Nurullaeva Dilnoza Fatilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Virusga qarshi davo fonidagi surunkali gepatit V   va S bo‘lgan bemorlarda kamqonlikni tashxislash jihatlari, hamda  bartaraf etish  yo‘llari”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3300.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD.04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Nurboev Farmon Ergashovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: surunkali virusli gepatit V va S bilan og‘rigan bemorlarda  virusga qarshi terapiya fonida rivojlanadigan anemiya tashxisoti va rivojlanishining oldini olish chora tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali virusli gepatit V va S bilan og‘rigan bemorlarda  etiotrop virusga qarshi terapiya fonida anemiya uchrash chastotasi va klinik namoyon bo‘lish shakllari aniqlangan;
surunkali virusli gepatit V va S bilan kasallangan virusga qarshi terapiya fonidagi bemorlarda ferrokinetika ko‘rsatgichlari o‘rganilib ularning anemiya tashxisotidagi ahamiyati isbotlangan;
ferrokinetika va jigar faoliyatini baholovchi ko‘rsatgichlar orasida korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash asosida  ularning anemiya rivojlanishidagi  prognostik jihatlari isbotlangan;
surunkali virusli gepatitlarda etiotrop terapiya fonida rivojlangan anemiyaning tashxisoti va oldini olish chora tadbirlari kasallikni patogenetik mexanizmlarini iobatga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Virusga qarshi davo fonidagi surunkali gepatit B va C bo‘lgan bemorlarda kamqonlikni tashxislash jihatlari, hamda  bartaraf etish yo‘llari » mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 iyundagi 8n-z/331-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatit V va S bilan og‘rigan bemorlarda  etiotrop virusga qarshi terapiya fonida anemiya uchrash chastotasi va klinik namoyon bo‘lish shakllari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali virusli gepatit V va S bilan og‘rigan bemorlarda  etiotrop virusga qarshi terapiya fonida anemiya uchrash chastotasi, anemiyaning darajasi va klinik namoyon bo‘lish shakllari aniqlanishi asosida rivojlanayotgan anemiyaning oldini olishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali virusli gepatit V va S bilan og‘rigan bemorlarda  etiotrop virusga qarshi terapiya fonida anemiya rivojlanishini erta aniqlash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi yo‘qligi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan xarajatlar 322540 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: surunkali virusli gepatit V va S bilan og‘rigan bemorlarda  etiotrop virusga qarshi terapiya fonida anemiya rivojlanishini erta bosqichlarida  tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har bir nafar bemor uchun byudjet hisobidan 214245 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 108295 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatit V va S bilan kasallangan virusga qarshi terapiya fonidagi bemorlarda ferrokinetika ko‘rsatgichlari o‘rganilib ularning anemiya tashxisotidagi ahamiyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlarda surunkali virusli gepatitlarda etiotrop davo fonidagi anemiya xususiyatlarini baholashda ferrokinetika ko‘rsatgichlaridan ferritin, transferrin va transferrining eruvchan reseptorlarini aniqlangan va anemiyaning aynan qaysi patogenetik turi ekanligi va shunga mos holda keyingi davo muolajalarini tanlashni belgilab beradi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali virusli gepatitlarda etiotrop davo fonidagi anemiya xususiyatlarini baholashda ferrokinetika ko‘rsatgichlaridan ferritin, transferrin va transferrining eruvchan reseptorlarini aniqlangan va anemiyaning aynan qaysi patogenetik turi – surunkali yallig‘lanish anemiyasi, postgemorragik anemiya, autoimmun gemolitik kamqonlik yohud aralash ekanligi aniqlanganda bemorlarning ambulator murojaati 4 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha  bajariladigan  boshqa laborator tahlillar soni  4 martaga qisqarishi, asoratlanishni 2 martaga kamayishi hisobidan  har bir nafar bemorga bir yilda byudjet hisobidan 176000 so‘m, byudjetdan tashqari 88000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilingan. Xulosa: surunkali virusli gepatitlarda etiotrop davo fonidagi anemiya xususiyatlarini baholashda ferrokinetika ko‘rsatgichlaridan ferritin, transferrin va transferrining eruvchan reseptorlarini aniqlanganda kamqonlikning qaysi patogenetik turi aniqlanishi asosida ishlab chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan    264000 so‘mga  iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ferrokinetika va jigar faoliyatini baholovchi ko‘rsatgichlar orasida korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash asosida  ularning anemiya rivojlanishidagi  prognostik jihatlari isbotlangan Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlarda agar bemorlarda ferritin va seruloplazmin ko‘rsatgichi me’yor atrofida bo‘lib, aminotransferazalar (ALT va AST) miqdori yuqori bo‘lsa organizmda metabolizmning oksidlovchi mahsulotlari yig‘ilganligidan dalolat berib, gepsidin ko‘rsatgichini aniqlashga ko‘rsatma bo‘ladi, bemorlarda ferritin va seruloplazmin ko‘rsatgichi me’yor atrofida gepsidin miqdori baland bo‘lsa jigarda erkin radikallarni zararsizlantirish xususiyati pasayadi va bu bemorlarda autoimmun gemolitik anemiya rivojlanish ehtimolligi bashoratlaydi. O‘tkazilgan laborator mezonlar asosida  tashhislash orqali 80-85% hollarda anemiyalarni dastlabki darajalarda davolash, nogironlik va jigar sirroziga oldini olish bilan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ferrokinetika va jigar faoliyatini baholovchi ko‘rsatgichlar orasida korrelyasion bog‘liqlikni aniqlashga asoslanib, gemolitik anemiya oldini olinganda bemorlarning ambulator murojaati 4 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha  bajariladigan  boshqa laborator tahlillar soni  3 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga bir yilda byudjet hisobidan 197594 so‘m, byudjetdan tashqari 117464 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilingan. Xulosa: ferrokinetika va jigar faoliyatini baholovchi ko‘rsatgichlar orasida korrelyasion bog‘liqlikni aniqlashga asoslanib asosida ishlab chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan  315058 so‘mga  iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatitlarda etiotrop terapiya fonida rivojlangan anemiyaning tashxisoti va oldini olish chora tadbirlari kasallikni patogenetik mexanizmlarini iobatga olgan holda takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SVG larda virusga qarshi terapiya fonida rivojlangan anemiyalar korreksiyalash va oldini olish maqsadida standart davo  fonida antioksidant xususiyatga ega bo‘lgan glyution preparatini vena ichiga 600 mg/ sutka miqdorda tavsiya etish dinamikada SVG bemorlarida gemoglabin miqdorining 1,4-1,7 martagacha ortishiga erishildi bu esa bemorlarning hayot sifati darajasi oshishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali virusli gepatitlarda etiotrop terapiya fonida rivojlangan anemiyani oldini olishga qaratilgan glyution preparatini tavsiya etish natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi yo‘qligi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan xarajatlar 402 380 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: surunkali virusli gepatitlarda etiotrop terapiya fonida rivojlangan anemiyani oldini olishga qaratilgan glyution preparatini tavsiya etish natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har bir nafar bemor uchun byudjet hisobidan 288984 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 113396 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish