Nuraliev Firdavs Nekkadamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ip yigirish korxonalari ishchilarining mehnat sharoitini gigienik baholash va profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqish», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib2707.
Ilmiy rahbar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb-kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: ip yigirish korxonasi ishchilarining mehnat sharoitlarini gigienik baholash, kasallanish ko‘rsatkichlari va organizm rezistentligini tahlil qilish asosida profilaktika choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ip yigirish korxonasi ishchilari uchun III-sinf 3-darajali xavflilik toifasiga mansub va kasbiy kasalliklarning rivojlanishiga sababi hisoblanadigan noqulay sanitar-gigienik ish sharoitlari aniklangan;
yukori darajali shovqin va yoritilganlikning etarli emasligi bilan vegetativ-qon tomir distoniyasi, I bosqichdagi gipertoniya kasalligi, asteno-nevrotik sindrom orasida (r=0,62-0,98), noqulay mikroiqlim ko‘rsatkichlari va havoning changlanishi bilan allergik bronxit va kon’yunktivit orasida (r=0,62-0,88), yoritilganlikning etarli emasligi bilan ko‘z miopiyasi orasida (r=0,71) korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
ip yigirish korxonasi ishchilarning organizmning umumiy rezisteningligining pasayishi, patologik oldi va patologik holatlarning shakllanishi va rivojlanishining asosiy sabablaridan biri immunologik ko‘rsatkichlarning ishonchli o‘zgarishi: limfotsitlar miqdori 1,7 marta pasayishi, yadro-tayoqchali neytrofillar 1,5 marta, monotsitlar, eozinofillar va bazofillar (MEB) 2,2 marta oshishi aniqlangan;
kasbiy xavflarni aniqlash, patologiya oldi va patologik holatlarni erta tashxislash, yetakchi sanoat omillari va organizmning rezistentlik darajasini hisobga olgan holda modernizatsiya qilingan ip yigirish korxonalarida ishchilar o‘rtasida ishlab chiqarish bilan bog‘liq va kasbiy kasallanishni kamaytirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ip yigirish korxonalari ishchilarining mehnat sharoitini gigienik baholash va profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ip yigirish korxonasi ishchilari uchun III-sinf 3-darajali xavflilik toifasiga mansub va kasbiy kasalliklarning rivojlanishiga sababi hisoblanadigan noqulay sanitar-gigienik ish sharoitlari aniklanganligi bo‘yicha takliflar Sanitariya, gigiena va kasb-kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 oktyabrda 11-son bilan tasdiqlangan «Ip yigirish korxonasi ishchilari organizm rezistentligining hujayraviy va gumoral omillarini aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi bo‘yicha 20.11.2023 yildagi 584-14-199-SES/2023-son hamda Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Xiva tumani bo‘limi bo‘yicha 15.11.2023 yildagi 615-12-176-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/80-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: organizm immun tizimi parametrlaridagi og‘ishlarni kuzatib borishni ta’minlaydigan doimiy immunologik monitoring ambulatoriya sharoitida ishchilar salomatligi holatini kuzatishni ta’minlagan va ularda patologiya oldi hamda patologik holatlar rivojlanishining oldini olishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: klinik-laborator tekshiruvlar, tor ixtisosliklar shifokorlari konsul`tatsiyasi salomatlik bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan ishchilarni davolash va reabilitatsiya qilishning hojatini kamaytirish, kasbiy va kasb bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish hisobiga korxona tomonidan ko‘riladigan moddiy zarar miqdori 12,5% ga qisqarish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: yukori darajali shovqin va yoritilganlikning etarli emasligi bilan vegetativ-qon tomir distoniyasi, I bosqichdagi gipertoniya kasalligi, asteno-nevrotik sindrom orasida (r=0,62-0,98), noqulay mikroiqlim ko‘rsatkichlari va havoning changlanishi bilan allergik bronxit va kon’yunktivit orasida (r=0,62-0,88), yoritilganlikning etarli emasligi bilan ko‘z miopiyasi orasida (r=0,71) korrelyasion bog‘liqlik isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sanitariya, gigiena va kasb-kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 oktyabrda 11-son bilan tasdiqlangan «Ip yigirish korxonasi ishchilari organizm rezistentligining hujayraviy va gumoral omillarini aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi bo‘yicha 20.11.2023 yildagi 584-14-199-SES/2023-son hamda Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Xiva tumani bo‘limi bo‘yicha 15.11.2023 yildagi 615-12-176-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/80-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: organizm immun tizimi parametrlaridagi og‘ishlarni kuzatib borishni ta’minlaydigan doimiy immunologik monitoring ambulatoriya sharoitida ishchilar salomatligi holatini kuzatishni ta’minlagan va ularda patologiya oldi hamda patologik holatlar rivojlanishining oldini olishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: klinik-laborator tekshiruvlar, tor ixtisosliklar shifokorlari konsul`tatsiyasi salomatlik bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan ishchilarni davolash va reabilitatsiya qilishning hojatini kamaytirish, kasbiy va kasb bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish hisobiga korxona tomonidan ko‘riladigan moddiy zarar miqdori 12,5% ga qisqarish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
uchunchi ilmiy yangilik: ip yigirish korxonasi ishchilarning organizmning umumiy rezisteningligining pasayishi, patologik oldi va patologik holatlarning shakllanishi va rivojlanishining asosiy sabablaridan biri immunologik ko‘rsatkichlarning ishonchli o‘zgarishi: limfotsitlar miqdori 1,7 marta pasayishi, yadro-tayoqchali neytrofillar 1,5 marta, monotsitlar, eozinofillar va bazofillar (MEB) 2,2 marta oshishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sanitariya, gigiena va kasb-kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 oktyabrda 11-son bilan tasdiqlangan «Ip yigirish korxonasi ishchilari organizm rezistentligining hujayraviy va gumoral omillarini aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi bo‘yicha 20.11.2023 yildagi 584-14-199-SES/2023-son hamda Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Xiva tumani bo‘limi bo‘yicha 15.11.2023 yildagi 615-12-176-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/80-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: organizm immun tizimi parametrlaridagi og‘ishlarni kuzatib borishni ta’minlaydigan doimiy immunologik monitoring ambulatoriya sharoitida ishchilar salomatligi holatini kuzatishni ta’minlagan va ularda patologiya oldi hamda patologik holatlar rivojlanishining oldini olishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: klinik-laborator tekshiruvlar, tor ixtisosliklar shifokorlari konsul`tatsiyasi salomatlik bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan ishchilarni davolash va reabilitatsiya qilishning hojatini kamaytirish, kasbiy va kasb bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish hisobiga korxona tomonidan ko‘riladigan moddiy zarar miqdori 12,5% ga qisqarish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kasbiy xavflarni aniqlash, patologiya oldi va patologik holatlarni erta tashxislash, yetakchi sanoat omillari va organizmning rezistentlik darajasini hisobga olgan holda modernizatsiya qilingan ip yigirish korxonalarida ishchilar o‘rtasida ishlab chiqarish bilan bog‘liq va kasbiy kasallanishni kamaytirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Sanitariya, gigiena va kasb-kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 oktyabrda 11-son bilan tasdiqlangan «Ip yigirish korxonasi ishchilari organizm rezistentligining hujayraviy va gumoral omillarini aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi bo‘yicha 20.11.2023 yildagi 584-14-199-SES/2023-son hamda Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Xiva tumani bo‘limi bo‘yicha 15.11.2023 yildagi 615-12-176-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/80-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: organizm immun tizimi parametrlaridagi og‘ishlarni kuzatib borishni ta’minlaydigan doimiy immunologik monitoring ambulatoriya sharoitida ishchilar salomatligi holatini kuzatishni ta’minlagan va ularda patologiya oldi hamda patologik holatlar rivojlanishining oldini olishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: klinik-laborator tekshiruvlar, tor ixtisosliklar shifokorlari konsul`tatsiyasi salomatlik bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan ishchilarni davolash va reabilitatsiya qilishning hojatini kamaytirish, kasbiy va kasb bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish hisobiga korxona tomonidan ko‘riladigan moddiy zarar miqdori 12,5% ga qisqarish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish