Bekmurodova Firuzabonu Normurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Urf-odat va an’anaga xos so‘z va so‘z birikmalarining tarjimada pragmatik ekvivalentligi (o‘zbek tilidan ingliz tiliga badiiy asarlar tarjimalari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2930
Ilmiy rahbar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Samigova Xushnida Botirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek badiiy asarlarida uchraydigan urf-odat va an’analarga xos so‘z hamda so‘z birikmalarining ingliz tiliga tarjimasida uchraydigan muammolarga pragmatik ekvivalentlik orqali echim topishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
urf-odat va an’analarning etnohududiy, etimologik va semantik jihatlari nazariy asos sifatida o‘rganilib, o‘zbek badiiy asarlaridan olingan misollarning ingliz tiliga tarjimasida pragmatik ekvivalentlikni ta’minlashning roli dalillanib, bunda kontekstual etnografizmlar tur sifatida ajratilgan;
tarjimada adekvatlikni ta’minlashda xizmat qiluvchi ekvivalentlik darajalaridan semantik ekvivalentlikdan yuqori va pragmatik ekvivalentlik quyida turuvchi kvazi-ekvivalentlik darajasining o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjimada qo‘llanilishi hamda badiiy asarlarda uchraydigan turg‘un birikma shaklidagi frazeoetnografizmlarning mavjudligi dalillangan;
badiiy asarlarda qo‘llanilgan o‘zbek urf-odatlari va an’analariga xos so‘zlar tarjimasida adekvatlikka erishish uchun, barcha pragmatik xususiyatlarni o‘zida jamlagan “tarjimada pragmatik ekvivalentlikni ta’minlash modeli” shakllantirilgan;
“An’ana, urf-odat va marosimlarga oid so‘zlar hamda so‘z birikmalarining o‘zbekcha-inglizcha izohli lug‘ati” uchun uzbekenglishetnodictionary.uz veb-saytini yaratishga oid nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan, badiiy asar tarjimonlari uchun onlayn lug‘at bazasi tahliliy materiallar bilan boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy matn tarjimasining pragmatik asoslarini o‘rganish hamda undagi etnografik leksik til birliklarini tarjima qilish jarayonida olingan nazariy ishlanmalar va amaliy natijalarga asoslanib:
urf-odat va an’analarning etnohududiy, etimologik va semantik jihatlari nazariy asos sifatida o‘rganilib, o‘zbek badiiy asarlaridan olingan misollarning ingliz tiliga tarjimasida pragmatik ekvivalentlikni ta’minlashning roli dalillanib, bunda kontekstual etnografizmlar tur sifatida ajratilganligi O‘zbekiston Milliy Universitetida 2020-2022-yillar davomida bajarilgan A-OT-2021-11-sonli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani o‘zbek milliy an’ana va qadriyatlarga doir ma’lumotlar bilan to‘ldirish va rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 27-apreldagi 04/11-3509-son ma’lumotnomasi). Natijada, platformaning ilmiy mazmunini boyitishga, o‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlarining tasnifi va kompleksini takomillashtirishga erishilgan;
tarjimada adekvatlikni ta’minlashda xizmat qiluvchi ekvivalentlik darajalaridan semantik ekvivalentlikdan yuqori va pragmatik ekvivalentlik quyida turuvchi kvazi-ekvivalentlik darajasining o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjimada qo‘llanilishi hamda badiiy asarlarda uchraydigan turg‘un birikma shaklidagi frazeoetnografizmlarning mavjudligi to‘g‘risidagi ilmiy izlanish natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan “FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 26-apreldagi 147/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, folklorshunoslik va adabiyotshunoslik tarixi yuzasidan materiallarni tayyorlash, materiallar asosida ilmiy maqola va tezislarni ingliz tiliga tarjima qilishda muhim manba sifatida xizmat qilgan;
badiiy asarlarda qo‘llanilgan o‘zbek urf-odatlari va an’analariga xos so‘zlar tarjimasida adekvatlikka erishish uchun, barcha pragmatik xususiyatlarni o‘zida jamlagan “tarjimada pragmatik ekvivalentlikni ta’minlash modeli” shakllantirilganligi borasidagi xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” mavzusidagi xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 30-apreldagi 04/1257-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarjimada adekvatlikni ta’minlashda xizmat qiluvchi ekvivalentlik borasidagi fiklardan foydalanish mazkur grant doirasida ingliz tilida og‘zaki nutq kompetensiyasini oshirishga xizmat qilgan;
badiiy asarlarda uchraydigan turg‘un birikma shaklidagi frazeoetnografizmlarning mavjudligi va ushbu terminning muomalaga kiritilishiga oid fikrlar va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan tayyorlangan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” nomli dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda 2024-yil mart va aprel sonlarida unumli foydalanilgan hamda tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 30-apreldagi 04/36-574-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning, ayniqsa yoshlarning turli badiiy tarjima asarlarini mutolaa qilishga bo‘lgan qiziąishlarini yanada oshiribgina qolmasdan, jahon xalqlari madaniy va manaviy boyliklari bilan tanishish, nasriy hikoyalarimizni G‘arb xalqlari asarlari bilan qiyoslashga hamda milliy merosimizni munosib baholashga imkon yaratgan.