Murodov Xasan Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuchlanishni muvozanatlash orqali elektr stansiyalar akkumulyatorlar bloki energiya samaradorligini oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T2300.
Ilmiy rahbar: Qarshibaev Asqarbek Ilashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar:
Xudayarov Muzaffar Burxanovich – texnika fanlari doktori, professor.
Shavazov Abdulatif Achilovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuchlanishni muvozanatlash orqali elektr stansiyalardagi akkumulyatorlar blokining energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zaryadlovchi-to‘g‘rilagich moslamalarning tashqi muhit harorati, eksponensial doimiysi, qutblanish koeffisienti hamda ichki qarshilik parametrlarini inobatga oluvchi boshqarish va nazorat qilish tizimining matematik modeli chiziqli approksimatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
zaryadlovchi-to‘g‘rilagich moslamalari elementlarining kuchlanish, tok va harorat ko‘rsatgichlari asosida tuzilgan funksional sxema hamda uning algoritmi hisobiga kuchlanishni muvozanatli zaryadlash tizimi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan kuchlanishni muvozanatlovchi qurilma asosida akkumulyatorlar batareya elementlarini zaryadlash sig‘imlari, ichki qarshiliklari va qutblanish koeffisientlari qiymatlarini aniqlash asoslangan;
akkumulyator batareyalarni zaryadlash jarayonida hosil bo‘ladigan qutblanish doimiysi, zaryadlash toki, eksponensial kuchlanishi va sig‘imining qiymatlarini rostlash hisobiga kuchlanishni muvozanatli zaryadlash tizimining energiya samaradorligini oshirish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kuchlanishni muvozanatlash orqali elektr stansiyalar akkumulyatorlar bloki energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Akkumlyator batareyalarini muvozanatli zaryadlash usuli Navoiy issiqlik elektr stansiyasi AJda joriy etilgan («Issiqlik elektr stansiyalari» AJning 2024 yil 15 yanvardagi 02-04-15/45-son ma’lumotnomasi). Natijada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 84 370 000 (sakson to‘rt million uch yuz etmish ming) so‘mni tashkil etgan;
zaryadlovchi-to‘g‘rilagich moslamalari elementlarining kuchlanish, tok va harorat ko‘rsatgichlari asosida boshqarish va nazorat qilish tizimining funksional sxemasi hamda algoritmi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi AJda joriy etilgan («Issiqlik elektr stansiyalari» AJning 2024 yil 15 yanvardagi 02-04-15/45-son ma’lumotnomasi). Natijada akkumulyator batareya elementlarida kuchlanish nomuvozanatlashuv qiymatini 1,5 % gacha kamaytirish imkonini bergan.