Matnazarov Murodbek Maxsudbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Urganch shahri urbanonimlarining antroposentrik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil 1258.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Primov Azamat Iskandarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Qurboniyazov Gulmirza Allamberganovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xudoyberganov Ravshan Yusupovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Urganch shahri urbanonimlarining antroposentrik tadqiqini amalga oshirish, urbanonimlarning o‘zbek tili onomastik sathida tutgan leksik-semantik o‘rnini belgilash, urbanonimlarni tasniflash, tavsiflash, sotsiolingvistik, lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
  urbanonimlarning affiksatsiya, sintaktik, onomastik konversiya usuli singari hosil bo‘lish yo‘llari, antroposentrik tahlil jarayonida atalish motivlariga ko‘ra an’anaviy va rasmiy motivli turlari, muayyan lisoniy va nolisoniy usullar, shaxs nomi, joy nomi kabilarning urbanonimlarga ko‘chishi bilan bogʻliq sotsiolingvistik omillari isbotlangan;
        urbanonimlarning antroposentrik tahlili jarayonida turdosh ot va boshqa turkumga oid so‘zlar yordamida hosil bo‘lgan urbanonimlar, atoqli otlar yordamida hosil bo‘lgan urbanonimlar, sodda va qo‘shma tarkibli urbanonimlar, indikatorli urbanonimlar singari struktur jihatiga oid turlari mavjudligi dalillangan;
  yangi paydo bo‘lgan yoki qayta nomlanayotgan obektlarga nom tanlash, xalqning tarixi, mentaliteti hamda orzu-umidlarini aks ettiruvchi yuksak estetik saviyadagi urbanonimlarni yaratish yuzasidan nomlanayotgan obektning kimga yoki nimaga tegishliligi, joylashish o‘rni, nimaga mo‘ljallanganligi, qo‘yilayotgan nomning adabiy til qonuniyatlari va tilning estetik vazifasiga muvofiq kelishi isbotlangan;
Urganch shahridagi Xonatlas, Ko‘hna qal’a, Dunyo, Osiyo, Asr, Qutlug‘ qadam, Tabassum, Avesto, Diydor, Durdona, Shuhrat, Qaldirg‘och kabi urbanonimlarning antroposentrik tahlili orqali yosh avlodni ona tiliga hurmat, asriy qadriyatlarimizga sadoqat, milliy urf-odatlarimizga muhabbat ruhida kamol toptirishda nomlar muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Urganch shahri urbanonimlarining antroposentrik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
urbanonimlar bilan bog‘liq terminlar tizimining ichki guruhlari obektlarni nomlash turlariga ko‘ra mahalla nomlari, ko‘cha nomlari, yoʻllar, ko‘priklar, bozorlar va zamonaviy savdo markazlari, bog‘, park, xiyobon kabi dam olish maskanlari, muzey hamda galereyalar, suv havzalari, aeroport va vokzallar, shuningdek, korxona nomlari singari guruhlarga ajratilgan holda ochib berilgan xulosalardan FZ-2016-0914124453-raqamli “O‘zbek davlatchiligi tarixida sug‘diy til va yozuvining tutgan o‘rni (mil.av. II – milodiy XII asrlar)” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 27-oktyabrdagi 01/10-2261 son ma’lumotnomasi). Natijada Urganch shahri urbanonimlarining paydo bo‘lish tarixi, nomlanish tamoyillari, semantik guruhlari, tiplari haqidagi faktik materiallar turkiy va sug‘diy til toponimik birliklarining tarixiy-etimologik manbalarini tavsiflashga erishilgan;
urbanonimlarning affiksatsiya, sintaktik, onomastik konversiya usuli singari hosil bo‘lish yo‘llari, antroposentrik tahlil jarayonida atalish motivlariga ko‘ra an’anaviy va rasmiy motivli turlari, muayyan lisoniy va nolisoniy usullar, shaxs nomi, joy nomi kabilarning urbanonimlarga ko‘chishi bilan bogʻliq sotsiolingvistik omillari isbotlangani bilan bog‘liq xulosalardan BV-Atex-2018-(143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” davlat amaliy granti loyihasi doirasida “UzNutq Sintezator” kompyuter dasturini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 27-oktyabrdagi 01/10-2260-son ma’lumotnomasi). Natijada urbanonimlarning lisoniy maqomi, ularning toponimlarning boshqa turlari orasida tutgan o‘rni, shakllanish xususiyatlari, sotsiolingvistik va lingvokulturologik xususiyatlari tadqiqi xususida chiqarilgan xulosa va talqinlar hozirgi o‘zbek onomastikasi, xususan, urbanonimikasi uchun muhim zaruriy, ilmiy ma’lumot berishi; urbanonimlarni tahlil qilishdagi ilmiy qarashlar tahlil jarayonidagi yondashuvlarni rivojlantirishiga xizmat qilishi asoslangan;
 yangi paydo bo‘lgan yoki qayta nomlanayotgan obektlarga nom tanlash, xalqning tarixi, mentaliteti hamda orzu-umidlarini aks ettiruvchi yuksak estetik saviyadagi urbanonimlarni yaratish yuzasidan nomlanayotgan obektning kimga yoki nimaga tegishliligi, joylashish o‘rni, nimaga mo‘ljallanganligi, qo‘yilayotgan nomning adabiy til qonuniyatlari va tilning estetik vazifasiga muvofiq kelishi haqidagi nazariy qarashlar isbotlanganiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi 2023-yil 25-oktyabrdagi 1018- son ma’lumotnomasi). Natijada, interaktiv elektron platforma atoqli otlarning til tizimidagi o‘rni, ularning asosiy lisoniy xususiyatlariga oid ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan;
Urganch shahridagi Xonatlas, Ko‘hna qal’a, Dunyo, Osiyo, Asr, Qutlug‘ qadam, Tabassum, Avesto, Diydor, Durdona, Shuhrat, Qaldirg‘och kabi urbanonimlarning antroposentrik tahlili orqali yosh avlodni ona tiliga hurmat, asriy qadriyatlarimizga sadoqat, milliy urf-odatlarimizga muhabbat ruhida kamol toptirishda nomlar muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi asoslanganiga doir xulosalardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2023-yil 17-aprel kuni efirga uzatilgan “Tilimizni o‘rganamiz” dasturida, 2023-yil 6-iyun kuni “Til – millat ko‘zgusi” radioeshittirishida Urganch shahridagi urbanonimlarning motivativ ma’nolari, antroposentrik xususiyatlari yuzasidan bildirilgan nazariy xulosalardan foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 31-oktyabrdagi 2023-31-10, 725-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturda urbanonimlarning lingvokulturologik va sotsiolingvistik xususiyatlari kengroq ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish