Tuxlieva Gavxar Nurislamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz zamonaviy OAVda presedent fenomenlarining lingvistik-madaniy xususiyatlari hamda ularni rus tiliga tarjima qilish muammolari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil590.
Ilmiy maslahatchi: Mirzaev Ibodullo Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Arustamyan Yana Yurievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy ingliz tilidagi ommaviy axborot vositalarida presedent hodisalarning lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berish, ularni rus tiliga tarjima qilish muammolarini, zamonaviy voqelik va ingliz va rus tillarini o‘zgartirish tendensiyalarini hisobga olgan holda tillarni takomillashtirish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
presedent hodisalarning milliy belgisi matnlararo aloqani ta’minlab ingliz tilida so‘zlashuvchilarning tarixiy, madaniy va lingvistik voqeliklariga mos ravishda axborot mazmunini berishi, jurnalistik presedent hodisalarida dominant funksiyalar: pragmatik, nominativ, informatsion va modellashtirish asosida ifodalanaishi aniqlangan;
ingliz tilidagi publisistik matnlarda presedent hodisalarini tarjima qilishda sintaktik assimilyasiya yoki so‘zma-so‘z tarjima, spesifikatsiya, umumlashtirish, antonimik tarjima, kompensatsiya va modulyasiya yoki semantik rivojlanish kabi tarjima strategiyalari samaradorligi asoslangan;
ingliz tilidagi ommaviy axborot vositalaridan jurnalistik matnlarning presedent hodisalarini tarjima qilishda ularning lingvomadaniy jihati, ekvivalentlarini topish, lingvistik, madaniy va tarixiy haqiqatlarini tushunish birlamchi; presedent nomlari, universal-presedent va mahalliy-presedent hodisalari esa ikkilamchi xarakterda ekanligi isbotlangan;
ommaviy axborot vositalari matnlarining tarjimasi tarjimadan oldingi bosqichlar: presedent hodisalarni belgilash, ularning informatsion va lingvomadaniy mohiyatini aniqlash, ularni amalga oshirish vositalarini ko‘rsatish, asl matnda verbalizatsiya hodisasi, tarjimada presedent hodisani aks ettirishning adekvat vositalarini tanlash; tarjimadan keyingi bosqichlar: post-tahrirlash,  yaratilgan effektning muvofiqligi asosida tarjima sifatini baholash, tarjimada verbalizatsiya vositalari kabi usullarda amalga oshishi samaradorligi aniqlangan;
ingliz tilidagi jurnalistik matnlardagi presedent hodisalari baholovchi, pragmatik, so‘z o‘yini (paradoksal ma’no), standartlashtirish, parol, qo‘shimcha ma’lumot mazmuni, estetik, evfemistik, ekspressiv, to‘plash,  vakolatlarni oshirish kabi funksiyalarda namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz zamonaviy OAVda presedent fenomenlarining lingvistik-madaniy hususiyatlari hamda ularni rus tiliga tarjima qilish muammolarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
presedent hodisalarning o‘ziga xosligi, ularning milliy belgisi, matnlararo aloqani ta’minlab ingliz tilida so‘zlashuvchilarning tarixiy, madaniy va lingvistik voqeliklariga mos ravishda axborot mazmunini berishi, jurnalistik presedent hodisalarida dominant funksiyalar: pragmatik, nominativ, informatsion va modellashtirish asosida ifodalanaishiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2012-2013 yillarda bajarilgan EA-1-06 – “ Professional tarjimonlarni tayyorlash sifat nazoratini tashkilashtirishga kompetent yondashuv” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 17-noyabrdagi 04/11-7947-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilidagi presedent hodisalarni  to‘laqonli tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan lisoniy va madaniy kompetensiyalar shakllantirildi va ingliz tilidagi matnlar bilan ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar xalqarolashtirilgan;
ingliz tilidagi publisistik matnlarda presedent hodisalarini tarjima qilishda sintaktik assimilyasiya yoki so‘zma-so‘z tarjima, spesifikatsiya, umumlashtirish, antonimik tarjima, kompensatsiya va modulyasiya yoki semantik rivojlanish kabi tarjima strategiyalari samaradorligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 598340- EPP-12018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP “University Coorperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC)” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 21-noyabrdagi 04/11-8182-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilidagi presedent hodisalarni haqiqiy tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan til va madaniy kompetensiyalar shakllantirildi va ingliz tilidagi matnlar bilan ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga xizmat qilgan;
ingliz tilidagi ommaviy axborot vositalaridan jurnalistik matnlarning presedent hodisalarini tarjima qilishda ularning lingvomadaniy jihati, ekvivalentlarini topish, lingvistik, madaniy va tarixiy haqiqatlarini tushunish birlamchi, presedent nomlari, universal-presedent va mahalliy-presedent hodisalari ikkilamchi xarakterda ekanligiga hamda ommaviy axborot vositalari matnlari tarjimasi tarjimadan oldingi a) presedent hodisalarni aniqlash, b) ularning informatsion va lingvomadaniy mohiyatini aniqlash, c) ularni amalga oshirish vositalarini aniqlash, d) asl matnda verbalizatsiya, e) tarjimada presedent hodisani aks ettirishning adekvat vositalarini tanlash; tarjimadan keyin a) post-tahrirlash, b) yaratilgan effektning muvofiqligi asosida tarjima sifatini baholash, c) tarjimada verbalizatsiya vositalari kabi bosqichlarda amalga oshishiga doir nazariy va amaliy materiallardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 3-iyuldagi 296-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar asl va tarjima matnlarini tahlil qilishning zamonaviy usullari bilan tanishtirilgan;   
ingliz tilidagi jurnalistik matnlardagi presedent hodisalari baholovchi,  pragmatik, so‘z o‘yini (paradoksal ma’no), standartlashtirish, parol, qo‘shimcha ma’lumot mazmuni, estetik, evfemistik, ekspressiv, to‘plash,  vakolatlarni oshirish kabi funksiyalarda namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali”ning ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali”ning 2024-yil 04 iyuldagi 2-son ma’lumotnomasi). Natijada, kerakli tavsiyalar bo‘yicha tayyorlangan amaliy tarjima materiallari tomoshabinlarning tarjima sohasidagi amaliy ko‘nikmalarini oshirishga imkon berdi.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish