Maksumov Nadirjan Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan ishlab chiqarish nomi): “Davlat fuqarolik xizmatida “Karera modeli”ning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish ”, 08.00.13-“Menejment”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2105.
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Abdurahmonov Qalandar Xodjaevich iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Boltaboev Maxmud Rustamovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Biznes oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat fuqarolik xizmati «Milliy karera modeli»ning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat tashkilotlarida an’anaviy kadrlar bo‘limlari o‘rnida inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha zamonaviy tarkibiy tuzilmalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi asoslangan;
davlat tashkilotlarida kadrlarni boshqarish bilan bog‘liq transaksion xarajatlarni davlat organlari inson resurslarini boshqarish faoliyatini raqamlashtirish va elektron platformaga integratsiyalash orqali kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
davlat fuqarolik xizmatida “ustoz-shogird” mexanizmini qo‘llashning mehnat unumdorligiga ta’siri sifat va miqdoriy mezonlar asosida baholangan hamda davlat xizmatiga yangi qabul qilingan kadrga nisbatan ushbu mexanizmni bir marta qo‘llashning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi asoslangan.
respublika xududlari va tarmoqlari kesimida 2023-2030 yillarda davlat fuqarolik xizmatiga kiruvchi iqtisodiyot tarmoqlarida oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘ladigan talabning prognoz parametrlari  asoslanib, Milliy “Karera modeli” elektron platformasida vakolatli davlat organlari va oliy ta’lim muassasa (OTM)lari o‘rtasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish moduli sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida:
«Milliy karera modeli»ni qo‘llash tizimining mantiqiy-tuzilmaviy modelini tashkiliy jihatdan tashkiliy-boshqaruv, funksional-mantiqiy, texnik-texnologik ko‘rsatkichlarga ko‘ra hamda iqtisodiy jihatdan iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yilning 23-sentyabridagi PQ-300-son “O‘zbekiston-2030 strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-ilova 17-bandini tayyorlashda foydalanilgan hamda RXXvaDXA, Germaniyaning Bavariya davlat xizmatchilari maktabi, Janubiy Koreyaning KIPA instituti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2023-yil 13-dekabrdagi 02-04/1-1883-son ma’lumotnomasi).Natijada mazkur taklifning joriy qilinishi  kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda tarmoqlar kesimida respublika va hududiy darajadagi professional tayyorlangan kadrlar zaxirasini shakllantirishga muayyan darajada xizmat qilgan;   
«Milliy karera modeli» raqobatbardoshli boshqaruvining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi Milliy «Karera modeli» elektron platformasini kompleks boshqarish va uning raqobatbardoshligini amalga oshirishga ta’sirini kuchaytirish mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining tashkiliy-institutsional tuzilmasini optimallashtirish, raqobat muhiti omillarini hisobga oluvchi ustuvor tamoyillar, yangi innovatsiyalar, boshqaruv funksiyalari, ta’lim xizmati raqobatbardoshligiga ko‘ra takomillashtirilgan (Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining  2023-yil 13-dekabrdagi 02-04/1-1883-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Jizzax va Farg‘ona hududiy filiallari faoliyatining boshqarish amaliyotiga joriy etilgan. Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yilning 23- sentyabridagi “O‘zbekiston-2030 strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-sonli Qarorining 4-ilova 17-bandiga kiritilgan. Natijada Jizzax va Farg‘ona hududiy filiallarida elektron platformani joriy etish natijasida boshqaruv xarajatlari 70%ga kamaygan.
Viloyatlar kesimida 2023-2030-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talabning prognoz parametrlariga asoslanib, mazkur ehtiyojni qondirishda davlat organlari tasarrufidagi qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlarini jalb etishga ko‘ra vakolatli davlat organlari bilan soha va tarmoqlar asosida kelishish va tasdiqlash sxemasi asoslangan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining   2023 yil 13 dekabrdagi 02-04/1-1883 - son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yilning 23 sentyabridagi “O‘zbekiston-2030 strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-sonli qarorining 4-ilova 17-bandiga kiritilgan.  Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatchilarini raqamli texnologiyalaridan foydalangan holda qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va unga tegishli Nizom ishlab chiqilib, qabul qilindi. Platformaning elektron moduli orqali taklif etilayotgan sxema ishga tushirildi. Mazkur uslub joriy etilgan Samarqand viloyatida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj-6922 ta, shulardan iqtisodiyot tarmoqlarida-2198 ta, davlat xizmatida 3009 tani tashkil etadi;
Davlat fuqarolik xizmatchilari bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi va kasbiy kompetensiyalarni nazorat qilish tizimi  davlat xizmatlarini rivojlantirish xarajatlari,  davlat fuqarolik xizmati boshqaruv va kasbiy kompetensiyalari, ma’naviy-ahloqiy fazilatlar, ustoz-shogird, ma’lumotnoma (ob’ektivka)ni baholash ko‘rsatkichlariga ko‘ra takomillashtirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2023-yil 13-dekabrdagi 02-04/1-1883-son ma’lumotnomasi). Natijada, tizim orqali ularning kasbiy kompetensiyasini rivojlanishini onlayn monitoring qilish imkoniyati ta’minlangan.Ushbu tizimni qo‘llash davlat fuqarolik xizmatchilari mehnat unumdorligini-2,6 foizga, davlat xizmati organlarini boshqaruv samaradorligini 2,5 baravarga oshirish imkonini beradi.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish