Sharofaddinov Shihnazar Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda natijaga yo‘naltirilgan ta’limning metodik tizimini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped2136.
Ilmiy rahbar: Xolmuxamedov Murodullo Maxmudovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Normurodovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi professional  ta’lim  muassasalarida  maxsus  fanlarni o‘qitish  metodikasini  integrativ-modulli  yondashuv  asosida  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari kasbga o‘qitish natijalari va o‘qitish natijasida shakllanadigan kompetensiyalarni uyg‘unlashtirish, kasbga o‘qitish va mehnat bozorining malakalarga ehtiyojlari orasida o‘zaro aloqadorlikning mustahkam tizimini shakllantirish hamda kasbga o‘qitish va mehnat tajribasi natijalarining malaka talablariga va kasb standartlariga mosligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli o‘quv maqsadlarini aniq belgilab olish va natijaga erishishni ta’minlashning metodik tizimi elementlari o‘rtasidagi aloqalarni va funksional yuklanishni ta’lim natijasi (Learning Outcomes)ga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi maqsadga yo‘naltirilganlikni ta’minlash va ta’lim natijalari (Learning Outcomes)ni aniq belgilash hamda debrifing orqali o‘quvchilarning refleksiv fikrlashini faollashtirish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini baholash metodikasi o‘quvchilarning kasbiy kompetentligini xolis va haqqoniy baholash (objective assessment)ni kasbiy standartlarda talab etilgan kasbiy tayyorgarlik darajasiga muvofiqligini ta’minlovchi demo-imtihonlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Natijaga yo‘naltirilgan ta’lim asosida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ta’lim natijasi (Learning Outcomes)ga yo‘naltirish asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning samarali pedagogik shart-sharoitlariga oid taklif va tavsiyalari respublikadagi professional ta’lim muassasalarida “3.54.04.02- Oqava suv va suv ta’minoti tizimlaridan foydalanish va montaj qilish ustasi” va “3.51.02.07- Elektromontyor” tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv ta’minotni yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 14-noyabrdagi 4/17-4/2-845-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya va takliflar professional ta’lim muassasalarida “3.54.04.02- Oqava suv va suv ta’minoti tizimlaridan foydalanish va montaj qilish ustasi” va “3.51.02.07- Elektromontyor” tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilgan;
natijaga yo‘naltirilgan ta’lim asosida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasiga oid taklif va tavsiyalari asosida “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida kasb standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha metodik yo‘riqnoma” yaratilgan va o‘quv jarayonida qo‘llanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 14-noyabrdagi 4/17-4/2-845-son ma’lumotnomasi). Natijada, professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilgan;
natijaga yo‘naltirilgan ta’lim asosida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini demo-imtihonlar asosida baholash metodikasini takomillashtirishga oid ilmiy xulosalaridan “IL-5821081323 - Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” nomli innovatsiyon loyihani  amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 14-noyabrdagi 4/17-4/2-845-son ma’lumotnomasi). Natijada, professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini baholashning metodik tizimi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish