Xursanov Yokubjon Erkin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qisilgan ventral churralarni jarrohlik davolashda taranglashmagan gernioalloplastikaning xususiyatlari», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2305.
Ilmiy rahbarlar: Kurbaniyazov Zafarjon Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jabaev Safarboy Tuxtabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Junichi Sakamoto, tibbiyot fanlari doktori, professor (Yaponiya).
Yetakchi tashkilot: I.I.Mechnikov nomidagi shimoliy-g‘arbiy Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
qisilgan ventral churrasi bilan bemorlarni jarrohlik yo‘li  davolash natijalarini taranglashmagan gernioplastika usullarini ishlab chiqish va amalyotga qo‘llash oshirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
enteral etishmovchilik darajasi va qorin bo‘shlig‘i bosimi  darajasiga, shuningdek churraning turi va hajmiga qarab qisilgan ventral churralar uchun davolash hamda diagnostika algoritmi ishlab chiqilgan;
P-simon shaklidagi choklarni (W1-W2 da) oldindan qo‘llash orqali "onlay" taranglashmagan plastik jarrohlik usullari ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan hamda "onlay+sublay" kombinatsiyalangan usuli yordamida endoprotezni implantatsiya qilish bilan, kompartment sindromining rivojlanishini oldini olish, katta va gigant o‘lchamdagi (W3-W4) qisilgan churralarda kasallikning qaytalanishini kamaytirish asoslangan;
qisilgan ventral churralar bo‘yicha operatsiyalardan so‘ng davolash tadbirlarning samaradorligi qorin bo‘shlig‘ini va qorin devorini protezlash zonasini ultratovush tekshiruvi, shuningdek qorin bo‘shlig‘i bosimi dinamik nazorat qilish asoslangan;
ichak tutilishi bilan asoratlangan qisilgan churralarda tavsiya etilgan taranglashmagan gernioplastika usullarining klinik samaradorligi qorin bo‘shlig‘i, umumiy va yara asoratlari hamda o‘lim holati kursatgichini pasayishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 – yil 22 – iyul`dagi 04/34 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: enteral etishmovchilik darajasi va qorin bo‘shlig‘i bosimi darajasiga, shuningdek churraning turi va hajmiga qarab qisilgan ventral churralar uchun davolash hamda diagnostika algoritmi ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Enteral va poliorgan etishmovchiligini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan qorin bo‘shlig‘i bosimi  bilan bemorlarda, taranglashmagan gernioplastik jarrohlik usullarini qo‘llash, turi va hajmidan qat’i nazar, qisilgan ventral churralar uchun ko‘rsatma hisoblanadi. Enteral intubatsiya ichak etishmovchiligining profilaktikasi hisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qorin oldingi devori churralarida birga keladigan abdominoptoz bilan og‘rigan bemorlarning davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali 16.02.2024 y. 81-son buyrug‘i va Qashqadaryo viloyati Qarshi shaxar tibbiyot birlashmasi 25.03.2024 y. 442-4-69-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: enteral etishmovchilik darajasi va qorin bo‘shlig‘i bosimi algoritmi ancha soddalashtiradigan va uning davomiyligini qisqartiradigan davolash usulini joriy etish taklif etilgan; bemorlarning hayot sifati sezilarli darajada yaxshilanganligi, shuningdek, jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda kasallikning asoratlari va qaytalanishi bo‘lmaganligi amaliyotda keng qo‘llashni tavsiya qilish uchun asosdir. Iqtisodiy samaradorligi: qisilgan ventral churralar uchun davolash hamda diagnostika algoritmi bilan davolash odatda umumiy o‘rtacha 4576480 so‘m (Qarshi shaxar tibbiyot birlashmasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 855300 so‘m sarflanadi. Agarda bemorlarda to‘liq yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 1810900 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: qisilgan ventral churralar uchun davolash hamda diagnostika algoritmi bilan davolash usulini qo‘llanilishi 1 yilda 1510800 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 453240 so‘m budjet mablag‘lari, 1057560 so‘m budjetdan tashqari mablag‘lar.
ikkinchi ilmiy yangilik: P-simon shaklidagi choklarni (W1-W2 da) oldindan qo‘llash orqali "onlay" taranglashmagan plastik jarrohlik usullari ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan hamda "onlay+sublay" kombinatsiyalangan usuli yordamida endoprotezni implantatsiya qilish bilan, kompartment sindromining rivojlanishini oldini olish, katta va gigant o‘lchamdagi (W3-W4) qisilgan churralarda kasallikning qaytalanishini kamaytirish asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ishlab chiqilgan gernioplastikaning P-simon fiksatsiya choklari yordamida taranglashmagan «onlay» (W1-W2 da) usuli va kombinirlangan «onlay+sublay» usuli (W3-W4 da ) kompartment sindrom va churra residivining xavfini 19,1% dan 5,4% gacha kamaytiradi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qorin oldingi devori churralarida birga keladigan abdominoptoz bilan og‘rigan bemorlarning davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali 16.02.2024 y. 81-son buyrug‘i va Qashqadaryo viloyati Qarshi shaxar tibbiyot birlashmasi 25.03.2024 y. 442-4-69-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: qisilgan kindik churrasi va W1-W2 da dastlabki  P-simon choklar yordamida endoprotez fikssiyasi bilan taranglashmagan «onlay» plastik jarrohligi tavsiya etiladi, bu implant siljishini va residivlanishni oldini oladi. W3-W4 da taranglashmagan kombinirlangan «onlay+sublay» usulida gernioalloplastika tavsiya etiladi. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashda plastika usulini tanlash mezonlarini hisobga olgan holda algoritmni qo‘llash operatsiyadan keyingi asoratlarning umumiy chastotasini 11,9% dan 4,3% gacha kamaytirish imkonini bergan (p= 0,045), shu jumladan yara asoratlari 10,7% dan 3,7% gacha va qorin bo‘shlig‘idan tashqari 19,1% dan 4,9% gacha, shuningdek, jarrohlik davolash muddatini, reabilitatsiya davrlarini va turli xil gernioplastika variantlaridan keyin statsionarda davolanishning umumiy davomiyligini sezilarli darajada qisqartirgan. Xulosa: P-simon shaklidagi choklarni (W1-W2 da) oldindan qo‘llash orqali "onlay" taranglashmagan plastik jarrohlik usullari qo‘llanilishi 1 yilda 5721600 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 1416480 so‘m budjet mablag‘lari, 3355130 so‘m budjetdan tashqari mablag‘lar.
uchinchi ilmiy yangilik: qisilgan ventral churralar bo‘yicha operatsiyalardan so‘ng davolash tadbirlarning samaradorligi qorin bo‘shlig‘ini va qorin devorini protezlash zonasini ultratovush tekshiruvi, shuningdek qorin bo‘shlig‘i bosimi dinamik nazorat qilish asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: taranglashmagan gernioplastik jarrohlik natijasida asosiy tadqiqot guruhida qorin bo‘shlig‘i bosimining pasayishiga sezilarli (r˂0,05) tendensiya kuzatildi (taqqoslash guruhida dastlabki 19,3±1,6 operatsiyadan keyin  17,1±1,3 gacha pasaydi, asosiy guruhda 18,8±1,8 dan 14,5±1,3 mm.sim.ust gacha) keyingi 3 kun ichida tegishli tendensiya bilan. Qorin bo‘shlig‘ining ultratovush tekshiruvi ichak tutilishi va parezlarni bartaraf etilishini kuzatish imkonini berdi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qorin oldingi devori churralarida birga keladigan abdominoptoz bilan og‘rigan bemorlarning davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali 16.02.2024 y. 81-son buyrug‘i va Qashqadaryo viloyati Qarshi shaxar tibbiyot birlashmasi 25.03.2024 y. 442-4-69-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: yara asoratlarining oldini olish uchun gernioalloplastika Redon bo‘yicha to‘r ustidagi bo‘shliqni drenajlash bilan yakunlanishi kerak. Bunda makroteshikli implantlarga afzallik beriladi. Iqtisodiy samaradorligi: qorin devorini protezlash zonasini ultratovush tekshiruvi bilan odatda umumiy o‘rtacha 1180400 so‘m sarflanadi (Qarshi shaxar tibbiyot birlashmasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan taranglashmagan gernioplastika jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Operatsiyadan keyingi ventral churrasi bulgan bemorlarga ultratovush tekshiruvi xulosasidan foydalanish yuzaga kelishi mumkin bulgan asoratlarning oldini olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 6400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 8000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ichak tutilishi bilan asoratlangan qisilgan churralarda tavsiya etilgan taranglashmagan gernioplastika usullarining klinik samaradorligi qorin bo‘shlig‘i, umumiy va yara asoratlari hamda o‘lim holati kursatgichini pasayishi asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ichak tutilishi bilan asoratlangan qisilgan churrasi bo‘lgan bemorlarni enteral etishmovchilik darajasi va qorin bo‘shlig‘i bosimi  darajasiga, shuningdek, churralarning turi va hajmiga qarab davolashning tavsiya etilgan algoritmi, qorin bo‘shlig‘i asoratlari chastotasini 20,7 % dan 4,4% gacha kamaytirish imkonini, operatsiyadan keyingi umumiy asoratlarni 28,3% dan 11,3% gacha, o‘lim darajasi 5,2% dan 1,5% gacha, yara asoratlari 28,3% dan 8,8% gacha pasaytirish imkonini berdi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qorin oldingi devori churralarida birga keladigan abdominoptoz bilan og‘rigan bemorlarning davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali 16.02.2024 y. 81-son buyrug‘i va Qashqadaryo viloyati Qarshi shaxar tibbiyot birlashmasi 25.03.2024 y. 442-4-69-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: ichak tutilishi bilan asoratlangan qisilgan churralarda tavsiya etilgan taranglashmagan gernioplastika bilan qorin old devorining nuqsoni hajmini va churraning qorin bo‘shlig‘i hajmiga nisbatini aniqlash, kompyuter tomografiyasi ma’lumotlaridan foydalanish orqali bemorlarni ana’naviy operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish, davolash va hayot sifatini yaxshilashga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: ichak tutilishi bilan asoratlangan qisilgan churralarda tavsiya etilgan taranglashmagan gernioplastika bilan bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 7893355 so‘m (Qarshi shaxar tibbiyot birlashmasi preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 5546810 so‘mni (1 nafar bemorga) tashkil etadi. Xulosa: Operatsiyadan keyingi ventral churra bilan bemorlarni davolashda, jarroxlik usulini tanlashda tavsiya etilgan differensial yondashuv operatsiyadan keyingi yaqin davrdagi asoratlar va churra residivining kamayishi bilan o‘z samaradorligini isbotlagan, bu esa 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 670000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 780000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish