Sultanova Laylo Rustamjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda glomerulonefritning noionlashtiruvchi nur diagnostikasi» 14.00.19 - Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib 4096.
Ilmiy rahbar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karimov Axmadjon Xashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamadalieva Yashnar Mamasolievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bemorlarni kompleks tekshiruv tizimida noionlashtiruvchi nur tashhis usullarini qo‘llash orqali bolalarda glomerulonefrit tashxisini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda buyrakning kortiko-medulyar qavatininig qattiqlik darajasini 5 mm chuqurlikda sifat va miqdoriy baholashda ARFI va SWE siljish to‘lqinli elastografiyaning aniq vizualizatsiyasi uchun lateral va lyumbal dostuplari orqali o‘tkazish texnikasi takomillashtirilgan;
bolalarda o‘tkir va surunkali glomerulonefritning differensial diagnostikasida buyrak to‘qimasidagi yallig‘lanish yoki fibrozlanish xolatlarini yuqori maydonli MRT usulining DWI-rejimida diffuziya koeffisientining o‘zgarishi xisobiga qo‘llanilishi isbotlangan;
bolalarda glomerulonefritni o‘tkir va surunkali kechuvini baholashda siljish to‘lqinli elastografiyada buyrakning kortiko-medullyar qavatining qattiqlik ko‘rsatkichlari kasallikka xos bo‘lgan chegara qiymatlari ROC-egri chizig‘i orqali diagnostik samaradorlik ko‘rsatkichlari isbotlangan;
bolalarda surunkali glomerulonefritning bosqichlarini aniqlashda imkoniyatlar cheklangan, ko‘p travmatik buyrak punksion biopsiyasiga alternativ usul sifatida elastografiyani ARFI, SWE siljish to‘lqinli xisobiga o‘tkazilishi ekanligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda glomerulonefritning noionlashtiruvchi nur diagnostikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda buyrakning kortiko-medulyar qavatininig qattiqlik darajasini 5 mm chuqurlikda sifat va miqdoriy baholashda ARFI va SWE siljish to‘lqinli elastografiyaning aniq vizualizatsiyasi uchun lateral va lyumbal dostuplari orqali o‘tkazish texnikasi takomillashtirish bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 2022 yil 30 dekabrda №8 n-r/1603 son bilan tasdiqlangan “Bolalarda glomerulonefrit tashxisida kompleks exografiya bilan siljish to‘lqini elastografiyasini qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 2023 yil 4 dekabrdagi №154 buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va transplantologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 5 dekabrdagi №72 buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi №05/42-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda o‘tkir va surunkali glomerulonefrit tashxisida siljish to‘lqini elastografiyasini qo‘llash metodologiyasi klinik jihatdan asoslandi. Bu elastografiyani kompleks davolash-profilaktika muassasasida bemorlarni tekshirishning birinchi bosqichida optimal qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni kompleks UTT bilan dinamik kuzatish imkoniyatini hisobga olgan holda, STE qo‘llanishi buyrak biopsiyasiga al`ternativa sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. Bu har bir bemor uchun 135+11,8 ming so‘m iqtisod qilishni ta’minlaydi, taklif etilgan ul`tratovush usulini joriy qilishning iqtisodiy samaradorligi har bir bemorga 210000 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: bolalarda ko‘p pozision va ko‘p proeksion elastografiya texnologiyasini takomillashtirish diagnostika jarayonini qisqartirish va xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi, bu esa glomerulonefrit bilan og‘rigan bolalar uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega, xamda har bir bemorga bir martalik ko‘rik 210000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda o‘tkir va surunkali glomerulonefritning differensial diagnostikasida buyrak to‘qimasidagi yallig‘lanish yoki fibrozlanish xolatlarini yuqori maydonli MRT usulining DWI-rejimida diffuziya koeffisientining o‘zgarishi xisobiga qo‘llanilishi isbotlanganligi aniqlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 2022 yil 30 dekabrda №8 n-r/1604 son bilan tasdiqlangan “Bolalarda glomerulonefrit tashxisida noionlashtiruvchi usullardan foydalanish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 2023 yil 4 dekabrdagi №153 buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va transplantologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 5 dekabrdagi №72 buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi №05/42-son xulosasi) ga muvofiq amalga oshirildi. Ijtimoiy samaradorligi: kasallik davomiyligi 2 oydan ortiq bo‘lgan barcha nefrologik bemorlarda klinik holat va koptokchalar filtratsiya tezligini baholash, shuningdek, buyrak qon aylanishining dopplerometriya ko‘rsatkichlarini o‘rganish va diffuziya koeffisientini (ADC) aniqlash bilan DWI-rejimidagi yuqori maydonli MRTni o‘z ichiga olgan yangilangan nefrologik protokol bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi kerak. Bu kasallikning erta bosqichlarida glomerulonefritni aniqlash samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: diagnostika markazlari orasida bir nefrossintigrafiya tekshiruvining o‘rtacha qiymati 465,0+26,2 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, yuqori maydonli MRT tekshiruvi 221,9+18,1 ming so‘mga tushgan. Tadqiqotlar qiymatining farqini hisoblash natijasida aniqlandiki, sdvig to‘lqini elastografiyasini o‘z ichiga olgan kompleks UTT usulini al`ternativi sifatida tanlashda bir bemor bola uchun tashhisot narxi o‘rtacha 243,1+8,1 ming so‘mga kamayadi. Xulosa: buyrak to‘qimasidagi yallig‘lanish yoki fibrozlanish xolatlarini yuqori maydonli MRT usulining DWI-rejimida qo‘llanilishi bolalarda glomerulonefritni aniq tashxislash ehtimolini oshiradi va xar bir bemor uchun 243,1+8,1 ming so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda glomerulonefritni o‘tkir va surunkali kechuvini baholashda siljish to‘lqinli elastografiyada buyrakning kortiko-medullyar qavatining qattiqlik ko‘rsatkichlari kasallikka xos bo‘lgan chegara qiymatlari ROC-egri chizig‘i orqali diagnostik samaradorlik ko‘rsatkichlari isbotlangan Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 2022 yil 30 dekabrda №8 n-r/1604 son bilan tasdiqlangan “Bolalarda glomerulonefrit tashxisida noionlashtiruvchi usullardan foydalanish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 2023 yil 4 dekabrdagi №153 buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va transplantologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 5 dekabrdagi №72 buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi №05/42-son xulosasi) ga muvofiq amalga oshirildi. Ijtimoiy samaradorligi: u statistik jihatdan ishonchli tarzda o‘tkir va surunkali glomerulonefritli bolalarni umumiy kontingentdan ajratishga, ushbu guruh bemorlari uchun adekvat va to‘g‘ri terapiya yo‘nalishini tanlashga va tanlangan davolash samaradorligini monitoring qilishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda o‘tkir va surunkali glomerulonefritning erta ul`tratovush belgilarini aniqlash va ushbu kasallik rivojlanish xavfi guruhini ajratish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, diagnostika muddatlarini qisqartirish hisobiga iqtisodiy xarajatlarni 2,7 martaga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: bolalarda glomerulonefrit tashxisini takomillashtirishga bag‘ishlangan, zamonaviy noionlashtiruvchi nur tekshiruv usullaridan foydalanish orqali diagnostika jarayonining samaradorligini oshirish, kasallikning erta bosqichlarida aniqlash diagnostika muddatlarini qisqartirish hisobiga iqtisodiy xarajatlarni 2,7 martaga kamaytirish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda surunkali glomerulonefritning bosqichlarini aniqlashda imkoniyatlar cheklangan, ko‘p travmatik buyrak punksion biopsiyasiga alternativ usul sifatida elastografiyani ARFI, SWE siljish to‘lqinli xisobiga o‘tkazilishi ekanligini asoslanishi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 2022 yil 30 dekabrda №8 n-r/1603 son bilan tasdiqlangan “Bolalarda glomerulonefrit tashxisida kompleks exografiya bilan siljish to‘lqini elastografiyasini qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 2023 yil 4 dekabrdagi №154 buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va transplantologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 5 dekabrdagi №72 buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi №05/42-son xulosasi). Ilmiy yangilikning mohiyati: bolalarda o‘tkir va surunkali glomerulonefritda buyrak parenximasining kortiko-medulyar qatlamining sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarini baholash uchun UT-elastografiya siljish to‘lqini usulidan foydalanish asoslandi. Bu kasallikni prognoz qilish va uning kechishini dinamik kuzatish uchun joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda glomerulonefritning prognostik xususiyatlarini aniqlash uchun qimmatbaho bo‘lgan buyraklar biopsiyasi usuliga ehtiyojni kamaytirishda (qarshi ko‘rsatmalarni va asoratlarini hisobga olgan holda) va ushbu tekshiruvga al`ternativ xisoblangan siljish to‘lqini elastografiyasini o‘z ichiga olgan kompleks UTT qulay, ommabop va ma’lumotli tadqiqot usuli sifatida qo‘llash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda o‘tkir va surunkali glomerulonefritning kompleks UT-belgilari asosida iqtisodiy hisob-kitob o‘tkazilib, ular kasallikning nisbatan barqaror kechishini amaliyotda aniqlashga yordam beradi va statistik jihatdan ishonchlidir: o‘tkir va surunkali glomerulonefritli barcha bolalarga siljish to‘lqini elastografiyasini o‘z ichiga olgan kompleks UTT o‘tkazildi xar bir bemor uchun 1410000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: tavsiya etilgan noionlashtiruvchi nur tashhisi usullaridan foydalangan holda invaziv bo‘lmagan tadqiqotlar orqali qimmatbaho va invaziv usullar (buyrak biopsiyasi)ni talab qiladigan usullar sonini kamaytirish mumkin va shu orqali umumiy 1410000 so‘mga xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan.