Muxammadiyarova Aqmaral Janabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ekologik xavfsizlikni tahlil qilishning falsafiy-metodologik asoslari. 09.00.01-Ontologiya, gnoselogiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal572.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Berdimuratova Alima Karlibaevna falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Gaffarova Gulchexra G‘ulamjanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Omonov Bahodir Nurillaevich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ekologik xavfsizlikning falsafiy-metodologik jihatlarini “inson-jamiyat-tabiat” tizimining barqaror rivojlanishi va koevolyusion modeli bilan bog‘liqlikda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik xavfsizlikni ta’minlashda “inson-jamiyat-tabiat” tizimining tabiiy, madaniy va ijtimoiy o‘ziga xos xususiyatlarining zamanoviy konseptual asoslari ochib berilgan;
sotsiotabiiy tizim koevolyusion modelining shakllanishi davomida ekologik xavfsizlikni ta’minlashning noosferaviy rivojlanishi va sinxronik amalga oshirilishi falsafiy asoslangan;
“inson-jamiyat-tabiat” tizimini o‘zaro ta’sirining koevolyusion usuli tizimga intensiv iqtisodiyotni, ijtimoiy adolatli faoliyatni va koevolyusion ekologik imperativlarni ishlab chiqish zaruriyatini taqozo etishi ilmiy asoslangan;
ekologik xavfsizlikni ta’minlashning sotsiomadaniy asoslarini koevolyusion modelining polietnik mintaqadagi shakllanishi sharoitida axloqiy-gumanistik imkoniyati aniqlangan va unga asoslanib an’anaviy ekologik ongning normativ funksiyasining alohida ahamiyatga ega ekanligi mantiqiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ekologik xavfsizlikni tahlil qilishning falsafiy-metodologik asoslari bo‘yicha berilgan takliflar asosida:
ekologik xavfsizlikni ta’minlashda “inson-jamiyat-tabiat” tizimining tabiiy, madaniy va ijtimoiy o‘ziga xos xususiyatlarining zamanoviy konseptual asoslariga doir taklif-tafsiyalardan Qoraqalpoq davlat universitetining 2007-2011 yillarga mo‘ljallangan “Global xavfsizlik tizimida O‘zbekiston Respublikasi ekologik xavfsizligi shakllanishining falsafiy-metodologik aspektlari” mavzusidagi OT-F8 raqamli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2023-yil 12-yanvardagi 01-21-04/35-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatta amalga oshirilayotgan islohatlarning mazmun va mohiyatini asoslab berishda metodologik baza sifatida amaliy yordam berishga xizmat qilgan;
sotsiotabiiy tizim koevolyusion modelining shakllanishi davomida ekologik xavfsizlikni ta’minlashning noosferaviy rivojlanishi va sinxronik amalga oshirilishi falsafiy asoslanganligiga doir taklif-tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha 01-113-sonli “Yo‘l xarita”sining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhitni yashil maskanga aylantirish ishlarini muvofiqlashtirish”ga qaratilgan bandi ijrosini ta’minlashda va “Yashil makon” umummilliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 27-fevraldagi 01-13/58-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhitni yashil maskanga aylantirish ishlarini muvofiqlashtirishga xizmat qilgan;
“inson-jamiyat-tabiat” tizimi o‘zaro ta’sirining koevolyusion usuli tizimga intensiv iqtisodiyotni, ijtimoiy adolatli faoliyatni va koevolyusion ekologik imperativlarni ishlab chiqish zaruriyatini taqozo etishi ilmiy asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Qoraqalpoq davlat universitetining 2011-2016-yillarga mo‘ljallangan “Janubiy Orol dengizi mintaqasining ekologik holatini hisobga olgan holda O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqaviy strategiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi F-1-77-raqamli fundamental loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2023-yil 3-martdagi 1-21-04/537-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa tabiatidagi o‘zgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sirini aniqlashga va insonlarda ekologik taffakkur madaniyatining shakillanishiga xizmat qilgan;
ekologik xavfsizlikni ta’minlashning sotsiomadaniy asoslarini koevolyusion modelining polietnik mintaqadagi shakllanishi sharoitida axloqiy-gumanistik imkoniyati aniqlangan va unga asoslanib an’anaviy ekologik ongning normativ funksiyasining alohida ahamiyatga ega ekanligi mantiqiy dalillanganligiga oid taklif-tafsiyalardan Qoraqalpog‘iston televideniesi tomonidan 2023-yilda efirga uzatilgan «Munosabat» ko‘rsatuvining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2023-yil 1-noyabrdagi 05-22/554-son ma’lumotnomasi). Natijada keng aholi o‘rtasida, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashda xavfsizlikni ta’minlanishi va bu sohadagi ishlarning samaradorligining ortishiga xızmat qilgan.