Turdibekov Yusuf Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Avtotransport vositalarini baholash xizmatlari va ularda qo‘llaniladigan usullarini takomillashtirish», 08.00.05. - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.           
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3047
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Qulmamat Jonuzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliqulov Abdumo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtotransport vositalarini baholash xizmatlari va ularda qo‘llaniladigan usullarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtotransport vositalarini baholash xizmatlari tushunchasi tanlangan qiymat turiga muvofiq ularining bozor (yoki boshqa) qiymatini aniqlashga koʼra yondashilib, avtotransport vositalarining tasniflanishi ularning uzunligi, yuk xususiyatlari va qo‘llanilish sohasini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
xarajat va daromadga ko‘ra avtotransport vositalari qiymatlarining yakuniy qiymatda muvofiqlashtirilishi va har bir baholash yondashuvining vazn ulushi bo‘yicha baholanishiga ko‘ra baholash obʼektining yakuniy bozor qiymatini aniqlash taklif qilinib, baholovchi va isteʼmolchiga asoslangan dasturiy ta’minoti taklif etilgan;
avtotransport vositalarini xarajat, qiyosiy va daromad yondashuvlari bo‘yicha baholash uslubiyati baholashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqliklarni bartaraf etishda daromadni kapitallashtirish, pul oqimlarini diskontlash, baholash natijalarini muvofiqlashtirish va yakuniy bozor qiymatini aniqlashtirish kabilarga ko‘ra takomillshatirilgan;
avtotransport vositalarining bozor qiymatiga omillarning ta’sirini aniqlashga yondashuv Samarqand viloyati avtobozori bo‘yicha milliy Cobalt rusumli avtomobilning bozor qiymati va hayotiy sikli o‘rtasidagi ko‘p o‘lchovli o‘zaro bog‘liqligiga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
avtotransport vositalarini baholash xizmatlari tushunchasi tanlangan qiymat turiga muvofiq ularining bozor (yoki boshqa) qiymatini aniqlashga ko‘ra yondashilib, avtotransport vositalarining tasniflanishi ularning uzunligi, yuk xususiyatlari va qo‘llanilish sohasini e’tiborga olgan holda takomillashtirishga oid taklif baholash xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 2-sentyabrdagi 4/8127-son ma’lumotnomasi). Taklif avtotransport vositalarini baholash xizmatlarining sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini uslubiy jihatdan kengaytirilishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xarajat va daromadga ko‘ra avtotransport vositalari qiymatlarining yakuniy qiymatda muvofiqlashtirlishi va har bir baholash yondashuvining vazn ulushi bo‘yicha baholanishiga ko‘ra baholash obʼektining yakuniy bozor qiymatini aniqlash taklif qilinib, baholovchi va isteʼmolchiga asoslangan dasturiy ta’minoti baholovchi tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 2-sentyabrdagi 4/8127-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif baholash xizmatlarining mehnat sig‘imini 60-70 foizga qisqarishga va xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromadlarni 10-15 foizga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
avtotransport vositalarini xarajat, qiyosiy va daromad yondashuvlari bo‘yicha baholash uslubiyati, jumladan baholashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqliklarni bartaraf etishda daromadni kapitallashtirish, pul oqimlarini diskontlash, baholash natijalarini muvofiqlashtirish va yakuniy bozor qiymatini aniqlashtirish bo‘yicha taklif baholovchi tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 2-sentyabrdagi 4/8127-son ma’lumotnomasi). Taklif baholovchi tashkilotlarda avtotransport vositalarini baholash xizmatlarini ko‘rsatishning yagona uslubiyati amal qila boshlagan va baholash jarayonidagi noaniqliklarning kamayishi va baholash natijalarining haqqoniylik darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
avtotransport vositalarining bozor qiymatiga omillarning ta’sirini aniqlashga yondashuv Samarqand viloyati avtobozori bo‘yicha milliy Cobalt rusumli avtomobilning bozor qiymati va hayotiy sikli o‘rtasidagi ko‘p o‘lchovli o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha takomillashtirish taklifi baholash xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 2-sentyabrdagi 4/8127-son ma’lumotnomasi). Taklif baholash xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarga mavjud qiymatga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’sir darajasini inobatga olgan holda ma’lum turdagi avtotransport vositasining qiymatini aniqlashning uslubiy asolarini muayyan darajada kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish