Xashimova Sayyora Xolmuradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imkoniyati cheklangan o‘smirlarda emotsional zo‘riqishlar namoyon bo‘lishining psixologik determinantlari”, 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P774.
Ilmiy rahbar: Beknazarova Lola Sadinovna, psixologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ismatova Dilafruz Tuymuratovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi imkoniyati cheklangan o‘smirlarda emotsional zo‘riqishlar namoyon bo‘lishining psixologik determinantlarini aniqlash hamda korreksiyalash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
imkoniyati cheklangan o‘smirlarning emotsional zo‘riqishlari ta’lim jarayonidagi munosabatlarda ko‘zi ojizlarga qaraganda eshitishda nuqsoni bor bolalar ko‘proq xavotirlanishni namoyon qilganligi asabiylik, qo‘zg‘aluvchanlikka olib kelganligi, ta’limiy axborotlarni idrok qilishdagi qiyinchiliklarni kuchaytirganligi tufayli o‘quv faoliyatidagi omillar bilan determinatsiyalashganligi asoslangan;
imkoniyati cheklangan o‘smirlarning o‘quv faoliyati jarayoniga oson moslasha olishi, berilgan topshiriqlarni tezkorlik bilan bajarishi, murakkab vaziyatlarda mustahkam irodani shakllantira olishining ularda shakllangan axloqiy mezonlar bilan bevosita bog‘liqligi asoslangan;
imkoniyati cheklangan o‘smirlardagi emotsional zo‘riqishlarni namoyon bo‘lishi shaxsdagi xavotirlanish regressiya, autoagressiya siqib chiqarish ta’sirida pasayganligi jismoniy nuqson bilan bog‘liq pessimistik kayfiyatni kamayishiga olib kelishiga asoslanib, o‘quvchilardagi “kompensatsiya” psixologik himoya mexanizmining faollashuvi bilan uyg‘un kechishi isbotlangan;
imkoniyati cheklangan o‘smirlardagi emotsional zo‘riqishlarning namoyon bo‘lishida o‘z-o‘zini idora qilish xavotirlanish, o‘zini qadrlash, o‘zini qabul qilish autoagressiya, samimiylik o‘zini chetga olish bilan teskari bog‘lanishlarga ega bo‘lganligi tufayli shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabati ustuvor determinant ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Imkoniyati cheklangan o‘smirlarda emotsional zo‘riqishlar namoyon bo‘lishining psixologik determinantlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
imkoniyati cheklangan o‘smirlarning emotsional zo‘riqishlari ta’lim jarayonidagi munosabatlarda ko‘zi ojizlarga qaraganda eshitishda nuqsoni bor bolalar ko‘proq xavotirlanishni namoyon qilganligi asabiylik, qo‘zg‘aluvchanlikka olib kelganligi, ta’limiy axborotlarni idrok qilishdagi qiyinchiliklarni kuchaytirganligi tufayli o‘quv faoliyatidagi omillar bilan determinatsiyalashganligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-169-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-169-a son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan o‘smirlarning emotsional zo‘riqishlarini o‘quv faoliyatidagi omillar bilan bog‘liq jihatlari tadqiq etilgan;
imkoniyati cheklangan o‘smirlarning o‘quv faoliyati jarayoniga oson moslasha olishi, berilgan topshiriqlarni tezkorlik bilan bajarishi, murakkab vaziyatlarda mustahkam irodani shakllantira olishining ularda shakllangan axloqiy mezonlar bilan bevosita bog‘liqligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-169-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-169-a son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan o‘smirlarda emotsional zo‘riqishlar namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik xususiyatlari tahlil etilgan;
imkoniyati cheklangan o‘smirlardagi emotsional zo‘riqishlarni namoyon bo‘lishi shaxsdagi xavotirlanish regressiya, autoagressiya siqib chiqarish ta’sirida pasayganligi jismoniy nuqson bilan bog‘liq pessimistik kayfiyatni kamayishiga olib kelishiga asoslanib, o‘quvchilardagi “kompensatsiya” psixologik himoya mexanizmining faollashuvi bilan uyg‘un kechishi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-169-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-169-a son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan o‘smirlardagi emotsional zo‘riqishlarning psixologik himoya mexanizmlari bilan bog‘liq jathatlari tadqiq qilingan;
imkoniyati cheklangan o‘smirlardagi emotsional zo‘riqishlarning namoyon bo‘lishida o‘z-o‘zini idora qilish xavotirlanish, o‘zini qadrlash, o‘zini qabul qilish autoagressiya, samimiylik o‘zini chetga olish bilan teskari bog‘lanishlarga ega bo‘lganligi tufayli shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabati ustuvor determinant ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-169-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-169-a son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan o‘smirlardagi emotsional zo‘riqishlarning namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi psixologik determinantlari aniqlangan.