Sharipov Polvon Ruzmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Amarant o‘simligi oqsillari asosida biologik faol peptidlar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2469.
Ilmiy rahbar: Xasanov Xasan Tursunovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Urganch davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Karshiev Tolib Ovlaevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: amarant o‘simligi oqsillari asosida biologik faol peptidlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm sharoitida amarant etishtirib, etishtirilgan amarant mexanik, urug‘ining fizik-kimyoviy, xavfsizlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
amarant urug‘idan suvda, tuzli, spirtli eritmada eruvchi oqsillar ajratib, oqsillarning fermentativ kinetikasi Neytrase 0,8L fermenti globulin oqsiliga nisbatan eng yuqori spesifiklikni namoyon qilishi isbotlangan;
amarant urug‘ini proteaza (Neytrase 0,8L) fermenti bilan gidrolizlashda pH 6-7, harorat 45-55 S maqbulligi asoslangan;
amarant urug‘i oqsillaridan olingan molekulyar og‘irligi 7-16 kDa bo‘lgan peptidlar (+)-katexinni oksidlashi bo‘yicha yuqori antioksidantlik faolligi, Pseudomonas aeruginosa, Staphylococcus auerus, Bacillus subtilis bakteriyalarga nisbatan antimikrob xossasi isbotlangan;
olingan peptidlar SanQM 0366-19 “Oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligi gigienik normativlari” hujjati 9.1-bandi zaharli elementlar miqdori bo‘yicha mosligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Amarant urug‘ini fermentativ qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
amarant urug‘idan oqsil gidrolizatlari va patoka mahsuloti olish texnologoyasi «Standart sweet» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini vazirligi»ning 2024 yil 12 avgustidagi 05/06-02-654-son malumotnomasi). Natijada, Pseudomonas aeruginosa, Staphylococcus aureus, Bacillus subtilis mikroorgonizmlariga qarshi antimikrob faolligi yuqori oqsil gidrolizatlari va sifati GOST 33917-2013 talablariga mos patoka mahsuloti ishlab chiqarish imkonini bergan;
amarant urug‘idan olingan oqsil gidrolizatlari va patoka mahsuloti qo‘shib pivo olish texnologiyasi «Mehnat pivo» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini vazirligi»ning 2024 yil 12 avgustidagi 05/06-02-654-son malumotnomasi). Natijada, zator qandlashtirilgan, sifati GOST 31711-2012 talablariga mos pivo mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish