Allaqulieva Shahloxon Hakimboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kondensirlangan muhitlardagi relaksatsion jarayonlar va ularni yorug‘likning kombinatsion sochilish spektrida namoyon bo‘lishi”, 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/FM722
Ilmiy rahbar: Otajonov Shavkat, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand  davlat  universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Xushvaqtov Hakim Abdulhaqovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Rahmatullaev Ilyos Arzimurodovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lazer nurlanishi ta’sirida qutblanuvchanlik tenzori bo‘yicha simmetrik va asimmetrik bo‘lgan ko‘p atomli uglevodorodlar molekulalarining tebranma va aylanma harakati bilan bog‘liq bo’lgan relaksatsion jarayonlar qonuniyatlarini optik spektrlar yordamida tadqiq qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
elektromagnit to’lqin nurlanishi ta’sirida molekulalarning o’zaro ta’sirlashuvi bilan bog‘liq bo’lgan N-bog‘lanishning yashash vaqtini aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan;
ilk bor H-bog‘lanishning yashash vaqti kombinatsion sochilish spektri asosida hisoblanib, molekulaning tebranish chastotasi oshib borishi bilan ushbu bog‘lanishning yashash vaqti kamayishi aniqlangan;
kvant-kimyoviy hisoblashlar olib borilib, molekulalarning strukturaviy modeli yaratildi va atomlarning bog‘lanish uzunliklari, ular orasidagi burchaklarni aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan;
ilk bor tajribadan olingan yorug‘likning kombinatsion sochilish spektri bilan infraqizil spektrlarni taqqoslash asosida molekulalarning qutblanuvchanlik tenzori yoki dipol momentining o‘zgarishini natijalovchi spektrdagi ulushi aniqlangan;
benzol strukturasiga kiritilgan turli xil atomlarning tebranish qonuniyatlarini yorug‘likning kombinatsion sochilish hamda infraqizil spektrlarini namoyon bo‘lishiga ta’siri o‘rganilib, o‘zaro yaqin joylashgan atomlardan tashkil topgan molekulalarning harakati bilan bog‘liq spektrlarning namoyon bo‘lishi deformatsion tebranishlar bilan bog‘liqligi aniqlangan;
yorug‘likning kombinatsion sochilish hamda infraqizil spektrlarining namoyon bo‘lishi qaysi turdagi tebranishlar bilan bog‘liqlik qonuniyatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot ob’ekti sifatida tanlangan uglevodorodlardagi molekulalarning tebranma harakati bilan bog‘liq relaksatsion jarayonlarning qonuniyatlarini tadqiq qilish bo’yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi fan tarmoqlarida joriy etildi:
yorug‘likning kombinatsion sochilish va infraqizil spektrlarini o‘zaro taqqoslash natijasidagi molekulaning qutblanuvchanlik tenzori hamda dipol momentining o‘zgarishi bilan bog‘liq ilmiy natijalar  REP-04032022-206 raqamli “Optoelektron tarmoqlarda optik garmonika paydo bo‘lishi va soliton tarqalishi jarayonlarini boshqarish” (2022-2024-yy.) mavzusidagi xalqaro ilmiy loyihada past o‘lchamli optik materiallarda optik solitonlar tarqalishi modellarini, shuningdek, o‘rta infraqizil lazer nurlanishining chastotasini metall nanostrukturali plyonkalarda optik garmonikaga aylantirishning eksperimental usullarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Chirchiq davlat pedagogika universitetining 2024-yil 5-fevraldagi 01/261-son ma’lumotnomasi);
tajriba va nazariy hisoblashlarga asoslangan atomlar orasidagi H-bog‘lanish qonuniyatlari hamda ushbu bog‘lanishning yashash vaqtini aniqlash natijalari FZ-20200929385 raqamli “Biologik ob’ektlarning nanoo‘lchamli molekulyar klasterlarini o’rganish va tatbiq qilishning spektroskopik hamda noempirik tahlil usullarini ishlab shiqish” (2022-2027-yy.) mavzusidagi davlat ilmiy-texnika dasturidagi fundamental loyihada molekulyar klasterlanish jarayonlarining mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan (Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2024-yil 15-maydagi 10-2254-son ma’lumotnomasi);
tadqiqot natijalari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti Fotonika kafedrasidagi 70530901 – Fizika (yo’nalishlar bo’yicha) magistratura mutaxassisligi talabalari ushun “Molekulyar optikaning klassik va zamonaviy asoslari” maxsus kursining ishshi o’quv dasturi va kalendar rejasida aks ettirilgan bo’lib, yorug‘likning kombinatsion sochilish va infraqizil spektrlarining namoyon bo‘lishida molekulaning qutblanuvchanlik tenzori va dipol momentlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq qonuniyatlar, energetik sathlardagi relaksatsion jarayonlarning asosiy molekulyar parametrlarini aniqlash metodikasini ishlab chiqilganligi va boshqa qonuniyatlar o’quv mashg‘ulotlarini zamonaviy eksperimental va nazariy hisoblangan natijalar bilan boyitilganligiga xizmat qilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 23-maydagi 04/11-4483-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish