Yuldashev Temur Abdurashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak kasalligini kompleks klinik-exografik diagnostikasining zamonaviy jihatlari» 14.00.19- Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib 4097.
Ilmiy rahbar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fazilov Akram Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djuraeva Nigora Muxsumovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi buyraklarning surunkali kasalligi klinik-exografik diagnostikasini bemorlarni kompleks tekshirish tizimida zamonaviy ul`tratovush usullaridan qo‘llagan holda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligini erta bosqich aniqlashda rangli kartirlash bilan impul`sli dopplerografiyani qo‘llagan xolda buyrak parenximasining bo‘lakchalararo arteriyalari darajasidagi zararlanishini aniqlash imkoniyat beradigan usul ekanligi isbotlangan.
bolalarda surunkali buyrak kasallik diagnostikasida intrarenal qon oqimining qarshilik indekslari va buyrak zararlanishi har bir bosqichiga sistolik va diastolik chiziqli tezlik parametrlar o‘zgarigaligi hisobiga impul`sli dopplerografiyani qo‘llanilishi asoslangan.
surunkali buyrak kasalligning kechuv darajasi og‘irlashishi rangli kartirlashda buyrak parenximasining vaskulyarizatsiya darajasini kamayishi, impul`sli dopplerografiyada intrarenal arteriyalarida diastolik tezlik ko‘rsatkichlarini pasayishi, hamda qarshilik indekslarining ortishi fibrozlanish daraja ekanligi isbotlangan.
surunkali buyrak kasalligi yashirin davrida aniqlash hamda surunkali buyrak etishmovchiligiga o‘tish bosqichini erta tashxislashda intrarenal qon tomirlarining dopplerografik ko‘rsatkichlarining aniqlashda klinik-laborator-exografik shkalasi va bashoratlash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak kasalligini kompleks klinik-exografik diagnostikasining zamonaviy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligini erta bosqichlarida aniqlashda rangli kartirlash bilan impul`sli dopplerografiyani qo‘llagan xolda buyrak parenximasining bo‘lakchalararo arteriyalari darajasidagi zararlanishini aniqlashni imkoniyat beradigan usul ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 2022 yil 30 dekabrda №8 n-r/1605 son bilan tasdiqlangan “Surunkali buyrak kasalligi tashxisida kompleks klinik-exografik tadqiqotlardan foydalanish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 2023 yil 4 dekabrdagi №155 buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va transplantologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 5 dekabrdagi №73 buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi №05/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SBK jadallashuvi yoki og‘irlik darajasini baholash uchun ishlab chiqilgan klinik-laborator va dopplerografik parallellar amaliyotda yanada keng qo‘llanishi zarur, bu esa bemorlarni davolashni boshqarish va korregirlovchi davolash taktikasiga ta’sir etib,  SBE rivojlanish xavfini erta tashxislashda katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan klinik-laborator va ul`tratovush mezonlarini tadbiq etishning iqtisodiy samaradorligi 1 bemorga 260000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: SBK bo‘lgan bemorlarda keyinchalik vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavf guruhini erta aniqlash imkonini oshiruvchi ilmiy asoslangan ishonchli klinik-laborator va doplerografik parallellar aniqlandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasallik diagnostikasida intrarenal qon oqimining qarshilik indekslari va buyrak zararlanishi har bir bosqichida sistolik va diastolik chiziqli tezlik parametrlar o‘zgarigaligi hisobiga impul`sli dopplerografiyani qo‘llanilishi isbotlanganligi aniqlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 2022 yil 30 dekabrda №8 n-r/1605 son bilan tasdiqlangan “Surunkali buyrak kasalligi tashxisida kompleks klinik-exografik tadqiqotlardan foydalanish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 2023 yil 4 dekabrdagi №155 buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va transplantologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 5 dekabrdagi №73 buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi №05/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kasalligi 2 oydan uzoq davom etgan hamma nefrologik bemorlarga to‘ldirilgan nefrologik protokol bo‘yicha klinik holat va koptokchalar fil`tratsiyasini baholash, shuningdek, buyraklarda qon aylanishning dopplerometrik ko‘rsatkichlarini o‘rganish, kasallikning erta bosqichlarida BSKni prognozlash samarasini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: erta tashxislashni oshirish, o‘z vaqtida davolash va SBE rivojlanish xavfini oldini olish bilan xulosalanadi. diagnostika markazlari orasida bir nefrossintigrafiya tekshiruvining o‘rtacha qiymati 465,0±15,2 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, buyraklar dopplerografiyasi 165,0±12,5 so‘mni tashkil qilgan. Tadqiqotlar qiymatining farqini hisoblash natijasida aniqlandiki, dopplerografiyani o‘z ichiga olgan kompleks UTT usuli bir bemor uchun tashhisot narxi o‘rtacha 300,0+2,7 ming so‘mga kamayadi. Xulosa: tadbiq etish natijalari SBK bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, ayni vaqtda davolashni olib borish, bu esa SBE rivojlanishini kamaytirishi, gemodializ va buyrak transplantatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish imkonini berdi va xar bir bemor uchun 300,0±2,7 ming so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligning kechuv darajasi og‘irlashishi rangli kartirlashda buyrak parenximasining vaskulyarizatsiyasining kamayishi, impul`sli dopplerografiyada intrarenal arteriyalarida diastolik tezlik ko‘rsatkichlarini pasayishi, hamda qarshilik indekslarining ortishi nefroskleroz bosqichiga bog‘liq ekanligi isbotlanganligi  Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 2022 yil 30 dekabrda №8 n-r/1605 son bilan tasdiqlangan “Surunkali buyrak kasalligi tashxisida kompleks klinik-exografik tadqiqotlardan foydalanish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 2023 yil 4 dekabrdagi №155 buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va transplantologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 5 dekabrdagi №73 buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi №05/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SBK bo‘lgan bemorlarga buyraklar parenximasining barcha sathlarida qon aylanishning dopplerometrik hisoblash bilan to‘ldirilgan ul`tratovush tekshiruvini o‘tkazish tavsiya etiladi, chunki bu buyrakichi gemodinamikasini baholashning eng sezgir usuli hisoblanadi va bunday yondashuv buyraklarda qon aylanish holati to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi SBKning erta prediktorlarini aniqlash hamda ushbu kasallik rivojlanishi bo‘yicha xavf guruhlarini aniqlash bilan tushuntiriladi, bu o‘z navbatida tashxisot muddatining kamayishi hisobiga iqtisodiy harajatni 3,5 baravar pasaytirishga olib kelib iqtisodiy samaradorlikning 210000 so‘m bo‘lish imkonini beradi. Xulosa: SBKning barcha bosqichlarida buyraklar parenximasi sathida qon aylanishining dopplerografik ul`tratovush ko‘rsatkichlari pasayishi hamda vaskulyarizatsiya darajasining pasayishi salbiy prognostik mezon sifatida qo‘llaniladi va 3,5 baravar pasaytirishga olib kelib iqtisodiy samaradorlikning 210000 so‘m bo‘lish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi yashirin davrida aniqlash hamda surunkali buyrak etishmovchiligiga o‘tish bosqichini erta tashxislashda intrarenal qon tomirlarining dopplerografik ko‘rsatkichlarini baxolash klinik-laborator-exografik shkalasi va bashoratlash mezonlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 2022 yil 30 dekabrda №8 n-r/1606 son bilan tasdiqlangan “Surunkali buyrak kasalligi rivojlanish bosqichini baholash uchun dasturiy mahsulotni joriy etish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan.  Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi 2023 yil 4 dekabrdagi №156 buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va transplantologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 5 dekabrdagi №74 buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi №05/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: dasturga ko‘ra SBK rivojalanish xavfining hech bo‘lmasa bitta klinik, laborator yoki exografik omili bo‘lgan barcha shaxslar KFTni o‘lchash bilan,  al`buminuriya/proteinuriya darajasini baholash hamda zaruriy bo‘lgan buyralar tomirlarini dopplerografiyasi bilan ul`tratovush tekshiruvidan muntazam o‘tishlari shart. Iqtisodiy samaradorligi: tashxis aniqligini oshirish, davolash xarajatlarini kamaytirish, og‘ir bosqichlardagi SBKni davolash va gospitalizatsiya qilish samaradorligini oshirish, mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqartirishdan iborat va bir bemor uchun umumiy iqtisodiy foyda 1200000 so‘mni tashkil etadi.  Xulosa: yuqori xavf guruhlarida maqsadli yo‘naltirilgan tekshiruvlar yo‘li bilan SBK bo‘lgan bemorlarni erta aniqlashga tizimli yondashuv shifokor vaqtini hamda laborator tekshiruvlar hajmi va qiymatini tejashga yordam beradi va bir bemor uchun umumiy 1200000 so‘mga xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish