Abdullaeva Munojot Muxtorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimdagi tillarda gender munosabatlarni ifoda etuvchi maqollarning lisoniy tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.Fil11971.
Ilmiy rahbar: Ikromxonova Firuza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari  doktori, dotsent; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi gender munosabatli maqollarni lisoniy baholash orqali ularning umumiy va o‘ziga xos jihatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, rus va o‘zbek tillarida gender munosabatlarni ifoda etuvchi maqollarning struktural hamda semantik jihatlarini maqollarni yaratish va targ‘ib qilish jarayonida an’anaviy strukturaviy shakllar asosida chogishtirilayotgan tillarda baholanib, GMIEMlarning struktural ko‘rinishlari universal xususiyatga ega ekanligi, ayrim maqollarning struktural ko‘rinishlari muayyan bir tilga nisbatan unikal bo‘lishi dalillangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillarida gender munosabatlarni ifoda etuvchi maqollarning assimetrik hamda simmetrik xususiyatlarini ochib berish orqali gender lakunarligi hodisasining maqol matnida gender juftliklari bo‘lmagan, shu bilan birga maqolda genderni aniq ifoda etuvchi leksik birlik qatnashmagan nominatsiyalarning mavjudligi ularni gender lakunar birliklari sifatida tavsiflashga imkon berilish ochib berilgan;
ingliz, rus va o‘zbek tillari gender munosabatlarni ifoda etuvchi maqollarida qo‘llanilgan antroponimlarning etimologik xususiyatlarini ochib berish orqali gender munosabatlarini ifoda etuvchi maqollarning lingvokulturologik xususiyatlari uch tildagi xalqlarning  ijtimoiy rollari, qadriyatlari, oilaviy munosabatlari xalqning mental xususiyatlari, diniy dunyoqarashlari orqali aks ettirilishi ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda gender munosabatlarni ifoda etuvchi maqollarni tarjima qilishda maqollarning struktural, semantik, lingvokulturologik xususiyatlarini, turli tizimli tillarda voqelanishi, ularning umumiy va o‘ziga xos  jihatlarini yorqin namoyon etishda adaptatsiya (Creative Adaptation) hamda kultural ekvivalent (Cultural Equivalent) kabi tarjima usullaridan foydalanish samaradorligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, rus va o‘zbek tillarida gender munosabatini ifodalovchi maqollarning  chog‘ishtirma tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi gender munosabatlarini ifoda etuvchi maqollarda qo‘llanilgan antroponimlarning (inson nomlari) etimologik xususiyatlarini keng va batafsil yoritilishi hamda kompleks tahliliga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining №43 /3C-1 “Global Citizenship Education Training in Tashkent” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 1  dekabrdagi 01/713-son ma’lumotnomasi).  Natijada,  GMIEMlarning lisoniy kelib chiqish, turli xalqlarning madaniy va tarixiy jarayonlarini kuzatish, jamiyatdagi ma'rifat va ijtimoiy qadriyatlar haqida ma'lumot olish, turli mintaqalarga xos etnik va regional xususiyatlarni kuzatish kabi imkoniyatlarni yaratgan;
ingliz, rus va o‘zbek tillarida GMIEMlarning structural va semantik jihatlari tasniflangan, genderning  madaniy metafora sifatida aks etishi va gender streotiplari tasnifi tavsiflanganligi va chog‘ishtirilayotgan tillarda maqollarni tarjima qilishda semantik va funksional-stilistik mazmunni saqlashda muqobillar, analoglar, to‘liq ekvivalent, qisman ekvivalent, taʼriflovchi tarjima usullaridan foydalanish aniqlanib, dalillanganligi sababli berilgan ilmiy xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining loyiha va tadbirlari, jumladan, “Ona tilim -faxrim,g‘ururim!”, “ Til — millatning ma’naviy boyligi”, “Til —  millat ma’naviyatining muqaddas koʻzgusidir”,  “Qadring baland boʻlsin ona tilim!”, “Oʻzbek tili — milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli”, “Ona tilim — Onajonim tili bu” nomli loyihalari doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “O‘zbekiston” 2023 yil 27 yanvardagi 01-03/97-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayyorlangan dissertatsiya ilmiy natijalariga ko‘ra,  ingliz, rus va o‘zbek xalqlarining maqollarida yangidan shakllangan, insonning nutq faoliyatini o‘rganishga, ularning nutq aktidagi o‘rnini, kommunikativ ta’sirini, so‘zlovchi va tinglovchi nutqidagi turlicha munosabatlarni lisoniy belgilarda ifodalanishining o‘rganilishi xalqlarning maqollari tahlili orqali ochib bergan va sohalararo qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga olib kelgan;
ingliz, rus va o‘zbek tillarida GMIEMlarning assimetrik va simmetrik xususiyatlari ochib berishda, ularning tabiati, ular orqali voqealanuvchi makon, zamon, harakat kabi tushunchalarni o‘zida mujassam etgan universal hodisadir. Simmetriya gender munosabatli maqollarni sintaktik qurilishida muntazamlikni, gap qurilishini saqlab qoluvchi tamoyillarga asoslanganligini ”O‘zbekiston” teleradiokanali ko‘rsatuvlarning senariylarini tayyorlashda, xususan, “O‘zbekiston” teleradiokanali”da efirga uzatiladigan “Munosabat”, “Munozara maydoni” kabi koʼrsatuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining  2023  yil 8  fevraldagi 06-28-288-son ma’lumotnomasi). Natijada, assimetriya tamoyili bu muayyan bir jumla yoki gapni ataylab struktural ko‘rinishini buzilishi ekanligi, bunda SVO modelidagi gender komponetli maqollar turlicha SOV, OVS, OSV, VOS va VSO kabi modellar orqali ifoda etiladi. SOV modelidagi GMIEM esa SVO, OVS, OSV, VOS va VSO modellari orqali ifodalanishi. Chog‘ishtirilayotgan tillarda bunday assimetrik buzilish GMIEMning emotsionallik, ekspressivlik xususiyatlarini kuchaytirish  uchun qo‘llanilanilishi haqidagi xulosalarga olib kelgan;
GMIEMlarning lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etishda milliy va madaniy jihatlari qayd etilgan hamda maqollarda ularning ifoda etilishi va o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan bo‘limdan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining №43/3C-1 “Global Citizenship Education Training in Tashkent” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining  2022 yil 1  dekabrdagi 01/713-son ma’lumotnomasi).  Natijada,  ingliz, rus va o‘zbek maqollarining lingvokulturologik xususiyatlari va ularning tarjimadagi muammolari,  tahlil usullari va tamoyillari madaniyatlararo muloqot, tolerantlik va gender tengligi kabi tamoyillarni etkazib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish