Ilyasov Baxtiyar Xabipnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “14-15 yoshli erkin usulda qisqa masofaga suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped3239.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Matnazarov Xayrulla Yuldashovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatbaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Zoitova Gulnoza Miryunusovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy mashqlar orqali 14-15 yoshdagi erkin usulda qisqa masofaga suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
14-15 yoshli erkin usulda qisqa masofaga suzuvchilarda suvdagi tananing gorizontal holatini tartibga solishga qaratilgan “Balans” mashqlarini qisqa masofada tezlikni oshiruvchi “Amartizator” mashqlariga yo‘naltiruvchi besh bosqichli “texnologik xarita”ni ishlab chiqish hisobiga qo‘llarning kuch imkoniyatini oyoq harakatlari biodinamikasiga moslashtirish uslubiyati takomillashtirilgan;
14-15 yoshli erkin usulda qisqa masofaga suzuvchilarning oyoq va qo‘l mushak kuchi chidamliligini oshirishda tezkorlik, koordinatsion va kuch sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan quruqlikdagi (yotgan holda 2 kg medicine ball to‘pini uzoqlikka otish, devorga mahkamlangan maxsus rezina arqonni tortish) va suvdagi (25 m masofaga maksimal tezlikda nafas olmasdan suzish, 50 m masofaga lopatka lasta yordamida yuqori tezlikda suzish, 100 m masofaga turli xil suzish usullarini almashtirib suzish) mashqlarni past, o‘rta va yuqori darajalar bo‘yicha me’yorlash hisobiga sportchilarning jismoniy tayyorgarligini baholash imkoniyati yaxshilangan;
14-15 yoshli erkin usulda qisqa masofaga suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uslubiyati texnik harakatlarga yuqori darajada ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘shimcha qarshilik va og‘irlik bilan suzish mashqlarini variativ shaklda mashg‘ulot sharoitida talab etiladigan murakkab reaksiya harakatlarini (suvda zigzag traektoriyasi bo‘yicha murakkab harakatlarni simulyasiya qilish) qo‘llash hisobiga takomillashtirilgan;
14-15 yoshli erkin usulda qisqa masofaga suzuvchilarning zo‘riqish, hissiy hayajon, stress, startdan oldingi hayajonlanish holatlarida mashg‘ulot yuklamalarini musobaqa oldidan joriy va oraliq nazoratiga muvofiqlashtiruvchi etti bosqichli “Mashqlar majmuasi”ni (suzish tezligi, harakatlar tezligi va suvni his qilish samaradorligini oshirish kabi) mashg‘ulotlarda qo‘llash hisobiga sportchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini saralash uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkin usulda qisqa masofaga suzuvchi 14-15 yoshli suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
14-15 yoshli erkin usulda qisqa masofaga suzuvchilarda suvdagi tananing gorizontal holatini tartibga solishga qaratilgan “Balans” mashqlarini qisqa masofada tezlikni oshiruvchi “Amartizator” mashqlariga yo‘naltiruvchi besh bosqichli “texnologik xarita”si “Júziw hám oní oqítíw metodikasí” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetiniń 2023-jil 21-oktyabrdegi 335 D/1-sanlı buyrıǵına tiykarlanıp 335 D/1-003 sanlı ruxsatnama). Natijada, suzuvchilarning texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 18 % ga yaxshilangan;
14-15 yoshli erkin usulda qisqa masofaga suzuvchilarning oyoq va qo‘l mushak kuchi chidamliligini oshirishda tezkorlik, koordinatsion va kuch sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan quruqlikdagi va suvdagi mashqlar majmuasi Nukus shahar Respublika suv sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi yosh suzuvchilarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (Qaraqalpaqstan Respublikasí Sport ministrligining 2024-yil 26-martdagi 01-09/1601-son ma’lumotnomasi). Natijada, suzuvchilarning oyoq va qo‘l mushak kuchi chidamkorligi 15,6 % ga oshishiga erishilgan;
14-15 yoshli erkin usulda qisqa masofaga suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uslubiyati texnik harakatlarga yuqori darajada ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘shimcha qarshilik va og‘irlik bilan suzish mashqlarini variativ shaklda qo‘llash uslubiyati “Júziw hám oní oqítíw metodikasí” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetiniń 2023-jil 21-oktyabrdegi 335 D/1 sanlı buyrıǵına tiykarlanıp 335 D/1-003-sanlı ruxsatnama). Natijada, suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 21% ga yaxshilangan;
14-15 yoshli erkin usulda qisqa masofaga suzuvchilarning mashg‘ulot yuklamalarini musobaqa oldidan joriy va oraliq nazoratiga muvofiqlashtiruvchi etti bosqichli mashqlar majmuasi Qoraqalpoǵiston Respublikasi Amudaryo tumani sport maktabining o‘quv mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan  (Qaraqalpaqstan Respublikasí Sport ministrligining 2024-yil 26-martdagi 01-09/1601-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh suzuvchilarda harakatlar tezligi va suvni his qilish samaradorligi 15% oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish