Mamatkulova Zilolaxon Rejabalievnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Rishton kulolchilik leksikasining lisoniy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4015.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Sayyoraxon Maxamadalievna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.l32.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Inomjon Mamasodiqovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Madvaliev  Abduvahob  Pattaxonovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher  Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Rishton kulolchilik leksikasi tarkibini aniqlash, etimologiyasi, mavzuiy guruhlari va struktural turlarini aniqlash  hamda lug‘at tarkibida tutgan o‘rnini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kulolchilik sohasiga doir leksemalarning mavzuiy guruhlanishi, determinatsiya hodisasi izohlanib, Rishton kulolchilik kasb-hunar leksemalari differensiatsiyalash hamda qiyosiy-tarixiy aspektlarda tekshirilib, soha leksikasi xususiyatlari filologik jahatdan ochib berilgan;
Rishton kulolchilik kasb-hunar leksikasiga oid birliklarning  etimologik, terminologik hamda nominativ asoslari, ichki va tashqi omillar orqali boyish manbalari, mazkur birliklarning leksik-semantik, struktural belgilari dalillangan;
soha leksikasining affiksatsiya va kompozision usullar orqali yasalishi, yasovchi vositalar tizimi, mazkur birliklarning tuzilishiga ko‘ra turlari, soha vakillari nutqidan olingan birliklar lingvistik modellar asosida isbotlangan;
Rishton kulolchilik kasb-hunar leksikasining paydo bo‘lishidagi kognitiv va lingvokulturologik omillar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rishton kulolchilik leksikasining lisoniy tadqiq qilishga bag‘ishlangan izlanishlar asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriy qilingan:
kulolchilik sohasiga doir leksemalarning mavzuiy guruhlanishi, determinatsiya hodisasi izohlanib, Rishton kulolchilik kasb-hunar leksemalari differensiatsiyalash hamda qiyosiy-tarixiy aspektlarda tekshirilib, soha leksikasi xususiyatlari filologik jahatdan ochib berilgan fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql va maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihaning  kasb-hunar leksikasiga doir bo‘lgan bo‘limini yozishda muhim nazariy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 19-apreldagi 151-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning nazariy asoslariga doir ma’lumotlar milliy til imkoniyatlari hisobiga kengaytirilgan;
kasb-hunar leksikasiga oid birliklarning  etimologik, terminologik hamda nominativ asoslari, soha leksikasining ichki va tashqi omillar orqali boyish manbalari, mazkur birliklarning yaslish usullari va modellarini aniqlashga doir xulosalaridan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan AL-FDU2022307-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy-tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etishda, ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 28-sentyabrdagi 04/5413-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning nazariy asoslariga kasb-hunar leksikasiga oid birliklarning  etimologik, terminologik hamda nominativ asoslari, ichki va tashqi omillar orqali boyish manbalari  hisobiga kengaytirilgan;
Rishton kulolchilik leksikasi tarkibi, uning boyish manbalari va usullari, struktural-semantik hamda yasalish modellarini tadqiq etish yuzasidan chiqarilgan xulosalardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yilda efirga uzatilgan  “Xayrli kun” dasturida foydalanilgan. Natijada tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyitilgan (O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 15-avgustdagi 01-12.04/172-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv ssenariylari nazariy va amaliy jihatdan mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish