Rajapbaev Maqsud Xallievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy geodezik texnologiyalar asosida gidrotexnika inshootlarining cho‘kishini va siljishini monitoring qilish usulini takomillashtirish (Jizzax suv ombori misolida)”, 11.00.06 – “Geodeziya. Kartografiya” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4542
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Nurmatov Erkin Xayitmatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Yangiev Asror Abduxamidovich – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, “Gidrotexnika inshootlari va muxandislik konstrusiyalari” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori. (05.09.06).
Isakov Erkin Xo‘jayorovich – Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti texnika fanlari nomzodi, professor (11.00.06).
Yetakchi tashkilot – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy geodezik texnologiyalar asosida gidrotexnika inshootlarining cho‘kishini va siljishini monitoring qilish usulini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
egrini rejalash usuli asosida Jizzax suv ombori to‘g‘oniga tushayotgan suv bosimi yuki inobatga olinib, to‘g‘onning cho‘kishi va siljishini yuqori aniqlikda kuzatish uchun 25 ta qo‘shimcha reper o‘rnatilgan va reperlar soni 12 tadan 37 taga etkazilgan;
zamonaviy qurilmalardan foydalanib, gidrotexnik inshootlarning cho‘kadigan gruntlardan olingan cho‘kmalarni dala o‘lchash natijalarini qayta ishlash asosida g‘ovaklilik koeffisient  qiymatlari asoslangan;
Jizzax suv omborining elektron raqamli xaritasini tuzish va to‘g‘onining raqamli uch o‘lchamli modelini yaratish usullari takomillashtirilgan;
suv omborlari to‘g‘onini vertikal cho‘qishi va gorizontal siljishini monitoring qilish usullari taqqoslangan va monitoring natijalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy geodezik texnologiyalar asosida gidrotexnika inshootlarining cho‘kishini va siljishini monitoring qilish usulini takomillashtirish (Jizzax suv ombori misolida) bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Jizzax suv ombori to‘g‘oniga 25 ta qo‘shimcha reper o‘rnatilgan va mazkur reperlar O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 dekabrdagi 05/11-827-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax suv ombori gidrotexnika inshootlarining cho‘kishini va siljishini yuqori aniqlikda monitoring qilish imkoniyati yaratilgan;  
g‘ovaklik koeffisientining qiymatlari aniqlash usuli O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 dekabrdagi 05/11-827-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, cho‘kadigan gruntlarda qurilgan gidrotexnika inshootlarining cho‘kmalarini o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
Jizzax suv omborining elektron raqamli xaritasi va to‘g‘onining raqamli uch o‘lchamli modeli O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 dekabrdagi 05/11-827-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suv omborlarini raqamlashtirish va uch o‘lchamli modelini yaratish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan;
suv omborlari to‘g‘onini vertikal cho‘qishi va gorizontal siljishini monitoring qilish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 dekabrdagi 05/11-827-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizdagi mavjud suv omborlari to‘g‘onini yuqori aniqlikda vertikal cho‘kishi va gorizontal siljishini monitoring qilish uchun ishlab chiqilgan tavsiya asosida yuqori aniqlikdagi dala tadqiqot ishlarini olib borish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish