Yo‘ldosheva Mamura Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy tarjimada portret tasvirlovchi til birliklarining lingvomadaniy va lingvostilistik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2106.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich, filologiya fanlari bo‘yicha falfasa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yoqubjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Asqarova Shaxnoza Kamolidinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy tarjimada rortretni tasvirlovchi birliklarni qayta yaratishning lingvomadaniy va lingvostilistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
portret qismlari – insonning yuzi, ko‘zi, qoshi, sochi, terisi va rangi, gavdasi, soqolini ifodalovchi til birliklarining ingliz va o‘zbek tillaridagi izomorfik, allomorfik xususiyatlari aniqlanib, asar qahramonlarining statik rortreti hisoblangan yuz, soch, qosh, soqol kabilarning xususiyatlarini aks ettiruvchi lisoniy vositalar tarjimasida nomutanosibliklar mavjud bo‘lsa, qahramonlarning yosh, gavda, ko‘z, teri xususiyatlarini bildiruvchi til birliklari asliyatga muvofiq ifodalanishi isbotlangan;
rortretni tasvirlovchi lisoniy birliklarning milliy-madaniy xususiyatlari turli leksik va sintaktik vositalar orqali ifodalanishi, ularning badiiy tarjimadagi ta’sirini madaniy, dinamik, funksional, shakliy ekvivalentlik hamda kalkalash usullari orqali qayta yaratish mexanizmi dalillangan;
“O’tkan kunlar” romanida rortret tasvirlovchi til birliklarida metafora, o‘xshatish, sifatlash, metonimiya, mubolag‘a kabi stilistik vositalar faol qo‘llanganligi va ulardagi stilistik bo‘yoqdorlikni badiiy tarjimada qayta ifodalashda stilistik vositalarning nafaqat lingvistik, balki milliy-madaniy xususiyatlari ham e’tiborga olinishi asoslangan;
rortret tavsirlovchi lisoniy vositalar murakkab sintaktik birliklarning joylashish tartibi ingliz va o‘zbek tillarida o‘zaro allomorfik xususiyat kasb etib, sifatlovchi murakkab sintaktik birikmalar ingliz tilida hajmi+yoshi+shakli+rangi+kelib chiqishi+ishlatish sababi+ot ko‘rinishiga, o‘zbek tilida rang+bo‘yi+ hajm+yosh+maza-ta’m+psixologik xususiyatlar+ot strukturasiga egaligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy tarjimada rortret tasvirlovchi til birliklarining lingvomadaniy va lingvostilistik xususiyatlarini tadqiq etish yuzasidan olingan ilmiy-nazariy natijalar asosida:
portret qismlari – insonning yuzi, ko‘zi, qoshi, sochi, terisi va rangi, gavdasi, soqolini ifodalovchi til birliklarining ingliz va o‘zbek tillaridagi izomorfik, allomorfik xususiyatlari aniqlanib, asar qahramonlarining statik rortreti hisoblangan yuz, soch, qosh, soqol kabilarning xususiyatlarini aks ettiruvchi lisoniy vositalar tarjimasida nomutanosibliklar mavjud bo‘lsa, qahramonlarning yosh, gavda, ko‘z, teri xususiyatlarini bildiruvchi til birliklari asliyatga muvofiq ifodalanishi isbotlangani borasidagi xulosalardan Yevrora Ittifoqining ERAЅMUЅ+ dasturi doirasida Latviyaning Rezekna texnologiyalari Akademiyasi, Angliyaning London Metroroliten universiteti bilan hamkorlikda bajarilgan “561624-ERR-1-1UK-ERRKA2-SBHE-ЅR IMER” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-noyabrdagi 06/598-son maʼlumotnomasi). Natijada xalqaro loyiha doirasida tarjimashunoslik sohasidagi o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha yaratilgan o‘quv-qo‘llanma va dasturlarning takomillashuviga xizmat qilgan;
rortretni tasvirlovchi lisoniy birliklarning milliy-madaniy xususiyatlari turli leksik va sintaktik vositalar orqali ifodalanishi, ularning badiiy tarjimadagi ta’sirini madaniy, dinamik, funksional, shakliy ekvivalentlik hamda kalkalash usullari orqali qayta yaratish mexanizmi dalillanganiga oid ilmiy-nazariy yondashuvlardan Yevrora Ittifoqining Erasmus+ dasturi 585845-YeRR-1-2017-1-YeЅ-YeRRKA2-SBHE-ЈR SLAЅЅ: “Somrutational Linguistiss at Sentral Asian universities” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-oktyabrdagi 723/02-son maʼlumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot ishidagi tahlil natijalari loyihaning modullar kontentini mukammallashtirish va boyitilishiga ijobiy hissa qo‘shgan;
“O’tkan kunlar” romanida rortret tasvirlovchi til birliklarida metafora, o‘xshatish, sifatlash, metonimiya, mubolag‘a kabi stilistik vositalar faol qo‘llanganligi va ulardagi stilistik bo‘yoqdorlikni badiiy tarjimada qayta ifodalashda stilistik vositalarning nafaqat lingvistik, balki milliy-madaniy xususiyatlari ham e’tiborga olinishi; rortret tavsirlovchi lisoniy vositalar murakkab sintaktik birliklarning joylashish tartibi ingliz va o‘zbek tillarida o‘zaro allomorfik xususiyat kasb etib, sifatlovchi murakkab sintaktik birikmalar ingliz tilida hajmi+yoshi+shakli+rangi+kelib chiqishi+ishlatish sababi+ot ko‘rinishiga, o‘zbek tilida rang+bo‘yi+ hajm+yosh+maza-ta’m+psixologik xususiyatlar+ot strukturasiga egaligi borasidagi xulosalardan “English (for correspondence studens of Pedagogical Institutes)” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-son buyrug‘iga asosan berilgan 110-234-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada qoʻllanmada keltirilgan matnlarda badiiy tasvirlovchi leksik birliklarning to‘g‘ri ifodalanishiga erishilgan hamda mazkur tadqiqotda keltirilgan leksik birliklar asosida Glossariy qismi yaratilgan.