Xidirova Gulzoda Turdialievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis va o‘zbek tillari agrar terminlarining leksikografik tavsifi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1867.
Ilmiy rahbar: Ismailov Yusub Niyazmetovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yoqubjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yaxshiev Ashur Abdievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis va o‘zbek tillarida agrar terminlarining leksikografik tadqiqini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sohaga oid adabiyotlarda agrar terminlarining ifodalanishi, xususan, leksikografik manbalar tahlili orqali nemis va o‘zbek tillarida yirik semantik maydon hosil qilishi aniqlanib, ularni leksikografik tavsiflash orqali tizimlashtirishga erishish mumkinligi dalillangan;
agrar terminlarining chog‘ishtirilayotgan tillarda so‘z turkumlari doirasidagi tahlili asosida ularning nominativlik xususiyati  aniqlanib, ot so‘z turkumining ustuvorligi, shuningdek, sifat va fe’l so‘z turkumlariga mansubligi isbotlangan;
nemis tilidagi agrar terminlarining o‘zbek tilidagi ekvivalentlari iste’mol doirasiga ko‘ra o‘rganilib, ularning asliyat tiliga mosligi leksikografik jihatdan asoslangan;
nemis va o‘zbek tillarida agrar terminlarining sodda, komposision, abbreviatura, gibrid, birikma terminlar sifatida ifodalanishi, lug‘atlarda leksikografik belgilar bilan tasniflanishi, terminlarning unifikatsiyalash orqali alohida leksikografik tizimga solish vositasida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
ko‘p tilli lug‘atlar tuzish va ularni tuzish tamoyillari batafsil yoritilib, yuzlab termin va leksemalarning to‘planishi,  lug‘at maqolasini yanada boyitish borasidagi taklif va g‘oyalaridan 2022-2024-yillarda Toshkent davlat agrar universitetida bajarilgan IL-402104389-raqamli “Cho‘l daraxt-butalari urug‘ining sifat ko‘rsatkichlarini baholash va ularning urug‘chilik bazalarini shakllantirish” nomli loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2024-yil 19-iyuldagi 1/4-1-867-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim oluvchilarning soha terminlarini xorijiy tillarda o‘rganish imkoniyati yaratilib, mahalliy va xorijiy auditoriyani keng jalb qilishga erishilgan;
nemischa-o‘zbekcha agrar terminlarini terminologik lug‘atlardan saralash, qo‘shma so‘zlar va so‘z yasovchi affikslar “kam hajmga imkon qadar ko‘p ma’lumotni sig‘dirish” tamoyili yordamida ochib berish borasidagi xulosalardan 2018-2019-yillarda bajarilgan (GIZ) GESellschaft Internationalae Zusammenarbeit (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati)ning “Markaziy Osiyoda kasbiy ta’limni rivojlantirish” nomli loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2022-yil 15-apreldagi 1/4-1-1072-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy va amaliy lug‘atshunoslikning leksikografik-me’yoriy talablari, xususiyatlari ochib berilib, o‘zbek lug‘atchilik nazariyasi boyitilgan hamda xorijiy til, xususan, nemis tili ta’limini rivojlantirishga hissa qo‘shgan;
soha leksikasi va professionalizmlarning terminlardan farq qilishi, soha va kasb egalari tomonidan amaliyotda qo‘llanishi, til o‘rganuvchilarda yangi leksemalar hosil qilish amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish borasidagi xulosalardan Toshkent davlat agrar universiteti va (PRAXX - Berufspraxis in Deuschland (Germaniyada kasbiy malaka oshirish) tashkiloti o‘rtasida imzolangan shartnoma doirasidagi “Toshkent davlat agrar universiteti talaba va mutaxassislarining Germaniyada kasbiy malaka oshirish” xalqaro amaliy loyihasida foydalanilgan Berufspraxis in Deuschland (Germaniyada kasbiy malaka oshirish tashkilotining 2022-yil 05-maydagi ma’lumotnomasi). Natijada agrar terminlar muqobil lingvistik birliklarni tanlashda terminologik lug‘atlar muhim ekanligini, bu kabi terminologik lug‘atlarni tuzish asosida lug‘atshunoslikda terminlar ulushini aniqlashtirish mumkinligi isbotlangan;
nemis va o‘zbek tillari agrar terminlarining mavzuiy guruhlarga ajratilgan tavsiya va xulosalaridan Toshkent davlat agrar universiteti va (LOGO - Landwirschaft und Ökologisches Gleichgewicht mit Osteuropa) Sharqiy Yevropa bilan qishloq xo‘jaligida ekologik muvozanat tashkiloti o‘rtasida imzolangan shartnoma doirasidagi “Toshkent davlat agrar universiteti talaba va mutaxassislarining Germaniyada yozgi va qishki stajirovkalarni amalga oshirish” xalqaro amaliy loyihasida foydalanilgan (Landwirschaft und Ökologisches Gleichgewicht mit Osteuropa tashkilotining 2022-yil 20-apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi terminlarining qiyosiy aspektda o‘rganilishi, tematik tasniflash va terminlarning soha miqyosida amaliy foydalanishga erishish mumkinligi dalillangan;
nemischa-o‘zbekcha lug‘atlarda agrar terminlar berilishidagi leksikografik strukturalar va lug‘at maqolasi funksional matniy segmentlari, ishlab chiqilgan tavsiyaviy lug‘at maqolalari namunalari ikki tilli lug‘at tuzishni nazariy-amaliy jihatdan boyitishi borasidagi hamda nemis-o‘zbek tillaridagi agrar terminlarining leksikografik xususiyatlari, mavzuiy tasniflanishi hamda qishloq xo‘jaligida yangi termin va leksemalarning kirib kelishi va ularning lingvistik xususiyatlariga bag‘ishlangan tahliliy fikrlar va  nazariy-amaliy xulosalardan “Oʻzbekiston” teleradiokanalining “Adabiy jarayon” va “Ta’lim va taraqqiyot” nomli radio eshittirishlarida, “Foreign LanguaGES” telekanalining 2021-yilning to‘rtinchi choragida efirga uzatilgan “Nemis tili” teleko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 30-martdagi 04-36-679-son va 2022-yil 10-iyundagi 02-05-875-son ma’lumotnomalari). Natijada televosita orqali tinglovchilarning tilshunoslikning dolzarb muammolari haqidagi tushunchalarini shakllantirishga va bilimlarini boyitishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish