Nazarova Gavxar Rinat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston zamonaviy hujjatli kinosining rivojlanish tendensiyalari evolyusiyasi”, 17.00.03 – Kino san’ati. Televidenie (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/San.127.
Ilmiy rahbar: To‘laxo‘jaeva Muxabbat Turobovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01 (Bir martalik kengash).
Rasmiy opponentlar: Qoraboev Usmon Hosilovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Ismoilov Anvar Xamdamovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek hujjatli kinosining shakllanishi va rivojlanishining asosiy tendensiyalari evolyusiyasini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hujjatli kinoda badiiy filmlarga xos tomoshaviylik xususiyatiga tomoshabinlarning keng auditoriyasi e’tiborini jalb qilish maqsadida e’tibor kuchaygani natijasida ilmiy-ommabop, o‘quv-ma’rifiy, kinokuzatuv kabi janrlarning cheklanishi kuzatilgani isbotlangan;
hujjatli filmlarda obraz yaratishda aktyorlar ishtiroki, ramziy-metaforik topilmalar, rekonstruksiya usulidagi ifoda vositalari qo‘llanilishi natijasida o‘zbek hujjatli kinosida badiiy poetik kino elementlari shakllangani aniqlangan;
hujjatli kinoda arxiv va ikonografik materiallar, animatsiya, kinokuzatuv, infografika, kadr orti matni kabi usul va vositalar qorishiq tarzda qo‘llanilishi natijasida filmlarning badiiy va kompozision echimida eklektik yondashuv yuzaga kelgani asoslangan;
o‘zbek hujjatli kinosi taraqqiyoti davrlashtirilib, hujjatli kinoning ilk kinoxronikal kadrlar sifatidagi ahamiyati shakllangani (1920-1930 yy.), hujjatli filmlarda respublikada yuz bergan voqeliklar aks etgan tarixiy va dolzarb mavzulardagi asarlar yaratish tendensiyasi yuzaga kelgani (1930-1970 yy.), yangicha televizion prinsiplar joriy etilib, janr-tematik xususiyatlar o‘zgargani (1980-1990 yy.), janrlar qorishuvi yuzaga kelgani, zamonaviy texnologiyalar joriy etilgani (2000-2016 yy.) bilan bog‘liq bosqichlar kuzatilgani asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar asosida:
badiiy obraz yaratishda aktyorlar ishtiroki va rekonstruksiya usulidagi ifoda vositalari qo‘llanilishi natijasida o‘zbek hujjatli kinosida badiiy kino elementlari shakllangani aniqlangani va hujjatli kinoda arxiv va ikonografik materiallar, kompyuter animatsiyasi, infografika kabi usul va vositalardan foydalana boshlangani bois dramaturgik asosdagi ma’lumotlarni tez, aniq va badiiy obrazli tarzda etkazish imkoni yuzaga kelgani asoslangani bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasinig 254-bandiga asosan “O‘zbekiston Respublikasida kinematografiya san’atini yanda rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi belgilangan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-yil 23-oktyabrdagi 02-11-16-2907-son ma’lumotnomasi). Natijada soha bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning hujjatli kino san’atining paydo bo‘lishi, zamonaviy jarayon, kinohujjatchilar ijodi hamda zamonaviy texnologiyalar asosida film yaratishga doir tushuncha va tasavvurlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
o‘zbek hujjatli kinosi taraqqiyoti davrlashtirilib, birinchi – 1920-1930-yillarda hujjatli kinoning ilk kinoxronikal kadrlar sifatidagi ahamiyati shakllangani, ikkinchi – 1960-1970 yillarda hujjatli filmlarda respublikada yuz bergan voqeliklar, xususan, kanallar, yirik zavodlar qurilishi aks etgani, uchinchi – tarixiy va dolzarb mavzularda asarlar yaratish tendensiyasi yuzaga kelgani, to‘rtinchi – 1980-1990 yillar boshida yangicha televizion prinsiplar joriy etilib, janr-tematik xususiyatlar o‘zgargani, beshinchi – 2000-2016 yillarda janrlar qorishuvi yuzaga kelgani, badiiy film elementlaridan foydalanishga e’tibor kuchaygani, oltinchi – zamonaviy texnologiyalar joriy etilgani bilan bog‘liq bosqichlar kuzatilgani asoslangani bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonida belgilangan kino san’atini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining 2024-yil 29-fevraldagi 01-05/01-443-son ma’lumotnomasi). Natijada sohaga qiziquvchilar uchun o‘zbek hujjatli filmlarining rivojlanish jarayoniga doir ma’lumotlardan xabardor bo‘lish va o‘zbek hujjatli kinosiga oid tasavvurlarini kengaytirishga imkon yaratilgan;
hujjatli kinoda tomoshaviylik xususiyatiga e’tibor kuchaygani natijasida ilmiy-ommabop, o‘quv-ma’rifiy, kino-kuzatuv kabi janrlarning cheklanishi kuzatilgani isbotlangani bilan bog‘liq takliflardan va o‘zbek hujjatli kinosining namunalari “Donish daraxti” (rejissyor M.Qoraboev), “Islomxo‘ja: Islohotchi vazir fojiasi” badiiy-publisistik filmi (rejissyor J.Ahmedov) asosida berilgan xulosalardan “Kinoteatr” telekanalining “O‘zimizning kino” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Kinoteatr” telekanalining 2024-yil 18-martdagi 03-14-63 son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlar o‘zbek hujjatli kinosida yaratilgan filmlarning ijodkorlari, mavzu, janr, obraz, uslub, texnologiyalari hamda tarixiy manbalar va hujjatli filmlar tarixiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati yaratilgan.