Berdimuratova Lazzat Duysenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi Qizilqum hududi toponimlarining tarixiy-lingvistik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD.Fil2814.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mingbaev Nurlan Jakipovich, filologiya fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Enazarov Tolibjon Djumanazarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ahmedova Nargiza Shaxnazarovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qizilqum hududi onomastik birliklari tizimini ochib berish hamda hududning umumturkiy toponimlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi Qizilqum hududi toponimlarining oykonim, gidronim, oronim, nekronim, agroonim, dromonim kabi semantik guruhlariga mansub obektlarning atalishida urug‘, antroponim, fitotoponim, zoonim kabi nomlarining motivlanishi Oyko‘nek, Teleu, KeneGES (urug‘ nomlari), Jing‘ildi, Shengeldi, Ajiriqli (o‘simlik nomilari), Qulanqoq, Ot quduq, Oqbo‘ta (hayvon nomlari) Xolmurodqazg‘on, Utamurod, Eltoy (antroponim nomlari) kabi toponimlar misolida asoslangan;
Qizilqum hududi toponimlarining yasalishida kompozisiya, onomastik konversiya usullarining faolligi hamda affiksatsiya usuli nofaolligi Ajiriq+li, Qog‘a+li, Tuya+chi (affiksatsiya usuli), Yassi+kechuv, Kampir+soy, Ming+bulaq (kompozisiya usuli), Tepa, Koriz (onomastik konversiya usuli) kabi toponimlar asosida isbotlangan;
Qizilqum hududi toponimlarining nomlanishida qishloq, ovul, rabot, quduq, buloq, soy, tog‘, tepa, jar, bel kabi toponimik aniqlagichlarning semantik vazifalari Xo‘jaovul (ovul), Qumrabot (rabot), Qoraquduq (quduq) Oydinbuloq (buloq), Oqsoy (soy), Bo‘kantov (tog‘), Uchtepa (tepa), Oqjar (jar), Saribel (bel) singari nomlar asosida dalillangan;
Qizilqum hududi toponimlarining lingvistik strukturasi tub, affiksli, qo‘shma, toponimik aniqlagichli, murakkab tarkibli toponimlarga ajratilgan va ular orasidan Konimex, Ko‘kcha, Kengsoy, Qumrabot, Chordara kabi nomlarning etimologiyasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qizilqum hududi toponimlarining tarixiy-lingvistik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Qizilqum hududi toponimlarining oykonim, gidronim, oronim, nekronim, agroonim, dromonim kabi semantik guruhlariga mansub obektlarning atalishida urug‘, antroponim, fitotoponim, zoonim kabi nomlarining motivlanishi Oyko‘nek, Teleu, KeneGES (urug‘ nomlari), Jing‘ildi, Shengeldi, Ajiriqli (o‘simlik nomilari), Qulanqoq, Ot quduq, Oqbo‘ta (hayvon nomlari) Xolmurodqazg‘on, Utamurod, Eltoy (antroponim nomlari) kabi toponimlar tahlili asosida olingan xulosalardan 2017-2020-yillardagi 2016-09081165532 raqamli “Qoraqolpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika Fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogiston filialining 2024-yil 8-maydagi 181-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental ilmiy loyihaning nazariy qismining yangi ilmiy fikrlar, g‘oyalar bilan boyitilishiga erishilgan;
Qizilqum hududi toponimlarining yasalishida kompozisiya, onomastik konversiya usullarining faolligi hamda affiksatsiya usuli nofaolligi Ajiriq+li, Qog‘a+li, Tuya+chi (affiksatsiya usuli), Yassi+kechuv, Kampir+soy, Ming+bulaq (kompozisiya usuli), Tepa, Koriz (onomastik konversiya usuli) kabi toponimlar asosida chiqarilgan xulosalardan 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209. “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil                  1-maydagi 04/1-1142-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy xulosalar, dalillar bilan boyitilishiga erishilgan;
Qizilqum hududi toponimlarining nomlanishida qishloq, ovul, rabot, quduq, buloq, soy, tog‘, tepa, jar, bel kabi toponimik aniqlagichlarning semantik vazifalari Xo‘jaovul (ovul), Qumrabot (rabot), Qoraquduq (quduq) Oydinbuloq (buloq), Oqsoy (soy), Bo‘kantov (tog‘), Uchtepa (tepa), Oqjar (jar), Saribel (bel) singari nomlar asosida dalillanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan 2017-2020-yillardagi 2016-09081165532 raqamli “Qoraqolpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika Fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogiston filialining 2024-yil 8-maydagi 181-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyihaning ilmiy-nazariy faktlar bilan boyitilishiga erishilgan;
Qizilqum hududi toponimlarining lingvistik strukturasi tub, affiksli, qo‘shma, toponimik aniqlagichli, murakkab tarkibli toponimlarga ajratilgan va ular orasidan Konimex, Ko‘kcha, Kengsoy, Qumrabot, Chordara kabi nomlarning etimologiyasi to‘g‘risidagi xulosalardan 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209. “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 1-maydagi 04/1-1142-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha Qizilqum hududi toponimlarining lingvistik strukturasi borasidagi mulohazalar bilan boyitilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish