Xasanova Kamola Dilavarxodjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orofaringeal soha raki bilan kasallangan bemorlardagi ruhiy o‘zgarishlarning xususiyatlari va terapevtik jarayonning korreksiyasi», 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1213.
Ilmiy rahbar: Alimov Ulug‘bek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Vasila Karimbekovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ashurov Zarifjon Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi orofaringeal soha raki bilan kasallangan bemorlarda ruhiy buzilishlarning xususiyatlarini baholash, davolash jarayonini korreksiya qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
orofaringeal soha raki bilan kasallangan bemorlarda psixologik rezil`entligi past bo‘lganligi sababli isteroid tipdagi bemorlarda affektiv buzilishlar (depressiv epizod, rekurrent depressiya) aniqlangan;
orofaringeal soha raki bilan kasallangan bemorlarda og‘iz-halqum rakiga nisbatan til raki bilan ruhiy buzilishlar orasida korrelyasion bog‘liqlikka yuqori ijtimoiy ajralganlik sabab bo‘lishi aniqlangan;
orofaringeal soha raki sababli jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan bemorlarda amaliyot va undan keyingi holat bilan bog‘liq psixosotsial omillarning yuqoriligi affektiv buzilishlarga (depressiv epizod va rekurrent depressiya), jarrohlik amaliyoti o‘tkazmagan bemorlarda amaliyot bilan bog‘liq bo‘lmagan psixosamatozlar sababli nevrotik buzilishlar (fobik havotirli buzilishlar, nevrasteniya) aniqlangan;
orofaringeal soha raki bilan kasallangan bemorlardagi o‘sma lokalizatsiyasi, ruhiy buzilishlar va shaxs xususitlariga qaratilgan davoga yondashuv optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:                    Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2023 yil 31 maydagi 7/24-son xulosasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyundagi 2-son bayonnomasiga asosan Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: orofaringeal soha raki bilan kasallangan bemorlarda psixologik rezil`entligi past bo‘lganligi sababli isteroid tipdagi bemorlarda affektiv buzilishlar (depressiv epizod, rekurrent depressiya) aniqlangan. Bu esa past psixologik rezil`entlik hisobiga bemorlarda affektiv ruhiy buzilishlar yuzaga kelishini isbotlagan. Olingan yangi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, orofaringeal soha raki bilan isteroid tipdagi shaxslar boshqa shaxs aksentuantlariga nisbatan ko‘p uchrashi aniqlangan va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali 2023 yil 1 iyundagi 106-T-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali 2023 yil 1 iyundagi 30-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: amalga oshirilgan tadqiqotni joriy qilinishi orofaringeal soha raki bilan kasallangan bemorlardagi shaxs tipi, o‘smaning lokalizatsiyasi, ruhiy buzilishlarning turiga ko‘ra davolash jarayonini korreksiya qilish asosiy kasallikning davolash  vaqtini qisqartirish, shuningdek, an’anaviy diagnostika va terapevtik tadbirlar bilan birga keladigan moddiy-texnik xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi. Natijada davolash samaradorligi oshdi va asoratlar soni kamaydi. Xulosa: iqtisodiy samara an’anaviy tibbiy muolajalaridan davolash dasturini joriy etish hisobiga moddiy-texnika xarajatlarini 10 nafar bemor hisobida olganda 46298250 so‘mga kamaytirishda namoyon bo‘ldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: orofaringeal soha raki bilan kasallangan bemorlarda og‘iz-halqum rakiga nisbatan til raki bilan ruhiy buzilishlar orasida korrelyasion bog‘liqlikka yuqori ijtimoiy ajralganlik sabab bo‘lishi aniqlangan. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari til rakida psixosotsial omillar og‘iz-xalqum sartoniga nisbatan yuqoriligini ko‘rsatdi. Bu tilning funksional faolligi - undagi o‘sma tufayli bemorda yuzaga keladigan nutqdagi, nafas olishdagi, ovqatlanishdagi va kosmetik muammolarning yuqori ta’siri sababli yuzaga kelishini ko‘rsatdi. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali 2023 yil 1 iyundagi 106-T-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali 2023 yil 1 iyundagi 30-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Orofaringeal soha raki bilan kasallangan bemorlarda ruhiy buzilishlarni davolash uchun ishlab chiqilgan davolash dasturidan foydalanish kasallikning dastlabki bosqichlarida ruhiy buzilishlarni aniqlash, ularni o‘z vaqtida davolash imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida bemorlardagi ijtimoiy faoliyatni saqlashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlikning ta’rifi to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan kasalxonada har bir bemorga to‘lanadigan xarajatlarni hisoblashga asoslanadi. Bir bemorga mutlaq davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan shifoxonaning yillik iqtisodiy samaradorligi kuniga yotoqlar sonining 50 % ga qisqartirish va kasallikning erta bosqichlarini davolashda kasalxonadagi o‘rin-kunlarining qisqarishi natijasida yillik iqtisodiy tejash 90 mln. so‘mdan ortiqni tashkil etadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: orofaringeal soha raki bilan kasallangan bemorlardagi ruhiy buzilishlarni davolash uchun taklif qilingan davolash dasturidan foydalanishning iqtisodiy samaradorligining ustuvorlikni shifoxona sharoitidagi xarajatlarni tejash (o‘rin/kun) asosiy kasallikni davolash sifatini yaxshilashga va kasalxonaga yotqizish fenomenini kamaytirishga erishdik. Shunday qilib, kuniga 2439024 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin bo‘ldi. Bu esa sog‘liqni saqlash muassasalarining yarim yillik va bir yillik iqtisodiy xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirdi.
uchinchi ilmiy yangilik: orofaringeal soha raki sababli jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan bemorlarda amaliyot va undan keyingi holat bilan bog‘liq psixosotsial omillarning yuqoriligi affektiv buzilishlarga (depressiv epizod va rekurrent depressiya), jarrohlik amaliyoti o‘tkazmagan bemorlarda amaliyot bilan bog‘liq bo‘lmagan psixosamatozlarsababli nevrotik buzilishlar (fobik havotirli buzilishlar, nevrasteniya) aniqlangan. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali 2023 yil 1 iyundagi 106-T-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali 2023 yil 1 iyundagi 30-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bemorlarda affektiv buzilishlarni aniqlangani ularni amaliyotga tayyorlash va amaliyotdan keyin bemorlarni odatiy hayot tarziga qaytarish uchun olib boriladigan  psixoterapevtik yondashuv turini aniqlash va qo‘llashga yordam berdi. Bu esa barcha psixosotsial omillarni o‘rganish natijalariga asoslangan bo‘lib, aynan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan  bemorlarda aniqlangan ijtimoiy ajralganlikni yo‘qotish orqali ulardagi depressiv buzilishlar kamayishiga erishildi. Bu esa o‘z navbatida bemorlardagi hayotga bo‘lgan qiziqishni  ortishi sababli onkologik kasallik bilan kurashish uchun motivatsiyani paydo bo‘lishi va uni ortishiga olib keldi. Natijada asosiy kasallikni davolash samaradorligi oshdi, bemorlar onkologlar tomonidan buyurilgan vaqtda, kerakli mualajani olishga harakat qildilar. Vaqtida olingan onkologik davo sababli bemorlarning jamiyatga qaytishi tezlashdi va statsionarda davolanish muddati qisqardi, metastazlarni erta aniqlash orqali kasallikni og‘irlashishi, nogironlikni tez yuzaga kelishi oldi olindi. Xulosa: ruhiy o‘zgarishlarni erta aniqlash, ishlab chqilgan davolash dasturidan maksimal darajada samarali foydalangan holda tibbiy yordam ko‘rsatish moddiy-texnika bazasi xarajatlarini kamaytirish hisobiga har bir bemor uchun xarajatlar onkologik shifoxonalarning zimmasiga tushadigan muhim iqtisodiy yuklamani kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikni 3314430 so‘mga arzonlashtirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: orofaringeal soha raki bilan kasallangan bemorlardagi o‘sma lokalizatsiyasi, ruhiy buzilishlar va shaxs xususitlariga qaratilgan  davoga yondashuv optimallashtirilgan,ya’ni yuqorida sanab o‘tilgan omillarni hisobga olgan holda matematik modellashtirish orqali prognostik tahlil qilinib, o‘sma lokalizatsiyasiga ko‘ra ruhiy buzilishlarning kechishi va rivojlanishi hisobga olingan holda davolash rejasi ishlab chiqildi. Qashqadaryo viloyati filiali 2023 yil 1 iyundagi 106-T-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali 2023 yil 1 iyundagi 30-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalarni prognostik tahlil qilish orqali ruhiy buzilishlarni erta aniqlash va ularni  nazoratga olish bemorlarni  kasallik bilan bilan kurashish va davolanishga bardosh berish qobiliyati oshirib   hayot sifati ko‘rsatgichini yaxshilaydi.  Samarali prognostik tahlil nafaqat umumiy tibbiy harajatlarni kamaytiradi, orofaringeal soha raki bilan kasallangan bemorlardagi depressiya va suiqasd havfini oldini olib, bemorlarning hayotini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan zarur yordamni ko‘rsatish imkonini beradi. Prognostik tahlilga saoslangan holda  reabilitasiya dasturini ishlab chiqish esa davolashdan keyin bemorlarni jamiyatga integrasiyalashuviga yordam beradi. Xulosa: Iqtisodiy samara an’anaviy tibbiyot muolajalaridan prognostik tahlilni qo‘llash hisobiga 751540 so‘mdan 1315195 so‘mgacha moddiy-texnika xarajatlarini kamayishida namoyon bo‘ldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish