Ollaberganova Aziza Matyokubovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yog‘larni gidrogenlashda ishlatilgan katalizatorni samarali qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4612.
Ilmiy rahbar: Yunusov Obidjon Qodirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Suvanova Fayoza Usmonovna, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiton kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yog‘larni gidrogenlashda ishlatilgan nikelli katalizatorlarni yog‘sizlantirish va regeneratsiyalash texnologiyalarini takomillashtirish hamda qayta tiklangan katalizator ishtirokida paxta moyini gidrogenlash jarayonini jadallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yog‘larni gidrogenlashda ishlatilgan katalizatorning tarkibi gidrogenlash texnologiyasi va qo‘llanilgan fil`trlovchi qo‘shimchalarga bog‘liqligi asoslangan;
ul`tratovush yordamida ishlatilgan katalizatorlarni yog‘sizlantirilganda jarayon davomiyligining 1,5-1,8 martagacha qichqarishi isbotlangan;
ishlatilgan katalizatorni yog‘sizlantirish va metallarni ajratib olishda qo‘llaniladigan kalsinirlangan soda va sul`fat kislotaning optimal miqdorlari aniqlangan;
regeneratsiyalangan katalizatorlarning aktivlik va barqarorlik kabi xususiyatlariga moyning sifati va jarayon harorati asosiy ta’sir etuvchi omillar ekanligi isbotlangan;
yog‘larni gidrogenlashda ishlatilgan nikelli katalizatorlarni yog‘sizlantirish va regeneratsiyalash texnologiyasi takomillashtirilib, xossalari qayta tiklangan katalizator ishtirokida paxta moyini gidrogenlash jarayonini jadallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yog‘-moy korxonalarida ishlatilgan nikelli katalizatorlardan yog‘ va metallarni ajratib olish, hamda regeneratsiyalangan katalizator ishtirokida salomas olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yog‘larni gidrogenlashda ishlatilgan katalizatorni yog‘sizlantirish va regeneratsiyalash texnologiyasi “Urganch yog‘-moy” AJda ishlab chiqarish amaliyotga joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining 2024 yil 27 maydagi KS/3-168-son ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘larni gidrogenlashda ishlatilgan dispers katalizatorni yog‘sizlantirish jarayonida ul`tratovush ta’siridan foydalanish jarayon davomiyligini 2 barobarga qisqartirib, energiya va resurslar sarfini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan;
regeneratsiyalangan dispers katalizator ishtirokida o‘simlik moylarini gidrogenlash texnologiyasi “Urganch yog‘-moy” AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining 2024 yil 27 maydagi KS/3-168-son ma’lumotnomasi). Natijada, regeneratsiyalangan nikelli katalizatorda paxta moyini gidrogenlashda adsorbentdan foydalanish jarayon davomiyligini moy sifatiga qarab 1,04-1,22 barobarga qisqarish imkonini bergan

Yangiliklarga obuna bo‘lish