Rajabova Dilnoza Yarashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Buxoro amirligidagi diniy konfessiyalar tarixi”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1447
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07
Ilmiy rahbar: Jamolova Dilnoza Muyiddinovna, tarix fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Shukrullaev Yunus Asrorovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi konfessiyalar tarixini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro amirligi hududida musulmon bo‘lmagan diniy-konfessiya vakillarining savdo-sotiq, sudxo‘rlik, mardikorlik, turli ekspedisiyalarda ishtirok etish, ayg‘oqchilik, ta’lim olish kabi omillardan sabab kirib kelganligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida  Buxoro amirligida hukmron islom diniy konfessiyasidan tashqari hindlar, nasroniylar, yahudiylar diniy-konfessiyalariga mansub aholi ijtimoiy qatlam (strat)larining mavjudligi, ularning karvonsaroy, ibodatxonalari (masjid, sinagog, cherkov) ham mavjud bo‘lib, alohida mahallalarda istiqomat qilganligi, milliy va diniy urf-odatlarini bajarishlariga imkoniyat yaratganligi aniqlashtirilgan;
Buxoro amirligida davlatni boshqarish islom mafkurasi asosida amalga oshirilishiga qaramay, amirlar (Amir Muzaffarxon, Amir Abdulahadxon, Amir Olimxon)ning diniy-milliy urf-odatlarni bajarilishiga davlat siyosati manfaatidan kelib chiqib mone’lik qilmaganliklari ochib berilgan;
Islom diniy-konfessiyasidan tashqari boshqa oz sonli diniy-konfessiyalarning vakillariga ayrim (kiyinish, qurilish, shahar maydonlarida doimiy erkin yurish, maishiy hayotda) cheklashlar mavjud bo‘lganligi, biroq ularning xorij ta’balari sifatida joni, mol-mulki hukumat tomonidan himoya qilinganligi dalillangan;
Buxoro amirligida islom diniy-konfessiyasining sunniy yo‘nalishiga e’tiqod qilinishi tufayli amirlikda oz bo‘lmagan islomning shia yo‘nalishidagi forslar uchun Buxoroda madrasa ta’limi cheklanganligi, biroq ushbu mazhab vakillarining amirlik ijtimoiy, madaniy, adabiy-ilmiy hayotida sezilarli ishtirok qilgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Buxoro amirligidagi konfessiyalar tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida  Buxoro amirligida hukmron islom diniy konfessiyasidan tashqari hindlar, nasroniylar, yahudiylar diniy-konfessiyalariga mansub aholi ijtimoiy qatlam(strat)larining mavjudligi, ularning karvonsaroy, ibodatxonalari (masjid, sinagog, cherkov) ham mavjud bo‘lganligi, alohida mahallalarda istiqomat qilganligi, milliy va diniy urf-odatlarini bajarishlariga imkoniyat yaratganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati televideniyasining  “Assalom Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Zamondosh” teleko‘rsatuvlarida (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi BuxoroMTRK ning 19.08.2022 yildagi 1/99 raqamli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada ajdodlarimiz tarixini chuqur bilishga  undash, yoshlar faoliyati va dunyoqarashining o‘zgarishiga, yoshlar intellektual salohiyatini shakllantirishda o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik kabi yuksak insoniy qadriyatlarning ma’naviy-ma’rifiy mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan.
Buxoro amirligida davlatni boshqarish islom mafkurasi asosida amalga oshirilishiga qaramay, amirlar (Amir Muzaffarxon, Amir Abdulahadxon, Amir Olimxon) ning diniy-milliy urf-odatlarni bajarilishiga davlat siyosati manfaatidan kelib chiqib mone’lik qilmaganliklari, Buxoro amirligida islom diniy-konfessiyasining sunniy yo‘nalishiga e’tiqod qilinishi tufayli amirlikda oz bo‘lmagan islomning shia yo‘nalishidagi forslar uchun Buxoroda madrasa ta’limi cheklanganligi, biroq ushbu mazhab vakillarining amirlik ijtimoiy, madaniy, adabiy-ilmiy hayotida sezilarli ishtirok qilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi fondi va bo‘limlari yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 19.04.2022 yildagi 01-01/1024 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada amirlikdagi diniy konfessiyalar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyati paydo bo‘lgan.
Buxoro amirligi hududida musulmon bo‘lmagan diniy-konfessiya vakillarining savdo-sotiq, sudxo‘rlik, mardikorlik, turli ekspedisiyalarda ishtirok etish, ayg‘oqchilik, ta’lim olish, soliq zulmi kabi omillardan qochish singari turli sabablar orqali kirib kelganligi tarixiy dalillar asosida yoritilgan ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarining tashkil etilishida (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 02.11.2023 yildagi 14-07-2399 raqamli ma’lumotnomasi) samarali foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish