Matniyozov Murodjon Rajabbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turistik destinatsiya imijini shakllantirishning mintaqaviy xususiyatlari (Xorazm viloyati misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3236.
Ilmiy rahbar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Otabek Allajanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xidirova Gavhar Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati turistik destinatsiya imijini shakllantirish bo‘yicha ilmiy tavsiya va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shovot tumani Beshmergan mahallasi, Xiva tumani G‘ovuk mahallasi, Urganch tumani Anjirchi mahallasi hamda Bog‘ot tumani Qalajiq qalʼa mahallalari turistik destinatsiyalarining o‘zaro integratsiyalashuvini taʼminlovchi “Penta helix” turizm kommunikatsion modeli taklif etilgan;
Xazorasp tumani Sulaymon qalʼa, Bog‘ot tumani Qalajiq qalʼa, Tuproqqalʼa tumani Meshikliqalʼa, Shovot tumani Katqalʼa va Xiva shahri Ichan qalʼa turistik obektlarini o‘z ichiga olgan “KhorezmWonders” turistik marshruti ishlab chiqilgan;
mintaqa destinatsiya imijiga turistlarning qoniqishi (tourist satisfaction), tashrifdan olingan tajriba (memorable experience) hamda safardan keyin tanish va yaqinlarga turistik hududni tavsiya qilish (Word of Mouth) kabi to‘g‘ridan to‘g‘ri ijobiy taʼsir qiluvchi omillarning ustuvorligini ifodalovchi SEM modeli taklif etilgan;
Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan turistlar soni va turistik xizmatlar hajmi ko‘rsatkichlarini 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ko‘p omilli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa turistik destinatsiya imijini shakllantirishning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Shovot tumani Beshmergan mahallasi, Xiva tumani G‘ovuk mahallasi, Urganch tumani Anjirchi mahallasi hamda Bog‘ot tumani Qalajiq qalʼa mahallalari turistik destinatsiyalarining o‘zaro integratsiyalashuvini taʼminlovchi “Penta helix” turizm kommunikatsion modeli ishlab chiqish bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 546-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 2-iyuldagi 15-2259-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mintaqa turistik destinatsiya imijini takomillashtirishga, turizm infratuzilmasi korxonalar sonini 5-7 foizga oshirishga xizmat qilgan;
Xazorasp tumani Sulaymon qalʼa, Bog‘ot tumani Qalajiq qalʼa, Tuproqqalʼa tumani Meshikliqalʼa, Shovot tumani Katqalʼa va Xiva shahri Ichan qalʼa turistik obektlarini o‘z ichiga olgan “KhorezmWonders” turistik marshruti bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 546-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 2-iyuldagi 15-2259-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy qilinishi mintaqaga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar sonini 10-15 foizgacha, tunash kunlari sonini 2 kundan 4 kungacha oshirish imkonini bergan;
mintaqa destinatsiya imijiga turistlarning qoniqishi (tourist satisfaction), tashrifdan olingan tajriba (memorable experience) hamda safardan keyin tanish va yaqinlarga turistik hududni tavsiya qilish (Word of Mouth) kabi to‘g‘ridan to‘g‘ri ijobiy taʼsir qiluvchi omillarning ustuvorligini ifodalovchi SEM modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 546-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 2-iyuldagi 15-2259-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni joriy qilinishi natijasida mintaqaga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar sonini 15-20 foizga oshirish imkonini bergan;
Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan turistlar soni va turistik xizmatlar hajmi ko‘rsatkichlarini 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ko‘p omilli ekonometrik modellari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 546-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 2-iyuldagi 15-2259-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur model natijalaridan mintaqada turizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.