Karimov Sherali Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy xomashyolardan xitozan olish va uni modifikatsiyalash», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K788.
Ilmiy rahbar: Xaitbaev Alisher Xamidovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salimakhon, kimyo fanlari doktori, professor; Mo‘minjonov Mirjalol Muqimjon o‘g‘li, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolardan xitin ajratib olish, ajratib olishning optimal sharoitlarini tanlash, xitin asosida olingan xitozanning ayrim dikarbon kislota va angidridlar bilan modifikatsiyalash hamda olingan mahsulotlarni fizik – kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta tabiiy va mahalliy xomashyo manbaalaridan xitin moddalari ajratib olingan, ularning polimorf shakllari isbotlangan;
xitin ajratib olishning klassik usuliga delipidlash bosqichini qo‘shish orqali takomillashtirilgan usul ishlab chiqilgan;
xitozanning 10 ta yangi N-atsil hosilalari sintez qilingan, reaksiyalarning amalga oshishi va mahsulot unumi turli omillarga bog‘liqligi, olingan birikmalarning kimyoviy tuzilishlari turli xil zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida isbotlangan;
xitozan asosidagi gidrogellarning xossalari, suvni ushlab qolish qobiliyati, o‘simlik urug‘i hamda ildiziga suv va unda erigan moddalarni etkazib berish xususiyatlari turli fizik-kimyoviy usullar yordamida isbotlangan;
olingan gidrogellarni qo‘llash orqali ularning ayrim o‘simlik urug‘larining unib chiqish vaqtiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikamizda keng tarqalgan, o‘simlik zarakunandalari hisoblanadigan hasharotlardan aminopolisaxarid xitinni ajratib olish, uni xitozanga o‘tkazish, xitozanni modifikatsiyalash hamda ularning qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Melolontha melolonthadan xitin, undan esa yuqori unumda deatsetillanish darajalari yuqori bo‘lgan xitozan olish usuliga texnik sharti O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (S 200845944-112:2023). Mazkur texnikaviy shartlar mahsulotning sifati va texnologik jarayonini nazorat qilish imkonini bergan;
xitin va xitozan ajratib olish, olingan xitozanning molekulyar massasi hamda deatsetillanish darajasini aniqlash natijalaridan “Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil, 3 martdagi 55-sonli buyrug‘i). Natijada, oliy o‘quv yurtlarida yuqori molekulyar birikmalar kimyosi bo‘yicha mutaxassislarning bilimlarini mustahkamlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish