Pulatova Nargiza Sradjiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir mieloblast leykoz rivojlanishida determinant-genlar o‘smasi o‘sishi va ksenobiotiklar biotransformatsiyasi ahamiyatini o‘rganish» 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1. PhD/Tib2558.
Ilmiy rahbar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Gildieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori, Isxakov Eldor Djasurovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir mieloblast leykoz o‘simta kloni rivojlanishining molekulyar mexanizmlarini baholash asosida kasallikning yangi tashxislash va bashoratlash mezonlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir mieloblast leykoz mavjud bemorlarda induksion kimyoterapiyaga chidamli guruhida chidamli bo‘lmagan bemorlarga nisbatan gemoglobin miqdori, eritrotsitlar, trombotsitlar sonining ishonchli kamayganligi va leykotsitlar, blast hujayralar hamda ertitrotsitlar cho‘kish tezligining yuqori ishonchli oshganligi aniqlangan;
O‘ML bilan xastalangan bemorlarda o‘simta supressor gen TR - 53 (Arg72Pro) va ksenobiotik detoksikatsiya genlari tizimi GSTP1 (Ile105Pro) va GSTM1 (S/T) polimorf lokuslarining uchrashi aniqlangan;
GSTP1 (Ile105Pro) genining zaiflashgan Pro alleli (Ile105Pro), Arg va TR - 53 genining Arg/Arg genotipi (Arg72Pro) o‘rtasida O‘MLda induksion terapiyaga chidamlilik xavfi bilan bog‘liqlik mavjudligi asoslangan;
TR-53 (Arg72Pro), GSTP1 (Ile105Pro) va GSTM1 (S/T) ning o‘zaro ta’sirining O‘ML shakllanish xavfini oshirishda va uning kimyoterapiyaga chidamligigini rivojlanishida sinergik ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 15-iyuldagi 3-sonli yig‘ilishi bayonnomasi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir mieloblast leykoz mavjud bemorlarda induksion kimyoterapiyaga chidamli guruhida chidamli bo‘lmagan bemorlarga nisbatan gemoglobin miqdori, eritrotsitlar, trombotsitlar sonining ishonchli kamayganligi va leykotsitlar, blast hujayralar hamda ertitrotsitlar cho‘kish tezligining yuqori ishonchli oshganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 08.11.2023 yildagi 155-I-sonli buyruq va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 04.11.2023 yildagi 361-U-sonli buyruq bilan gematologiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir mieloblast leykozda yagona tashxislash va davolash algoritmini ishlab chiqish kasallikni chidamli shakllarini erta aniqlashga hamda asoratlar rivojlanishini oldini olishga yordam bergan. Ushbu yagona umumlashtirilgan algoritmdan foydalanish laborator- asbobiy tekshirishlarni kamaytirib, ortiqcha sarf xarajatlarni tejash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir mieloblast leykozda yagona tashxislash va davolash algoritmini ishlab chiqish kasallikni chidamli shakllarini erta aniqlashga hamda asoratlar rivojlanishini oldini olish imkonini bergan. Xulosa: klinik, laborator va molekulyar biologik tadqiqotlar natijalarini hisobga olgan holda taklif qilingan mezonlar O‘ML va uning chidamli shakllarini rivojlanishining yangi tashxislash va bashoratlash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: O‘ML bilan xastalangan bemorlarda o‘simta supressor gen TR - 53 (Arg72Pro) va ksenobiotik detoksikatsiya genlari tizimi GSTP1 (Ile105Pro) va GSTM1 (S/T) polimorf lokuslarining uchrashi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 08.11.2023 yildagi 155-I-sonli buyruq va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 04.11.2023 yildagi 361-U-sonli buyruq bilan gematologiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir mieloleykoz aniqlangan bemorlarda GSTP1 (Ile105Pro) genining kuchsizlangan Pro alleli, TR - 53 (Arg72Pro) genining Arg va Arg/Arg genotipini aniqlash kasallikning kimyoterapiyaga chidamli turlarini erta tashxislash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir mieloleykoz aniqlangan bemorlarda GSTP1 (Ile105Pro) genining kuchsizlangan Pro alleli, TR - 53 (Arg72Pro) genining Arg va Arg/Arg genotipini aniqlash kasallikning kimyoterapiyaga chidamli turlarini erta tashxislash imkonini bergan. Xulosa: Bu bemorlarda davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash va uning samaradorligini baholash hamda asoratlarini olidini olish, ularning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: GSTP1 (Ile105Pro) genining zaiflashgan Pro alleli (Ile105Pro), Arg va TR - 53 genining Arg/Arg genotipi (Arg72Pro) o‘rtasida O‘MLda induksion terapiyaga chidamlilik xavfi bilan bog‘liqlik mavjudligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 08.11.2023 yildagi 155-I-sonli buyruq va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 04.11.2023 yildagi 361-U-sonli buyruq bilan gematologiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Induksion kimyoterapiya paytida GSTP 1 (Ile105Pro) genida mutatsion o‘zgarishlar aniqlanganda, chidamli shakllarning shakllanishi va O‘MLning erta qaytalanishining erta tashxislash va bashoratlashni amalga oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: yangi molekulyar biologik usulni joriy etish natijasida residivni oldini olish hisobiga O‘ML bilan kasallangan bemorlarni davolashga sarflangan mablag‘ yiliga 133 760 000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: O‘ML bilan kasallangan bemorlarda GSTP 1 (Ile105Pro) genining polimorf lokuslarining tarqalishi va axamiyatini molekulyar biologik tahlil qilish asosida genetik komponentning kimyoterapiyaga chidamlilikni shakllantirish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: TR-53 (Arg72Pro), GSTP1 (Ile105Pro) va GSTM1 (S/T) ning o‘zaro ta’sirining O‘ML shakllanish xavfini oshirishda va uning kimyoterapiyaga chidamligigini rivojlanishida sinergik ta’siri aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 08.11.2023 yildagi 155-I-sonli buyruq va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 04.11.2023 yildagi 361-U-sonli buyruq bilan gematologiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Induksion kimyoterapiya paytida GSTP 1 (Ile105Pro) genida mutatsion o‘zgarishlar aniqlanganda, chidamli shakllarning shakllanishi va O‘MLning erta qaytalanishining erta tashxislash va bashoratlashni amalga oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kimyoterapiyaga chidamlilik va residiv rivojlanishini bashorat qilish uchun yangi molekulyar biologik usulni qo‘llash natijasida kasallikning qaytalanishi va bemorlarning ahvoli og‘irlashuvining oldi olinadi, bu esa byudjet mablag‘larini 1 bemor hisobidan 23 foizga tejash imkonini bergan. Xulosa: O‘MLda kimyoterapiyaga chidamlilik va residiv rivojlanishining oldini olishda TR - 53 (Arg72Pro), GSTP1 (Ile105Pro) va GSTM1 (S/T)genlari deteksiyasi bemorlarida kimyoterapiyaga chidamlilik va residiv holatlarini kamaytiradi, bu esa ushbu neoplaziya bilan xakstalangan bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bergan.