Shoev Alim Xalmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida inkluziv ta’limni rivojlantirishda ijtimoiy marketing vositalaridan foydalanish”, 08.00.11-“Marketing”, 08.00.05-“Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1383.
Ilmiy rahbari: Adilova Zulfiya Djavdatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Aslanova Dilbar Xasanovna, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishda ijtimoiy marketing vositalarini keng qo‘llash borasida ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “inklyuziv oliy ta’lim” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim olishdan barcha talabalarning jismoniy, aqliy, ijtimoiy yoki madaniy xususiyatlaridan qat’iy nazar, bilim olishi va ta’lim jarayonida ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni ta’minlashda ozchilik toifalari doirasida maqsadli guruhlarning yangi kichik toifalarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv oliy ta’limni ijtimoiy marketing vositalari bilan to‘ldirish asosida shakllantirilgan ijtimoiy marketingni rejalashtirishning baholash (IMB), dizayn (IMD), bajarish (IMBJ), tavsiflash va o‘rganish (IMT) asosiy bosqichlari o‘rtasidagi maqbul nisbatlarni (IMB q 0,31; IMD q 0,17; IMBJ q 0,33; IMT q 0,19) belgilash orqali ijtimoiy marketing vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish asoslangan;
klasterlashtirishga asoslangan inklyuziv oliy ta’lim modeliga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi inklyuziv ta’lim muhitining funksional tuzilmasi tarkibini imkoniyati cheklangan talabalarni qo‘llab-quvvatlash markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan talabalar sonining hududdagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga hujjat topshirishiga ta’sir qiluvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni rivojlantirishda ijtimoiy marketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “inklyuziv oliy ta’lim” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ta’lim olishdan barcha talabalarning jismoniy, aqliy, ijtimoiy yoki madaniy xususiyatlaridan qat’i nazar, bilim olishi va ta’lim jarayonida ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni ta’minlashda ozchilik toifalari doirasida maqsadli guruhlarning yangi kichik toifalarini kiritish asosida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022 yil 09 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda bilim olishi va ta’lim jarayonida ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni ta’minlashda ozchilik toifalari doirasida maqsadli guruhlarning yangi kichik toifalarini kiritish asosida takomillashtirilgan “inklyuziv oliy ta’lim” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 22 avgustdagi 01/00-03/10-8548-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Resrublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024 yil 23 avgustdagi 02/01-01-70 sonli ma’lumotnomasi);
inklyuziv oliy ta’limni ijtimoiy marketing vositalari bilan to‘ldirish asosida shakllantirilgan ijtimoiy marketingni rejalashtirishning baholash (IMB), dizayn (IMD), bajarish (IMBJ), tavsiflash va o‘rganish (IMT) asosiy bosqichlari o‘rtasidagi maqbul nisbatlarni (IMB q 0,31; IMD q 0,17; IMBJ q 0,33; IMT q 0,19) belgilash orqali ijtimoiy marketing vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 iyundagi 341-son “Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 22 avgustdagi 01/00-03/10-8548-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Resrublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024 yil 23 avgustdagi 02/01-01-70 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ta’lim xizmatlari bozorining ijtimoiylashuvi orqali ijtimoiy marketing vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
klasterlashtirishga asoslangan inklyuziv oliy ta’lim modeliga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi inklyuziv ta’lim muhitining funksional tuzilmasi tarkibini imkoniyati cheklangan talabalarni qo‘llab-quvvatlash markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi PF-82-son “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 22 avgustdagi 01/00-03/10-8548-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Resrublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024 yil 23 avgustdagi 02/01-01-70 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasasi inklyuziv ta’lim muhitining funksional tuzilmasi tarkibida imkoniyati cheklangan talabalarni qo‘llab-quvvatlash markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni yanada rivojlantirish imkoni yaratilgan;
Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan talabalar sonining hududdagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga hujjat topshirishiga ta’sir qiluvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi F-60-son “2022-2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 22 avgustdagi 01/00-03/10-8548-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Resrublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024 yil 23 avgustdagi 02/01-01-70 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan talabalar sonining hududdagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga hujjat topshirishi bilan bog‘liq uzoq muddatli istiqboldagi asosiy faoliyat parametrlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.