Kodirov Bekzod Xomidjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ammiakli selitraga qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan xossalarini yaxshilash», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3578.
Ilmiy rahbar: Tojiev Rustamjon Rasulovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasar nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, DSc.03/30.04.2021.T.106.04.
Rasmiy opponentlar: Alimov Umarbek Kadirbergenovich, texnika fanlari doktori, professor; Sherqo‘ziev Donyor Shermamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ammiakli selitraga qo‘shimchalar sifatida ohak so‘ndirilgandan keyingi nedopal (shlam) - texnogen chiqindisi va mahalliy noan’anaviy tabiiy mineral qo‘shimcha (bentonit va glaukonit unlari) qo‘shish yo‘li bilan tarkib va xossalari yaxshilangan mineral o‘g‘it olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ASning yopishqoqligi kam, yuqori mustahkamlikka ega va oddiy ASga nisbatan yaxshilangan xossalarga ega bo‘lgan AS:(NH4)2SO4 eritmasi: qo‘shimchalar=82:3:15 maqbul nisbati aniqlangan;
ammiakli selitra donalari sirtini bog‘lovchi modda ammoniy sulfatning eritmasi (40-45%) bilan ishlov berish, so‘ngra tanlab olingan qo‘shimchalarning kukunlari bilan alohida-alohida ishlov berish orqali mikroelementlarga boyitilgan, xossalari yaxshilangan ammiakli selitra olish usuli ishlab chiqilgan;
amaldagi AFO‘ ishlab chiqarish texnologik tizimidan foydalanib, nostandart holdagi (<1 mm, >4 mm) ammiakli selitrani kukun holiga keltirib, mahalliy noan’anaviy tabiiy mineral qo‘shimcha (bentonit va glaukonit unlari) ni ammoniy sulfatning (40%li) eritmasi bilan ishlov berib, donadorlash barabanida donador tayyor mahsulot olingan;
tanlab olingan qo‘shimchalarning optimal me’yorlari hisobiga olingan mineral o‘g‘itlar donalarining mavjud AS donalariga nisbatan mustahkamligi, kimyoviy tarkibi jihatdan samaradorligi, saqlash va tashishda donalarining dumaloq shaklining turg‘unligini ta’minlashi isbotlangan;
AS-72M ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologiyasining amaldagi texnologik tizimiga nisbatan qo‘shimchalarning me’yorlashgan miqdorini va ularni kiritish bosqichi aniqlanib, texnologik tizimi loyiha taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
AS suyuqlanmasi, tabiiy mineral qo‘shimchalar (bentonit va glaukonit) asosida murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ammiakli selitra donalari sirtini bog‘lovchi modda ammoniy sulfatning eritmasi (40-45%) bilan ishlov berish, so‘ngra tanlab olingan qo‘shimchalarning kukunlari bilan alohida-alohida ishlov berish orqali mikroelementlarga boyitilgan, xossalari yaxshilangan ammiakli selitra olish texnologiyasi «Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals» AJ QKning “2024-2025 yillarda amalyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan («Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals» AJ QK ning 2023 yil 19-yanvardagi 2-107/IKF-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi turdagi o‘g‘it olish bilan birga ammiakli selitraning xossalarini yaxshilash imkonini beradi;
mikroelementlarga boyitilgan, xossalari yaxshilangan ammiakli selitra olish usuli «Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals» AJ QKda amaliyotga joriy etilgan («Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals» AJ QKning 2023 yil 19 yanvardagi 2-107/IKF-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlatishga qulay, hossalari yaxshilangan AS o‘g‘iti ishlab chiqarish uchun texnogen chiqindilardan foydalanish imkonini bergan.