Axmedov Baxtiyor Boxodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rux, mis, atsetamiprid asosidagi insektisid xossasiga ega bo‘lgan fiziologik faol moddalarning tezkor nazorat usullari va olinish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.02 - Analitik kimyo, 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K759.
Ilmiy rahbarlar: Abduraxmanov Ilhom Ergashboevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Shukurov Jamshid Sultonovich, texnika fanlari dokotori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Tog‘asharov Axat Salimovich, texnika fanlari doktori, professor; Rahmatov Xudoyor Boboniyozovich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rux va mis ionlarini aniqlashda ion selektiv elektrodlarni yaratish hamda tarkibida rux va mis mikroelementlaridan iborat insektisid xossasiga ega bo‘lgan fiziologik faol moddalar sintezi va ular asosida preparatlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rux, mis tuzlari va tetrafenilborat asosida elektrod-faol birikma (EFB) sintez qilingan va ularning mavjudligi fizik-kimyoviy usullar yordamida tasdiqlangan, hamda sintez qilib olingan yangi moddalar asosida rux, mis selektiv elektrodlar yaratish uchun zarur bo‘lgan turli o‘lchamdagi membranalar ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan membranalar orasidan, yuqori sezgirlikga ega boʻlgan membrananing maqbuli tanlangan va suvli eritmada rux, mis ionlarini 10-1-10-5 mol/l konsentratsiya oralig‘ida aniqlay oladigan sezgir va selektiv elektrodlar yaratilgan;
yaratilgan elektrodlarning elektrod funksiyasining intervali va qiyaligi, potensial aniqlovchi ionni aniqlash chegarasi, selektivlik koeffisienti, ion selektiv elektrod (ISE) signalining dinamikasi kabi qator elektrokimyoviy sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor tarkibida suv, mis kuporos, rux kuporos, oksalat kislota, karbamid, oksalat monoetanolammoniy, fosfat karbamidomonoetanolammoniy, nitrat karbamidomonoetanolammoniy, atsetamiprid va etanollar ishtirokida 16 ta eruvchanlik sistemalari va “tarkib-xossa” diagrammalari yaratilgan;
diagrammalarda hosil bo‘lgan yangi fazalar atsetamipridning, oksalat karbamidning va oksalat karbamidmonoetanolammoniyning kristallanish maydonlari chegaralari aniqlangan, hamda mavjudligi zamonaviy fizik-kimyoviy taxlil usullari yordamida isbotlangan;
rux va mis mikroelimentlari, atsetamiprid va fiziologik faol moddalar asosida, maqbul preparat tarkiblari va olinish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mis xlorid, rux sulfat, natriy tetrafenil boratdan, mis selektiv va rux selektiv elektrodlar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eritmada mis kationini aniqlash imkoniyatiga ega ion-selektiv elektrod “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning ekologik laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ ning 2024 yil 15 maydagi 282/GK-05-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindi suvlarida Cu2+ kationini miqdorini, yuqori sezgirlik va selektivlik bilan aniqlash imkonini bergan;
rux kationini aniqlash imkoniyatiga ega ion-selektiv elektrod “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning ekologik laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning 2024 yil 15 maydagi 282/GK-05-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindi suvlarida Zn2+ kationini miqdorini, yuqori sezgirlik va selektivlik bilan aniqlash imkonini bergan.