Isaqova Dilnoza Toshevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyalangan screen-printed elektrodlari yordamida tabiiy va texnogen obʼektlarning voltamperometriyasi», 02.00.02 - Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K482.
Ilmiy rahbar: Aronbaev Sergey Dmitrievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Qutlimuratova Nigora Hotamovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bi, Ag, Au, MnO2 nanozarrachalari bilan modifikatsiyalangan screen printed elektrodlari asosida yuqori sezgir selektiv, ekologik xavfsiz elektrokimyoviy sensorlarni yaratish hamda ular yordamida oqova suvlari tarkibidagi og‘ir metall ionlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor skanerlash mikroskopiyasi, rentgen difraksiyasi va impedans spektroskopiyasi usullari uchun modifikatsiyalangan screen printed elektrodlari (SPCE) ishlab chiqilgan;
Zn2+, Cd2+, Pb2+, Se4+, UO22+ ionlari va H2O2 ishtirokida Bi, Ag, Au va MnO2 nanozarrachalari bilan modifikatsiyalangan SPC elektrodlarining elektrokimyoviy kattaliklari aniqlangan;
vismut bilan modifikatsiyalangan SPCE elektrodlarini qo‘llab, impedans spektrometriyasida yordamida o‘gir metall ionlarini aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan;
SPCE bilan mikroyacheykaning dizayni taklif etilgan bolib, uning yordamida 0,1 ml hajmdagi namuna tarkibidan og‘ir metall ionlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash imkoniyati baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bi, Ag, Au, MnO2 nanozarrachalari bilan modifikatsiyalangan elektrodlar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eritmada Zn, Cd, Pb, Cu ionlarini aniqlash imkoniyatiga ega elektrodlari “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ ning 2023 yil 6 oktyabrdagi 845/GK-10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindi suvlarida og‘ir metall ionlarini yuqori sezgirlik va selektivlik bilan aniqlash va tahlil vaqtini 10 daqiqagacha qisqartirish imkonini beradi;
eritmada Zn, Cd, Pb, Cu ionlarini aniqlash imkoniyatiga ega modifikatsiyalangan Hg, Bi, Au SPCE elektrodlari “O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Samarqand viloyati boshqarmasi” tahliliy laboratoriyasida amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Samarqand viloyati boshqarmasi” ning 2024 yil 26 iyundagi 01-3300-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan elektrodlar modifikatsiyalangan Hg, Bi, Au SPCE, 10 mg/l darajasida bir qator ekotoksikantlarni aniqlash imkonini bergan.