Tillabaeva Dilnoza Muradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma`lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 pandemiyasi sharoitida o‘smir-qizlarda reproduktiv salomatligini o‘ziga xos o‘zgarishlari” 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3107.
Ilmiy raxbar: Xodjaeva Aziza Sagdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yakubova Oltinoy Abduganievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smir qizlarda postkovid sindromi fonida dismenoreya kechishining klinik-laborator xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smir qizlarda psixo-emotsional, vegetativ, qon-tomir va metobolik-endokrin ko‘rinishlarining yuqori chastotasidan iborat bo‘lgan postkovid sindromi fonida dismenoreyaning xususiyatlari (kungil aynash, qayd qilish, terlash, yurak sohasidagi og‘riq, xissiy va ruhiy depressiya, ishtaxaning buzilishi, uyqusizlik, umumiy xolsizlik)  1,6 dan 3 baravarigacha yuqori darajada kechishi isbotlangan;
postkovid sindromi fonida birlamchi dismenoreya bo‘lgan o‘smir qizlarda og‘riq xissi MPQ = 12,2 ±0,16, og‘riq intensivligi  (og‘riq darajasi bo‘yicha indeksi 4,6 ball) va tanlangan diskriptorlar soni bo‘yicha og‘riqning somatik komponenti 1,9 baravar yuqori bo‘lganligi sababli, xissiy-irodaviy sohada buzilishlarning yuqori darajada namoyon bo‘lishi, vaziyatli xavf shahsiy xavfdan ustunligi bilan isbotlangan;
postkovid sindromidagi dismenoreyada LG/FSG nisbati balog‘at yoshiga xos 1,12±0,1 darajada pasayishi, gipotalamus faolligining va progesteronning pasayishi,  prostaglandinlar E2 va F2 al`fa sintezinining kuchayishi hisobiga, postkovid sindromida dismenoreyaning klinik gipomenstrual sindromi turida rivojlanishi  isbotlangan;
postkovid sindromida subklinik yallig‘lanish xisobiga S-reaktiv oqsil, ferritin va IL-6 konsentratsiyalarining oshishi, shuningdek, IL-8 14,1±0,2 pg/mlga ortishi, IL8/IL4 larning nisbati 7,4±0,9 pg/mlga kamayishi natijasida, sitokinlar nomutanosibligining rivojlanishi va neyro-immun-endokrin tizimi regulyasiyasining buzilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smir qizlarda postkovid sindromi fonida dismenoreyaning klinik-laborator xususiyatlarini aniqlash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘smir-qizlarda psixo-emotsional, vegetativ-qon tomir va metobolik-endokrin ko‘rinishlarining yuqori chastotasidan iborat bo‘lgan postkovid sindromi fonida dismenoreyani kechish xususiyatlarini isbotlash bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 31 martda №-7i-r/15 bilan tasdiqlangan ”COVID-19 pandemiyasi sharoitida o‘smir qizlardagi dismenoreya“ nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 10 mayda №-109 sonli buyrug‘i xamda Namangan shaxar tibbiyot birlashmasi-Markaziy ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 15 mayda №-31 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi № 03/28- son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi tibbiy yordam darajasida postkovid sindrom fonida dismenoreya bilan o‘smir qizlarni boshqarish bo‘yicha taklif etilgan algoritm, kasallikni erta aniqlash va oqibatlarini bashorat qilish sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: vitamin-mineral kompleksdan foydalanish shifoxonaga yotqizishdan voz kechish va xar bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 770000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 50 bemor uchun esa 38500000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: birlamchi tibbiy yordam darajasida postkovid sindromi fonida dismenoreya bilan o‘smir qizlarni boshqarish bo‘yicha taklif etilgan algoritm, kassalikni erta aniqlash va oqibatlarini bashorat qilish sifatini yaxshilagan, shuningdek, 1 nafar o‘smir qizning 10 kunlik shifoxonada davolanish vaqti uchun 770000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: postkovid sindromi fonidagi birlamchi dismenoreya bo‘lgan o‘smir qizlarda og‘riqni xis etishning o‘zgaruvchanligi emotsional buzilishlarni oshishiga olib kelishi, vaziyatli xavf shaxsiy xavfdan ustun turishi bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan, postkovid sindromi fonidagi dismenoreyada o‘smir qizlarda vaziyatli xavf darajasi bo‘yicha yuqori darajadagi xavfga va shaxsiy xavf darajasi bo‘yicha o‘rtacha xavfga to‘g‘ri keldi, bu esa vaqt o‘tishi bilan salbiy omil ta’sirining davomiyligini ko‘rsatadi, bu nafaqat yuqori darajada o‘zgaruvchan vaziyatli xavfni, balki nisbatan barqaror shaxsiy xavf sifatida shaxsning yanada barqaror xususiyatlariga xam ta’sir ko‘rsatdi. Postkovid sindromi fonida dismenoreya qizlarda psixo-emotsional sohada aniqlagan buzilish xolatlarini korreksiyalash muximligini, gipotalamus-gipofiz-tuxumdon gormonal o‘qini tartibga solish psixo-emotsional xolati bilan chambarchas bog‘liqligini isbotlanganligi Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 31 martda №-7i-r/15 bilan tasdiqlangan ”COVID-19 pandemiyasi sharoitida o‘smir qizlardagi dismenoreya“ nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 10 mayda №109 sonli buyrug‘i xamda Namangan shaxar tibbiyot birlashmasi-Markaziy ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 15 mayda №-31 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saklash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi №03/28- son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: vaziyatli xavf va shaxsiy xavf darajasi aniqlash qulay va samarali diagnostika usuli bo‘lib xizmat qiladi va davolashning samaradorlik ko‘rsatkichi maqsadida qo‘llaniladi. Bu esa, to‘g‘ri terapiya yo‘nalishini tanlash vaqtini qisqartirishga, tanlangan davolash yo‘nalishining samaradorligi xisobiga bemor xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: vitamin-mineral kompleksdan foydalanish shifoxonada yotqizishdan voz kechish va xar bir bemorning 10 kunlik shifoxonada yotqizilishi uchun o‘rtacha 770000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 50 bemor uchun esa 3850000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: vitamin-mineral kompleksi yordamida postkovid sindromi fonidagi dismenoreyani davolashda tavsiya etilgan usulining samaradorligi isbotlangan, psixo-emotsional soxaning normallashishi bo‘lgan, shuningdek, 1 nafar o‘smir qizning 10 kunlik shifoxonada davolanish vaqti uchun 770000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: postkovid sindromi fonidagi dismenoreyada LG/FSG koeffisienti balog‘at yoshiga xos darajada pasayishi isbotlandi, progesteroning pasayishi yuzaga keldi va prostoglandinlar E2 va F2 alfa sintezini kuchayishi uchun muxim sharoit bo‘lib, postkovid sindromi fonida LG/FSG nisbatining 1,12+0,1 darajasiga pasayishi isbotlandi, bu gipotalamus-gipofiz-tuxumdon tizimi faoliyatining balog‘at yoshiga xos darajaga pasayganligini ko‘rsatdi. Qizlarda aniqlangan estrogen va LG/FSG koeffisentini pasaishi dismenoreyaning tipik klinik ko‘rinishini (gipomenstrual sindromining shakllanishiga moil bo‘lgan kam ajralmali xayz ko‘rish) isbotlanganligi  Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 31 martda №-7i-r/15 bilan tasdiqlangan ”COVID-19 pademiyasi sharoitida o‘smir qizlardagi dismenoreya“ nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 10 mayda №-109 sonli buyrug‘i xamda Namangan shaxar tibbiyot birlashmasi-Markaziy ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 15 mayda №-31 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi №03/28- son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: LG/FSG koeffisentini aniqlash qulay va samarali diagnostika usuli bo‘lib xizmat qiladi va davolashning samaradorligini kuzatish maqsadida qo‘llaniladi. Bu esa, to‘g‘ri terapiya yo‘nalishini tanlash vaqtini qisqartirishga, tanlangan davolash yo‘nalishining samaradorligi xisobiga bemor xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: an’anaviy terapiyaga qo‘shimcha ravishda buyurilgan dori sifatida Vitamin-mineral kompleksdan foydalanish shifoxonaga yotqizishdan voz kechish va xar bir bemorning 10 kunlik kasalxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 670000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 14 bemor uchun 9380000 so‘mni  tashkil etgan. Xulosa: vitamin-mineral kompleksi yordamida davolashning tavsiya etilgan usulning samaradorligi isbotlangan, nojo‘ya ta’siri yo‘qligi va xavfsizligi isbotlangan, gormonal terapiyaga muqobil usul deb isbotlangan, shuningdek, 1 nafar o‘smir qizning 10 kunlik shifoxonada davolanish vaqti uchun 670000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: postkovid sindromining S-reaktiv oqsil, ferritin va IL-6 konsentratsiyasining pastki chegaraviy oshishi bilan subklinik yallig‘lanish rivojlanishiga qo‘shgan xissasi, IL-8 14,1+0,2 pg/ml ga ortishi bilan sitokinlarning nomutanosibligi, IL8/IL4 nisbati 7,4+0,9 pg/ml mos ravishda pasayishi isbotlangan, buning oqibatida immunokompetent xujayralarni va neyro-immun-endokrin tizimini muntazamligini buzilishiga olib kelishi isbotlangan. Sitokin profili uchun umumiy bo‘lgan IL-8, shuningdek gemopoez va angiogenezda ishtirok etuvchi boshqa sitokinlarning ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi supressor faolikga ega bo‘lgan IL-4 1,91+0,02 gacha ko‘payishi, IL-4 va IL-8 ni angiogenezdagi ishtiroki funksional jihatdan ularni birlashtiradi va dismenoreyada nazorat qilish bo‘yicha ularning darajasini o‘zgarishi kasallikning rivojlanishiga qo‘shgan xissasini isbotlanishi, yallig‘lanish reaksiyasini tartibga soluvchi sitokinlar darajasi va IL8/IL4 koeffisentining o‘zgarishi bilan bog‘liqligini isbotlanganligi va aniqlanganligi Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 31 martda №-7i-r/15 bilan tasdiqlangan ”COVID19 pademiyasi sharoitida o‘smir qizlardagi dismenoreya“ nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 10 mayda №-109 sonli buyrug‘i xamda Namangan shaxar tibbiyot birlashmasi-Markaziy ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 15 mayda № 31 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi №03/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: IL8/IL4 nisbati 7,4+0,9 mos ravishda pasayishi dismenoreyada qondagi yallig‘lanish va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning nomutanosiblik darajasini ko‘rsatadi, postkovid sindromi qo‘shilganda nomutanosiblik darajasida ishonchli o‘zgarishlarni aniqlash va samarali davolash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: an’anaviy terapiyaga qo‘shimcha ravishda buyurilgan dori sifatida Vitamin-mineral kompleksdan foydalanish kasalxonaga yotqizishdan voz kechish va xar bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 670000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 14 bemor uchun esa 9380000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: sitokinlarning konsentratsiyasi natijalariga va neyro-endokrin tizim xolatini tartibga solishda vitamin-mineral kompleksining ijobiy ta’siri isbotlandi. Vitamin-mineral kompleksining psixo-emotsional xolatni, og‘rik xissini, FSG darajasini va reproduktiv funksiyasini tavsiflovchi LG/FSG koeffisentini normallashtirishda samaradorligini ko‘rsatdi, bu esa, shifoxonaga yotqizishdan voz kechish 1 nafar o‘smir qizning 10 kunlik shifoxonada davolanish vaqti uchun 670000 so‘mni iqtisod qilish  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish