Amonov Axtam Xalilovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Molekulyar komplekslarda vodorod ftorid molekulasi tebranish polosasining shakllanish mexanizmlari»,, 01.04.05 - Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM804
Ilmiy rahbarlar: Toxadze Konstantin Grigorevich fizika-matematika fanlari doktori, professor va Jumabaev Abduvaxid, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Baxodir Xudayberganovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Qo‘yliev Bahron To‘xlievich, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Millliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Gaz fazasida B···HF vodorod bog‘langan molekulyar komplekslarda molekulalararo va angarmonik ta’sirlar tufayli ν1(HF) valent tebranish polosalarida yuzaga keladigan spektral xususiyatlarning shakllanish mexanizmlarini tebranish spektroskopiyasi va noemperik hisoblashlar yordamida o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
BHF komplekslarda ν1(HF) valent tebranish polosasida yuzaga kelgan spektral xususiyatlar molekulalararo valent, deformatsion va HF molekulasining libratsion harakatlari hamda angarmonik o‘zaro ta’sirlar sababidan ekanligi ibotlangan;
BHF komplekslar ν1(HF) valent tebranish polosasi tebranma sathlararo 1000 dan ortiq fundamental, issiq, kombinatsion o‘tishlar hamda obertonlar hisobidan shaklanishi ilmiy asoslangan;
(Ch3)2CO···HF komplekslarda C=O va HF valent tebranishlar kuchli angarmonik ta’sirlashishi va HF fundamental o‘tish chastotasi bilan 2ν(C=O) oberton o‘rtasida rezonans ta’sir tufayli ν(HF) polosa intensivligi keskin ortgan holda polosaning shakllanishiga o‘z ulushini qo‘shishi aniqlangan;
Tizimli tarzda orbitallarning sp, sp2, sp3 gibridlanishlari natijasida hosil bo‘lgan 15 ta N···HF molekulyar komplekslarning turli spektroskopik, energetik hamda geometrik parametrlari o‘rtasidagi korrellatsion bog‘liqliklar ochib berilgan;
B···HF komplekslarning gaz fazasida olingan yutilish spektrlari va ularning ichki dinamik o‘zgarishlari o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash imkonini beradigan angarmonik hisoblash usuli tavsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Molekulyar komplekslarning gaz fazasida vodorod ftorid molekulasi tebranish polosasining shakllanish mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Elektromanfiyligi yuqori elementlarning yirik guruhlari ishtirokida yuzaga keladigan nokovalent bog‘lanishlarning spektroskopik parametrlarini aniqlashda foydalanilgan № 1954310 raqamli (AQSh, Yuta Davlat Universiteti, 2022-yil 28-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi turli nokovalent bog‘lanishlar va ularning spektroskopik parametrlarini o‘rganish orqali murakkab tarkibli biologik molekulyar komplekslarning fiz-kimyoviy hamda bio-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan.
Molekulyar bog‘lanishli komplekslarda vodorod bog‘ atrofida protonning holatiga lokal maydonning ta’sirini baholashda №20-03-00231 raqamli «Vliyanie okrujnosti i pologeniya protonov i vodorodnix svyazey» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg davlat universiteti, 2022-yil 25-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi H-bog‘lanishli molekulyar komplekslarning o‘zaro ta’sir energiyalarini, angarmonik spektral parametrlarini hisoblash va natijalarni ikki hamda uch o‘lchamli grafiklar ko‘rinishida viziualizatsiya qilish imkonini bergan.
Tarkibidagi gaz va suyuqliklar (H2S, CO2, H2O va b.) miqdorini aniqlash metodini yaratish bo‘yicha A-13-39 raqamli “Uglevodorodlar (metan, etan, propan, butan va b.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2022-yil 22-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi konlardan qazib olinadigan uglevodorodlar tarkibidagi gaz va suyuqliklar foizini aniqlash va ularni miqdoriy tahlil qilish imkonini bergan.