Mamatismoilova Xanifa Xayitmirzaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Namangan qipchoq shevalari maishiy leksikasining areal-qiyosiy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil11555.
Ilmiy rahbar: Darvishov Ibrohim O‘rmonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov O‘tkurjon Hosiljonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Norbaeva Shukurjon Xayitbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Namangan viloyati qipchoq shevalari areali maishiy leksikasini qiyosiy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘rganish, adabiy til bilan mushtarak va o‘ziga xos farqli jihatlarni hamda ularni yuzaga chiqaruvchi omil va sabablarni ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Namangan viloyati qipchoq sheva areallarining maishiy leksikasiga xos xarakterli fokus nuqtalari, leksik o‘zgachaliklarning hududiy etnik va tabiiy geografik xususiyatlariga bog‘liqligi asoslangan, lingvogeografik, lingvomadaniy xususiyatlari asoslangan;
tarixiy-qiyosiy paradigmalarga tayanib turkiy va turkiy bo‘lmagan xalqlarning migratsiyasi va konsolidatsiyasi natijasidagi ijtimoiy hodisa va jarayonlar orqali mahalliy tillarda vujudga kelgan o‘ziga xos leksik birliklarning lingvistik-semantik hamda shakl va ma’no munosabatlari Namangan qipchoq shevalari zonasiga xos lisoniy belgilari tarixiylik nuqtayi nazaridan aniqlangan;
Namangan qipchoq lahjali aholi vakillarining etnogenezisi, urug‘ va qabilalarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib o‘tishi (migratsiya), birlashishi (konsolidatsiya) jarayonlari tarixiy voqeliklar natijasi ekanligi aniqlanib, achchiq [aččix//ačiq], balchiq [balčix//balčiγ], beshik [bešij://bešig], burchak [büččaj//kunǯak//tüpčak], bo‘g‘iz [bo‘wiz], dovul [do‘wil//dowul//daul//davil], jiyda [jigda//jiyde//ǯigda] kabi 500 ga yaqin qipchoq sheva areallarida faol qo‘llanuvchi leksik birliklarning lisoniy ifodalari faktik ma’lumotlar beruvchi asos sifatida dalillangan;
Namangan qipchoq shevalari areali maishiy leksikasining o‘zaro birlashtiruvchi izoleksemalarining amal qilish areallari, lug‘aviy shakl va ma’no munosabatlari, dialektal evfemizm va tabular, ularning etnogenetik hamda etimologik asoslariga ko‘ra nutqiy ifodalardagi fonetik-fonologik, enantiosemik (bir-biriga qarshi sema, belgi, ishora) farqli qo‘llanishlari isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili toponimiyasida konversiya va transonimizatsiya tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Namangan viloyati qipchoq sheva areallarining maishiy leksikasiga xos xarakterli fokus nuqtalari, leksik o‘zgachaliklarning hududiy etnik va tabiiy geografik xususiyatlariga bog‘liqligi asoslangan, lingvogeografik, lingvomadaniy xususiyatlari tavsiflangan o‘rinlardan, xulosa va to‘xtamlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi”ni yaratish bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 1-iyuldagi 04/1-1718-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy va turkiy bo‘lmagan xalqlarning migratsiyasi va konsolidatsiyasi natijasidagi ijtimoiy hodisa va jarayonlar orqali mahalliy tillarda vujudga kelgan o‘ziga xos leksik birliklarning lingvistik-semantik xususiyatlari haqidagi fikrlar boyitilgan;
tarixiy-qiyosiy paradigmalarga tayanib turkiy va turkiy bo‘lmagan xalqlarning migratsiyasi va konsolidatsiyasi natijasidagi ijtimoiy hodisa va jarayonlar orqali mahalliy tillarda vujudga kelgan o‘ziga xos leksik birliklarning lingvistik-semantik hamda shakl va ma’no munosabatlari boshqa lahjalar va o‘zbek adabiy tiliga nisbatan taqqoslanib, Namangan qipchoq shevalari zonasiga xos etno va lingvomadaniy, pragmatik, sotsiolingvistik va mentolingvistik belgilari aniqlangan o‘rinlardan O‘zbekiston Pespublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi IV. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va “Besh muhim tashabbus” doirasida amalga oshiriladigan ishlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 14-sentyabrdagi 262-son ma’lumotnomasi). Natijada shevaga xos so‘zlarning adabiy tilning boyligi, sofligi, aniqligi, mantiqiyligi, to‘g‘riligi va ta’sirchanligini oshirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilishi, tilimizning yashovchanligini yanada mustahkamlashga bevosita ta’sir qilish xususiyatlari nazariy jihatdan asoslangan;   
Namangan qipchoq lahjali aholi vakillarining etnogenezisi, urug‘ va qabilalarning migratsiya, konsolidatsiya jarayonlari tarixiy voqeliklar natijasi ekanligi aniqlanib, achchiq [aččix//ačiq], balchiq [balčix //balčiγ], beshik [bešij://bešig], burchak [büččaj//kunǯak//tüpčak], bo‘g‘iz [bo‘wiz], dovul [do‘wil//dowul//daul//davil], jiyda [jigda//jiyde//ǯigda] kabi 500 ga yaqin qipchoq sheva areallarida faol qo‘llanuvchi leksik birkiklarning lisoniy ifodalari faktik ma’lumotlar beruvchi asos ekanligi dalillangan ilmiy xulosalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarini yoritishga oid eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 13-sentyabrdagi 04-36/1495-son ma’lumotnomasi). Natijada shevaga xos barqaror birikmalarning milliy-madaniy, ijtimoiy-tarixiy ildizlari adabiy va badiiy tilning boshqa namunalari bilan uzviy aloqada ekanligi ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish