Xusanov Baxrom Mengdovulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nikel(II) va mis(II) ionlarini aniqlashning spektrofotometrik usullarini ishlab chiqish», 02.00.02 - Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/K664.
Ilmiy rahbar: Turabov Nurmuxammat Turabovich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Yaxshieva Zuhra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ni(II) va Cu(II)  ionlarini eritma holatida va qattiq fazali immobillangan shaffof jelatina plyonkasi yordamida spektrofotometrik aniqlash uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi selektiv organik analitik reagent 4-GOKSNN ning molyar so‘ndirish koeffisienti va dissosilanish konstantasi aniqlangan;
spektrofotometrik uslub yordamida Ni(II) va Cu(II) ionlarini 4-GOKSNN bilan kompleks hosil qilish reaksiyalarining haqiqiy molyar so‘ndirish koeffisienti va muvozanat konstantalari hisoblab topilgan;
ilk bor Ni(II) va Cu(II) ionlarini 4-GOKSNN bilan eritmada va immobillangan jelatina plyonkasi yordamida aniqlash uslublari yaratilgan;
ishlab chiqilgan Ni(II) va Cu(II) ionlarini spektrofotometrik aniqlash usulining sun’iy model, murakkab tarkibli aralashmalar, real tabiiy obektlar, hamda sanoat qotishmalarining standart namunalari tarkibidan aniqlashning selektivligi oshganligi isbotlangan;
ilk bor jelatina plyonkasi asosidagi qattiq fazaga immobillangan 4-GOKSNN ning Ni(II) va Cu(II) ionlarini aniqlashda analitik sensor sifatida qo‘llash orqali konsentrlash va aniqlashni birgalikda bajarish imkoniyati yaratilgan hamda aniqlash uslublarining metrologik tavsiflari: tanlab ta’sir etuvchanlik, aniqlik, natijalarning ishonchlilik ehtimolligi va xatolik bir necha baravarga kamaytirilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nikel(II) va mis(II) ionlarini
4-GOKSNN bilan spektrofotometrik aniqlash uslublarini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan spektrofotometrik aniqlash uslublari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida sanoat chiqindi va oqova suvlari tarkibidan Ni(II) va Cu(II) ionlarini aniqlash uchun joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2024 yil 9 apreldagi 23/01-01-07/153-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindi va oqova suvlari tarkibidan nikel(II) va mis(II) ionlarini aniqlash imkonini bergan;
Ni(II) va Cu(II) ionlarini mikromiqdorini real obektlar tarkibidan spektrofotometrik aniqlash uslublari “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ning 2024 yil 20 martdagi 02-4/1115-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan metodikalar tabiiy suvlar tarkibidan Ni(II) va Cu(II) ionlarini mikromiqdorini aniqlashda tanlab tasir etuvchanligini, sezgirligini, ekspressligini, aniqlikni oshirish hamda analitik va metrologik tavsiflarini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish