Allaeva Gulchexra Jalgasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoqilg‘i energetika kompleksi korxonalari faoliyatini samarali rivojlantirish», 08.00.03–Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.3.PhD/Iqt85.
Ilmiy rahbar: Maxkamova Mamlakat Abdukadirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Madjidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muratova Shoxista Nimatullaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston iqtisodiyoti yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalari faoliyatini samarali rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoqilg‘i-energetika korxonalari faoliyati samaradorligini baholash uslubi muhit sub’ektlarini o‘zaro bog‘liqligining mul`tiomillik yondashuvini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
konlarni o‘zlashtirish samaradorligi shartlari to‘plamini hisobga oladigan er osti boyliklaridan foydalanishning differensiatsiya qilingan parametridan foydalanish asosida yoqilg‘i-energetika korxonalari faoliyati samaradorligini baholash usullari takomillashtirilgan;
yoqilg‘i-energetika kompleksi tarkibidagi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirishning iteratsion modeli ishlab chiqarishga innovatsion mahsulot va texnologik yangiliklar kiritish asosida takomillashtirilgan;
soxa komleksi samaradorligining yalpi ichki mahsulotga ta’siri bo‘lgan energetik infratuzilma indeksining (EAPI) uch subindeksdan atrof-muhit barqarorligi (environmental sustainability-ENSUS)ni ta’minlash va zararsizlantirishni minimallashtirish asosida ta’sir etish darajasini aniqlash mexanizmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalari faoliyatini samarali rivojlantirishga qaratilgan takliflar asosida:
yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarida innovatsion muhitning ichki mohiyatini hisobga oluvchi faoliyat samaradorligini baholashning mul`tiomillik yondashuvi va konlarni o‘zlashtirish samaradorligi shartlari to‘plamini hisobga oladigan er osti boyliklaridan foydalanishning differensiatsiya qilingan parametridan foydalanish asosida yoqilg‘i-energetika korxonalari faoliyati samaradorligini baholash usullari «UzLITIneftgaz» AJ, «Shurtanneftgaz» MChJ va «Shurtan GKX» MChJning ilmiy va amaliy faoliyatiga joriy kilingan va 39.0-137:2017 «ILMIY-TEXNIK MAHSULOT, ilmiy-texnik yutuqlarning iqtisodiy samaradorligini baholash» jarayoniga tatbiq etilgan («UzLITIneftgaz» AJning 2017 yil 25 oktyabrdagi 6-son, «Sho‘rtanneftgaz» MChJning 2018 yil 19 fevraldagi 24/948-son va «Sho‘rtan GKX» MChJning 2018 yil 22 fevraldagi 24/798-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi yoqilg‘i-energetika korxonalarining barcha faoliyatlarini tashkil etishda innovatsion ishlanmalar va ilmiy-texnik yutuqlarning iqtisodiy samaradorligini baholash imkonini bergan;
yoqilg‘i energetika kompleksi tarkibidagi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirishning innovatsion mahsulot va texnologik ishlanmalar kiritish asosida ishlab chiqarilgan iteratsion modeli va yoqilg‘i-energetika komleksi samaradorligining milliy yalpi ichki mahsulotga ta’siri bo‘lgan energetik infratuzilma indeksining (EAPI) uch subindeksdan atrof-muhit barqarorligi (environmental sustainability-ENSUS)ni ta’minlash maqsadida zararsizlantirishni minimallashtirish asosida ta’sir etish darajasini aniqlash mexanizmi «IGIRNIGM» AJning amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan («Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti» AJning 2018 yil 27 avgustdagi 281GA-4-1451-son ma’lumotnomasi). Korxonada ushbu takliflarni qo‘llash natijasida innovatsion salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy qo‘rsatkichlarini samarali rivojlantirishning maqsadli yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlash, innovatsion faoliyatni kuchaytirish jarayonlarini chuqurlashtirish va yoqilg‘i energetika kompleksi korxonalarining innovatsion salohiyatidan foydalanish samaradorligini 21%ga oshirgan;
«O‘zneftgazqazibchiqarish» AJga foydali qazilmalardan foydalanganlik uchun soliq undirish mexanizmini soliq yukini pasaytirish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («UzLITIneftgaz» AJning 2017 yil 25 oktyabrdagi 6-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni joriy qilish natijasida «O‘zbekneftgazqazibchiqarish» aksiyadorlik jamiyatining qo‘shimcha resurslarini innovatsion faoliyatni jadallashtirishga yo‘naltirilishi aksiyadorlik jamiyatiga 54,6 mlrd. so‘m samara bergan.