Amonov Baxtiyor Umrzokovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nodir er va o‘tuvchi elementlar boratlarining yuqori haroratlardagi magnit xossalari», 01.04.09–Magnit hodisalari fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/FM73.
Ilmiy rahbar: Quvodinqov Obloqul Quvandiqovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.29.08.2017. FM.02.04.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Murodullo Tog‘aevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ramazanov Asror Xamroevich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nodir er va o‘tuvchi elementlar boratlari [GdFe3(BO3)4, ErFe3(BO3)4, DyFe3(BO3)4, YFe3(BO3)4, NdFe3(BO3)4 NdAl3(BO3)4, Nd0.65Y0.35Al3(BO3)4, GdAl3(BO3)4, Gd0.2Y0.8Al3(BO3)4, TbAl3(BO3)4, ErAl3(BO3)4 va HoAl3(BO3)4]magnit qabul qiluvchanligining haroratga bog‘lanishini uy haroratidan yuqori haroratlarda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nodir er elementlari asosidagi ferro- va alyuminoboratlarining paramagnit holatdagi magnit qabul qiluvchanligi yuqori 293-1123 K harorat oralig‘ida ilk bor eksperimental aniqlangan;
tekshirilgan boratlarning eksperimental χ-1(T) qiymatlaridan foydalanib, Kyuri-Veyss doimiysi (S), paramagnit Kyuri harorati (ϴr); kimyoviy formula birligiga to‘g‘ri keluvchi magnit momenti (μf) va namunada bitta magnitofaol element atomiga to‘g‘ri keladigan effektiv magnit momentini (μeff) hisoblash orqali, boratlarda almashinuv o‘zaro ta’sir magnitfaol ionlar tomonidan amalga oshishi aniqlangan;
nodir er elementli ferro- va alyuminoboratlarning past haroratlarda magnitoelektrik xossaga va yuqori haroratlarda polimorf (strukturaviy) o‘tishlarga ega bo‘lishi eksperimental aniqlangan;
ilk bor NdAl3(BO3)4 va GdAl3(BO3)4 birikmalaridagi Nd va Gd elementlarining atom ulushlarining ittriy atomlari bilan (Nd0.65Y0.35) va (Gd0.2Y0.8) stexiometrik nisbatda o‘zgartirilishi, shu birikmalarning har bir polimorf fazasida magnit momentlarining kamayishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nodir er elementlari asosidagi ferro- va alyuminoborat {RM3(BO3)4 (bu erda R=Dy, Gd, Er, Nd, Y, M=Fe yoki Al)} kristallarining paramagnit holatida magnit xossasini o‘rganish asosida:
nodir er elementlari asosidagi ferro- va alyuminoboratlarning paramagnit holatida magnit qabul qiluvchanligining haroratga bog‘liqligi natijalari 12-05-00912 raqamli «Novie mikrorazmernie minerali redkozemel`nix boratov kak prototipi sinteticheskix monokristallov», 13-05-90450 raqamli «Sintez i issledovanie mexanizmov vzaimodeystviya sentrov lyuminessensii v kristallax boratov», 18-05-01085 raqamli «Sintez i izuchenie strukturnix i morfologicheskix osobennostey redkozemel`nix boratov kak strukturnix analogov prirodnix mineralov» loyihalarida polimorf fazaviy o‘tishlarni tahlil qilishda qo‘llanilgan (Moskva davlat universitetining 2018 yil 19 apreldagi 115-18/107-03-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi bortlarning kristall va magnit tuzilishini tushuntirish imkonini bergan;
nodir er ferro- va ayuminoboratlarining paramagnit qabul qiluvchanligining haroratga bog‘liqligi hamda nodir er ferro- va ayuminoboratlarining paramagnit xossalari YoF-2-1 raqamli «Orientatsiyaviy o‘zaro ta’sirni inobatga olgan holda ferrit-granatlardagi fazaviy o‘tishlar va magnitooptik xususiyatlarni tadqiq etish» loyihasida ferrit-granat kristallardagi magnitooptik effektlarning haroratga bog‘liqligini tahlil qilishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10 maydagi 89-03-1784-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi kuchsiz ferromagnetiklarda fot sezgirlik modeli masalalarini tushuntirish imkonini bergan.