Salyamova Feruza Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali buyrak kasalligida yurak qon-tomir asoratlari xavf omillarini prognostik ahamiyatini baholash”  14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3302.
Ilmiy rahbar: Sabirov Maqsud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori,  professor; Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak kasalligi 3-4 bosqichi, rejali gemodializdagi va buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda, klinik patogenetik mexanizmlarini o‘rganish asosida, yurak qon-tomir tizimi asoratlarini xavf omillarini prognostik ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligi 3-4 bosqichdagi, doimiy ko‘rsatgichdagi dializ suyuqligi negizidagi gemodializ oluvchi va buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda laborator ko‘rsatkichlar va elektrolitlar muvozanati yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga sabab bo‘lishi amaliy asoslangan;
surunkali buyrak kasalligi 3-4 bosqichdagi, dasturli gemodializ oluvchi va buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda yurak morfofunksional xolatining yuqori gradatsiyali aritmiyalar uchrash soniga salbiy ta’siri aniqlangan;
yurak qon-tomir tizimi kasalliklari xavf omillari arterial gipertenziya, anemiya, dislipidemiyani surunkali buyrak kasalligi 3-4 bosqichdagi, dasturli gemodializ oluvchi bemorlarda yurak qayta tuzilishining salbiy tarafga o‘zgarishi, aksincha buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda esa miokardning struktur-funksional remodellanishiga ijobiy ta’sir dinamikasi amaliy isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligi 3-4 bosqichdagi, rejali gemodializ oluvchi va buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan bemorlar klinik xolati, laborator ko‘rsatkichlar va elektrolitlar muvozanati va boshqa xavf omillarini xisobga olgan xolda yurak qon-tomir tizimiga ta’sirini o‘rganuvchi shkala samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 8 iyul’dagi 2-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi 3-4 bosqichdagi, doimiy ko‘rsatkichdagi dializ suyuqligi negizidagi gemodializ oluvchi va buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan bemorlarni klinik xolatidagi o‘zgarishlarga   laborator ko‘rsatkichlar va elektrolitlar muvozanati orasidagi tafovutlar sababchi ekanligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2023 yil 16 oktyabrdagi №62 buyruq asosida va Toshkent viloyati kup tarmoqli tibbiyot markazlarida 2023 yil 19 oktyabrdagi 109-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tekshiruvlarda qondagi anemiya ko‘rsatkichi, giperkaliemiya, gipomagniemiya va giperxolesterinemiya ko‘rsatkichlari buyrak transplantatsiyasi amaliyotidan keyin me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan tenglashganligi orqali hayot sifati yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi buyrak transplantatsiyasi amaliyotidan keyin bemorlar antianemik, gipolipidemik va elektrolitlar muvozanatini korreksiyalovchi dori vositalarni qabul qilishni to‘xtatish orqali oyiga o‘rtaccha uch  yuzming so‘m atrofida iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: buyrak transplantatsiyasidan so‘ngi davrda surunkali buyrak kasalligi 3-4 bosqichdagi, dasturli gemodializ oluvchi guruxlarga nisbatan bemorlarning xayot sifati yaxshilanganligi anemiya, elektrolitlar disbalansi va lipidogrammadagi tafovutlar normallashtirishga erishildi va bir bemorga oyiga uch yuz ming so‘m tejab qolindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi 3-4 bosqichdagi, dasturli gemodializ oluvchi bemorlarning buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan bemorlarga nisbatan yurak morfofunksional xolatini  exokardiografik o‘zgarishlarining bemor hayotiga xavf soluvchi yuqori gradatsiyali aritmiyalar uchrashini ortishi, Xolter monitoringi orqali baholash va o‘zaro tafovut aniqlanishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2023 yil 16 oktyabrdagi №62 buyruq asosida va Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida 2023 yil 19 oktyabrdagi 109-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tekshiruvlarda buyrak transplantatsiya amaliyotidan keyin yurak struktur xolati sekin astalikda normal ko‘rsatkichlarga yaqinlashishi va aritmiya va blokadalar uchrash sonining kamayishi orqali hayot sifati yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi buyrak transplantatsiyasi amaliyotidan keyin bemorlar antianemik davo va yurak ablyasiyasi amaliyotiga muxtojlik sezmasligi orqali ikki yuz ming so‘mdan 25 million so‘m atrofida iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: buyrak transplantatsiyasidan so‘ngi davrda surunkali buyrak kasalligi 3-4 bosqichdagi, dasturli gemodializ oluvchi guruxlarga nisbatan bemorlarning hayot sifati yaxshilanganligi yurak qayta tuzilishi va yuqori gradatsiyali aritmiyalarning uchrash sonining kamayishiga erishildi va bir bemorga agar antiaritmik dori vositasi qabul qilmasa oyiga ikki  yuz ming so‘m, ablyasiya amaliyotiga muxtojlik yo‘qolishi natijasida yigirma besh million so‘mgacha tejab qolindi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi 3-4 bosqichdagi, dasturli gemodializ oluvchi va buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda miokardning struktur-funksional remodellanishiga ta’sir etuvchi, yurak qon-tomir tizimi kasalliklari xavf omillari xisoblanadigan arterial gipertenziya, anemiya, dislipidemiyani miokardning struktur-funksional remodellanishiga ta’sir darajasi bilan bog‘liqliq ekanligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2023 yil 16 oktyabrdagi №62 buyruq asosida va Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida 2023 yil 19 oktyabrdagi 109-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tekshiruvlarda buyrak transplantatsiya amaliyotidan keyin yurak qayta tuzilishi sekin astalikda me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashishi va turg‘un gipertenziya darajasi kamayishi orqali hayot sifati yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi buyrak transplantatsiyasi amaliyotidan keyin bemorlar gipotenziv davoga muxtojlik sezmasligi orqali ikki yuz ming so‘m atrofida iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: buyrak transplantatsiyasidan so‘ngi davrda surunkali buyrak kasalligi 3-4 bosqichdagi, dasturli gemodializ oluvchi guruxlarga nisbatan bemorlarning turg‘un gipertenziya darajasi kamayishiga erishildi va bir bemorga gipotenziv dori vositasi qabul qilmagan xolda oyiga ikki  yuz ming so‘m tejab qolindi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi 3-4 bosqichdagi, rejali gemodializ oluvchi va buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan bemorlar klinik xolati, laborator ko‘rsatkichlar va elektrolitlar muvozanati buzilishi va boshqa xavf omillarini xisobga olgan xolda yurak qon-tomir tizimiga ta’sirini o‘rganuvchi shkala ko‘rib chiqilishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2023 yil 16 oktyabrdagi №62 buyruq asosida va Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida 2023 yil 19 oktyabrdagi 109-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tekshiruvlarda buyrak transplantatsiya amaliyotidan keyin laborator va instrumental tekshiruv natijalari orasidagi farq, yurak qayta tuzilishi sekin astalikda me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashishi, yuqori gradatsiyali aritmiyalarning kamayishi va turg‘un gipertenziya darajasi kamayishi orqali hayot sifati yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi buyrak transplantatsiyasi amaliyotidan keyin bemorlar antianemik, antiaritmik, gipotenziv davoga muxtojlik sezmasligi va gemodializ amaliyotidan voz kechish orqali bir kishiga yillik bir yuz ellik million so‘m atrofida iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bir marotabalik gemodializ seansi tibbiyot xodimlari mehnati bilan  o‘rtacha 700 ming so‘m deyilganida yiliga 180 marotaba gemodializ seansiga o‘rtacha 126 mln so‘m davlat ajratadi. Buyrak resipientlari immunosupressiv davo o‘rtacha 20-25mln so‘mga baholanadi. Yillik bir kishi uchun iqtisodiy samaradorlik 90-100 mln so‘mga baholanmoqda. Buyrak transplantasiyasidan so‘ngi davrda surunkali buyrak kasalligi 3-4 bosqichdagi, dasturli gemodializ oluvchi guruxlarga nisbatan bemorlarning laborator ko‘rsatkichlari me’yorlashuviga, yurak qayta tuzilishi regressiyasi, yuqori gradatsiyali aritmiya xavfi kamayishi, qon bosimining me’yorlashuviga va gemodializ seanslariga muxtojlik sezmaslik orqali hayot sifati yaxshilanishi bir bemorga yiliga bir yuz ellik million so‘m tejab qolindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Surunkali buyrak kasalligida yurak qon-tomir asoratlari xavf omillarini prognostik ahamiyatini baholash” uslubiy tavsiyanomasi Toshkent davlat stomatologiya instituti ekspertlar kengashining 29.09.23 y.da 04-p/74-son bilan tasdiqlangan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma nefrologiya va kardiologiya klinik amaliyotida surunkali buyrak kasalligining turli bosqichlarida yurak qon-tomir kasalliklari asoratlarini barvaqt aniqlashtirish imkonini bergan. “Surunkali buyrak kasalligining turli bosqichlarida bo‘lgan bemorlarda miokardni remodellanishi hamda uni belgilovchi omillar” uslubiy tavsiyanomasi ekspertlar kengashining 29.09.23 y.da 04-p/73-son bilan tasdiqlangan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma nefrologiya va kardiologiya klinik amaliyotida surunkali buyrak kasalligining turli bosqichlarida yurakning qayta tuzilishi va uning salbiy oqibatlarini ertaroq bahoratlash imkonini bergan. “Surunkali buyrak kasalligida yurak qon-tomir asoratlari xavf omillarini prognostik ahamiyatini baholash” uslubiy tavsiyanomasi Toshkent davlat stomatologiya instituti ekspertlar kengashining 29.09.23 y.da 04-p/74-son bilan tasdiqlangan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma klinik amaliyotida Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida 2023 yil 19 oktyabrdagi 109-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga tadbiq etilgan. Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi surunkali buyrak kasalligining turli bosqichlarining klinik kechishi va uni yurak qon-tomir tizimi qayta tuzilishi va asoratlarining rivojlanishini sekinlashtirish imkonini bergan. Xulosa: tadqiqot natijasida surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarga buyrak ko‘chirib o‘tkazilishi bilan ularning hayot sifatini yaxshilash, yurak remodellanishini sekinlashtirish hamda yurakka bog‘liq asoratlar avj olishini oldini olish orqali o‘lim ko‘rsatkichini pasaytirish oqibatida ularning yashovchanligini ortishi kuzatildi. Bu tadqiqot davrida resipientlarda transplantant buyrak funksiyasini yaxshi saqlanganligi, hayot sifatinii ijobiy tomonga siljiganligi hamda yurak remodellanishi ko‘rsatkichlarini va uning disfunksiyasini salbiy tomonga o‘zgarmaganligi bilan namoyon bo‘lishi tufayli yuzaga keladigan asoratlar sonini pasaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashdan iborat.

Yangiliklarga obuna bo‘lish