Muhamedova Guli Baxodirovnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (xorijiy tillarni o‘rganish misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4648.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kalandarova Safiya Taxirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda xorijiy tillarni o‘qitish orqali kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kreativ komretentliligini rivojlantirishni takomillashtirish jarayoni shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning tuzilmaviy komponentlarini ijtimoiy, maxsus, shaxsiy, texnologik va ektremal kompetensiyalar bilan integratsiyalash asosida ochib berilgan;
nofilologik ta’lim yonalishlarida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda produktiv til ko‘nikmalari (og‘azaki nutq)ni pedagogik masalalarning ko‘p xilligi va ularni hal etishning variativligi hamda talabalar ijodiy izlanishni rag‘batlantirish asosida boyitish orqali og‘zaki kreativ fikrlash darajasiga ega bo‘lishni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari takomillashtirilgan;
xorijiy tilni o‘qitish jarayonida talabalarning kreativlik kompetensiyasini rivojlantirishning metodik modeli o‘quvchilarning ijodiy faolligi, o‘qituvchi va talabaning o‘zini o‘zi anglashi hamda motivatsion, kognitiv, xulq-atvorga oid, ijodiy-konstruktiv funksional komponentlarining rivojlanishi darajalarini motivatsion, kognitiv, amaliy va refleksiv mezonlar asosida belgilash orqali takomillashtirgan;
talabalarni kasbiy, pedagogik faoliyatga tayyorlashda xorijiy tilni o‘qitish orqali kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi talabalarning og‘zaki qaytma aloqalarini samarali ta’minlovchi CLP (lingvistik psixologiya markazi), grammatika-tarjima (the grammar translation) audio-lingual (audio-lingual), propriotseptiv (propriosertive) va pimsleur (pimsleur) metodlariga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kreativ komretentliligini shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning tuzilmaviy komponentlari asosida takomillashtirishga hamda nofilologik ta’lim yonalishlarida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari asosida “Pedagogik menejment” deb nomlangan o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrugiga asosan 391149-son guvohnomasi). Natijada talabalarning xorijiy tillarni o‘qishida kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash ijodiy kompetentligini rivojlantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti tizimli, kompetensiyaviy, integrativ va metodologik yondashuvlarda ularning samaradorlik darajasi takomillashtirilgan;
xorijiy tilni o‘qitish jarayonida talabalarning kreativlik kompetensiyasini rivojlantirishning metodik modelini takomillashtirishga oid takliflaridan MUZ-2015-0908164325 sonli nomli “Kommunikativ-kumuliyativ metod asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilariga ingliz tilini samarali o‘qitish texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda fordalanilgan (T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari tadqiqot institutining 2023 yil 14-sentyabrdagi 01/15/09/186-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Amaliy xorijiy til” o‘quv kursi mazmuni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti tizimli, kompetensiyaviy, integrativ va metodologik yondashuvlarda samarali takomillashtirilgan, talabalarning til organishdagi motivatsiyasini rivojlanishiga xizmat qilgan;
talabalarni kasbiy, pedagogik faoliyatga tayyorlashda xorijiy tilni o‘qitish orqali kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid ilmiy xulosalaridan “XTI-2015-1 Boshlang‘ich sinflarda chet tillarini o‘qitishni jadallashtirish metodikalarini yaratish va joriy etish” g‘oyalaridan” nomli innovatsiyon loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari tadqiqot institutining 2023-yil 14-sentyabrdagi, 01/15/09/186-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda xorijiy tilni o‘qitishda kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi lingvo-madaniy, kommunikativ yondashuv, intensiv, emotsional-semantik, test, CLP, audio-lingual, pimsleur kabi metod va texnologiyalarni ta’lim jarayoniga faol qo‘llash asosida takomillashtirilgan va rivojlantirilgan.