suv idishi), istabraq (mato, harir), barzax (juft narsani bog‘lovchi), burhon (dalil, hujjat), tano‘r (tandir), junoh (gunoh), ravza (bog‘), zaboniya (do‘zaxga mutavakkil farishtalar), zarobiy (tilla suvi), zamharir (qattiq sovuq, ayoz), sijjil (qotgan loy), siroj (chiroq, fonus), g‘amza (noz, karashma), fil (hayvon turi), ka’s (jom, suv idishi), kanz (ganj, xazina), majus (zardusht, otashparast, avesto dinining vakili), marjon (ziynat vositasi) kabi umumeroniy tillarga mansub 18 ta so‘zlar borligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. X-XIII asrlarda fors-tojik tilida yaratilgan tarixiy asarlarda leksik birliklar etimologiyasini tadqiq etishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
Qurʼondagi arablashgan forscha sijjil soʻzi Ibn Balxiy tomonidan aniqlangani hamda bugungi kunda ibriq, istabraq, barzax, burhon, tano‘r, junoh, ravza, zaboniya, zarobiy, zamharir, sijjil, siroj, g‘amza, fil, ka’s, kanz, majus, marjon kabi umumeroniy tillarga mansub 18 ta so‘zlar borligi haqidagi ma’lumotlardan Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024 yil 9-yanvardagi 48/02-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixchilar qarashlarining obektiv haqiqatga yaqinlik darajasini aniqlash uchun mazkur etimologik tahlillarni Eron, Tojikiston, O‘zbekiston va Evropa olimlarining xulosalari, tilshunos va lug‘atshunoslarning qarashlari bilan solishtirib, keltirilgan etimologik izohlarning ilmiy darajasi ochib berilganligi o‘rganishga zamin bo‘lgan;
“Tarixi Tabariy”, “Zayn-ul-axbor”, “Tarixi Buxoro”, “Tarixi Siston”, “Forsnoma” asarlarining boshqa manbalarda uchramaydigan muhammadiy, musayyabiy, buzurgfarmoy, mardigiron, idi vard, komgoriy, Hamukat  kabi arxaik so‘zlarni saqlovchi yagona manbalar ekanligi haqidagi ilmiy-nazariy qarashlardan Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erazmus+ dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024 yil 9-yanvardagi 47/02-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi orqali tarixiy asarlarda o‘ndan ortiq tillarga mansub leksik birliklar etimologiyasiga oid qarashlar mavjudligi va ularning ilmiylik darajasi o‘rganilganligi, tarixiy asarlarda shu kungacha yaratilgan lug‘atlarda uchramaydigan so‘zlarning izohlari mavjudligi hamda yangi etimologik va izohli lug‘atlar tuzishda ularning muhim manba sifatida xizmat qilishining isbotlanganligi haqidagi nazariy xulosalari asoslangan;
tarixiy asarlardagi etimologik qaydlar asosida “Farhangi muxtasari reshashinosi va tafsiri (dar asosi mavodi tarixnomahoi asrhoi X-XIII-i forsi-tojiki)” nomli etimologik lug‘at tuzilib, unda tarixiy asar mualliflarining  kohin, hijriy, melod (milod), moida, nofila, ramim so‘zlaridagi fonetik, leksikologik, leksikografik kabi lingvistik sharhlari etimologik, izohli, ensiklopedik, tarjima lug‘atlari xususiyatlarini birlashtirgani asoslab berilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2024 yil 2-apreldagi 9-son yig‘ilish bayonnomasi). Natijada lug‘atda bir qator lug‘aviy so‘zlar, toponim, antroponim va etnonimlar etimologiyasini aniqlashtirilib, tarixiy asarlarda tahlil qilingan bir qator so‘zlarning sharhi keyingi davr lug‘aviy asarlarida uchramasligini e’tiborga olsak, ushbu lug‘at talabalarning etimologiya, leksikologiya kabi sohalardagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
Arablarda kishilarning ism, laqab, kunya, faxriy unvon, taxallus kabi bir qancha qo‘shimcha ismlar mavjudligi hamda Nizor, Hoshim, Quraysh qabilalarning nomlanishi kishilarning laqablaridan boshlanishi haqidagi ilmiy xulosalaridan 2022-2023 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”,  “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradoikompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2024 yil 1-fevraldagi 02-36-01-son ma’lumotnomasi) Natijada radiodasturlarda berilgan ilmiy xulosalar tinglovchilarda milliy ismlarning kelib chiqish tarixi va ma’nolari, ism tanlash an’anasini shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish