Nuralieva Ozoda Norboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz badiiy diskursida dialogik nutqning pragmastilistik mohiyati”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3541.
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yusupova Shoira Botirovna, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy matn personajlari dialogik nutqi voqelanishini ta’minlovchi omillarni pragmastilistik nuqtai nazardan aniqlash hamda ularning lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy matn tarkibida voqelangan dialogik nutqning lingvofalsafiy asosga ega ontologik va bevosita nutqiy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan hamda badiiy matnda aks topadigan gnoseologik belgilari ochib berilgan;
badiiy muloqot jarayonidagi lisoniy tanlov tasvirlanayotgan olam manzarasi, kontekstga muqobil ravishda bajarilishini ushbu tanlovning muloqot vaziyati talabini qondirishi lozimligi bois pragmatik moslashuv nazariyasi doirasida baholash samarasi belgilangan;
personajlar nutqining diskursiv tuzilishi va pragmatik samaraga erishishini ta’minlovchi omillarning bevosita kommunikativ maqsad va muloqot strategiyasi, lisoniy vositalar tanlovi bilan bog‘liqligini aniqlash usullari ishlab chiqilgan;
lisoniy birliklar tanlovi tilning sistem-struktur va semantik jihatlari bilan birgalikda, turli muloqot vaziyatida sodir bo‘ladigan makon-zamon munosabati muloqot ishtirokchilarining ruhiy-emotsional holati kabi ekstralingvistik hodisalar nazoratida kechishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz badiiy matnlarida voqelangan dialogik nutq namunalarining diskursiv hamda pragmatik xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
tadqiqotning badiiy muloqot jarayonida lisoniy tanlovning kommunikativ maqsadga mos ravishda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida bajarilishi haqidagi xulosalaridan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommuniksion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 9-sentyabrdagi 381/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, lisoniy tanlov tasvirlanayotgan olam manzarasi, kontekstga muqobil ravishda bajarilishini pragmatik moslashuv nazariyasi doirasida o‘rganishning samarasi belgilangan;
tilni o‘rganish jarayonlari va pragmastilistik tahlil amallari tatbiqiga doir tavsiyalardan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan  (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 9-sentyabrdagi 384/02-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilini amaliy o‘rganishga yo‘naltirilgan o‘quv adabiytlarining yangi variantlari yaratilgan;
lisoniy birliklar tanlovi tilning sistem-struktur va semantik jihatlari bilan birgalikda, turli muloqot vaziyatida sodir bo‘ladigan makon–zamon munosabati muloqot ishtirokchilarining ruhiy-emotsional holatiga oid xulosalaridan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1 UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 9-sentyabrdagi 380/02-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv jarayonini takomillashtirishga oid xalqaro loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan;
ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida qayd etilgan dialogik tuzilmalarning chog‘ishtirma-pragmatik tahlili natijasida mo‘ljalga mos ravishda faollashuvi haqidagi xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-sentyabrdagi 01.07/298-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabin va tinglovchilarni bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganish hamda terminologik birliklarning shakllanishi, muloqot matnida faollashuv xususiyatlari bilan tanishtirish amaliyoti muayyan darajada takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish