Ro‘zieva Shahnoza Mirsaidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalarda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.4.PhD/Ped4291.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Raximova Surayyo Saloxiddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xushnazarova Ma’mura Nadirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalarda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari bolalardagi o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish, barqaror sog‘lom turmush tarzi haqidagi tasavvurlar bilan bog‘liq shaxsiy kompetensiyalarni rivojlanishi kommunikativ, faoliyatli va refleksiv texnologiyalarning integrativ ta’sirida namoyon bo‘lishiga ko‘ra ta’limiy faoliyatni o‘yin asosida yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmasini shakllantirishning integrativ modeli pedagogik va natijaviy bloklarning uzviyligiga ko‘ra ta’limiy faoliyat va baholash faoliyatini sinxronizatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmasini shakllantirish texnologiyalari ovqatlanishga ongli munosabatni shakllantirishga imkon beradigan tarbiyalanuvchilar, hamshira va tarbiyachi faoliyatining uzviyligini “tarbiyachi-bola-ota-ona” triadasidagi bola ratsioniga ratsional yondashuvni “salomatlikka kognitiv” qarash bilan kuchaytirish orqali ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmasining baholash mezonlari tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish muhumligini tushunish ko‘nikmalarini shakillanganligi va oziq-ovqat, hayot shakli, sport, emosional reaksiya sohalaridagi ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajalari diagnostikasiga  xavfsiz ovqatlanish ratsionining subektiv nazorat qilish kompetensiyasi vektorida ifodalanishini aniqlash zarurligi sababli ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari bolalarda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan ta’limiy, amaliy va ijtimoiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishga oid takliflari bo‘yicha “Bolalar pazandachiligi taomlari texnologiyasi” nomli darslik yaratilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 21-iyuldagi 03-362-son ma’lumotnomasi, 2023 yil 27-martdagi 124-son guvohnoma). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish jarayonini tizimli olib borish sharoiti yaratilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmasini shakllantirishning integrativ modeli sog‘lom ovqatlanish haqidagi amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida pedagogik va natijaviy bloklarning uzviyligini oddiydan murakkabgacha bosqichma-bosqich ta’minlashga oid tavsiyalari haqida “Maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublika Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023 yil 27 iyuldagi 2-sonli bayoniga asosan 2023/2-2-/5 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmasini shakllantirishning integrativ modeli ishlab chiqilga;
maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmasining baholash mezonlari tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish muhumligini tushunish ko‘nikmalarini shakillanganligi va oziq-ovqat, hayot shakli, sport, emosional reaksiya va boshqa sohalardagi ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajalarini diagnostikasiga oid tavsiyalari bo‘yicha “Bolalar pazandachiligi taomlari texnologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 21-iyuldagi 03-362-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishda oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorligini ta’minlovchi sharoit yaratilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmasini shakllantirish texnologiyalari ovqatlanishga ongli munosabatni shakllantirishga imkon beradigan tarbiyalanuvchilar, hamshira va tarbiyachi  faoliyatining uzviyligini ta’minlashga oid tavsiyalaridan Respublika miqyosida yagona taomnomani ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 21-iyuldagi 03-362-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish