Babajanova Dinara Islamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Surrogat onalik bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish istiqbollari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Yu240.
Ilmiy maslahatchi: Saidov Akmal Xolmatovich, akademik, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Bozorov Sardor Soxibjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Babakulov Zafar Qurbonazarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Abdurahmonova Xosiyatxon Baxtiyorjon qizi, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy va xalqaro qonunchilikda surrogat onalikni huquqiy tartibga solishning nazariy va amaliy muammolarini har tomonlama tahlil qilish, o‘rganilayotgan sohadagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolar xavfsiz va samarali reproduktiv texnologiyalardan foydalangan holda o‘z farzandlarining tug‘ilishi xususida mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish va yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish kabi reproduktiv huquqlari asoslantirilgan;
yordamchi reproduktiv texnologiyalar urug‘lantirishning ayrim yoki barcha bosqichlari ayolning organizmidan tashqarida amalga oshiriladigan homiladorlikka erishishga qaratilgan tibbiy texnologiyalar, davolash usullari va muolajalaridan iboratligi asoslantirilgan;
ekstrakorporal urug‘lantirish (bundan buyon matnda EKU deb yuritiladi) usuli bepushtlikka echim topish maqsadida ona organizmidan tashqarida sun’iy sharoitlarda tuxumhujayrani urug‘lantirish orqali amalga oshirilishi asoslantirilgan;
bepushtlik sababi aniqlangan bemor ayollarda konservativ va jarrohlik davolash o‘tkazilgandan so‘ng 9 – 12 oy davomida homiladorlik kuzatilmasa va EKU usullarisiz homilador bo‘lish imkoni bo‘lmasa, EKU usulini qo‘llash mumkinligi asoslantirilgan;
ikki marotaba o‘tkazilgan sun’iy urug‘lantirish usuli samara bermagan taqdirda, yordamchi reproduktiv texnologiyalarning boshqa usullari qo‘llanilishi asoslantirilgan;
sun’iy urug‘lantirish usuli tabiiy siklda va O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan dori vositalari yordamida superovulyasiya stimulyasiyasida amalga oshirilgan hollarda qo‘llanilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
fuqarolar xavfsiz va samarali reproduktiv texnologiyalardan foydalangan holda o‘z farzandlarining tug‘ilishi xususida mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish va yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish kabi reproduktiv huquqlari to‘g‘risidagi taklifdan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi ikkinchi va ettinchi xatboshilarni shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 9-avgustdagi 52-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi fuqarolar foydalanishi mumkin bo‘lgan reproduktiv huquqlar doirasini aniqlashga yordam bergan;
yordamchi reproduktiv texnologiyalar urug‘lantirishning ayrim yoki barcha bosqichlari ayolning organizmidan tashqarida amalga oshiriladigan homiladorlikka erishishga qaratilgan tibbiy texnologiyalar, davolash usullari va muolajalaridan iboratligi to‘g‘risidagi taklifdan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasi birinchi qismini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 9-avgustdagi 52-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi yordamchi reproduktiv texnologiyalar imkoniyatlarini kengaytirishga, ayol organizmidan tashqarida urug‘lantirish imkoniyatini aniqlashga xizmat qilgan;
ekstrakorporal urug‘lantirish (bundan buyon matnda EKU deb yuritiladi) usuli bepushtlikka echim topish maqsadida ona organizmidan tashqarida sun’iy sharoitlarda tuxumhujayrani urug‘lantirish orqali amalga oshirilshi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 6-fevraldagi “Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 3217-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 18-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 3-yanvardagi 31-1-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning kiritilishi in vitro urug‘lantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish choralarini qonunchilik darajasida mustahkamlashga imkon bergan;
bepushtlik sababi aniqlangan bemor ayollarda konservativ va jarrohlik davolash o‘tkazilgandan so‘ng 9 – 12 oy davomida homiladorlik kuzatilmasa va EKU usullarisiz homilador bo‘lish imkoni bo‘lmasa EKU usulini qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 6-fevraldagi “Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 3217-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 19-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 3-yanvardagi 31-1-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirish faqat qat’iy belgilangan shartlar mavjud bo‘lganda ekstrakorporal urug‘lantirishdan foydalanish tartiblarini o‘rnatishga yordam bergan;
ikki marotaba o‘tkazilgan sun’iy urug‘lantirish usuli samara bermagan taqdirda, yordamchi reproduktiv texnologiyalarning boshqa usullari qo‘llanilishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 6-fevraldagi “Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 3217-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 27-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 3-yanvardagi 31-1-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi sun’iy urug‘lantirishdan foydalanish sonini cheklashga, ya’ni birinchisi samarasiz bo‘lsa, boshqa usulni tanlash zarurligini o‘rnatishga xizmat qilgan;
sun’iy urug‘lantirish usuli tabiiy siklda va O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan dori vositalari yordamida superovulyasiya stimulyasiyasida amalga oshirilgan hollarda qo‘llanilishi to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 6-fevraldagi “Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 3217-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 29-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 3-yanvardagi 31-1-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi tabiiy ovulyasiya paytida sun’iy urug‘lantirishdan foydalanish shartlarini aniqlashtirish va O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan tibbiy preparatlar bilan superovulyasiyani rag‘batlantirishga yordam bergan.